O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev


-§. Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida makroiqtisodiy



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202
 
3-§. Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish vazifalari
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodiyotni rivojlantirish borasida bir 
qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini 
chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valutani mustahkamlash iqtisodiyot 
tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo'lgan demokratik davlatni 
shakllantirish vazifalaridir. Bu vazifalarni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari hamda 
ustivor yo'nalishlari Prezidentimiz I.A.Karimovning «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish yo'lida» kitobida ifodalab berilgan. 
Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat mulkini xususiylashtirish natijasida iyusita 
asosiy vazifa hal qilinadi. 
Birinchidan, davlat ixtiyorida bo'lgan mulk o'zining haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshiriladi. 
Ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va rag'batlantiruvchi raqobatchilik muhiti vujudga 
keltiriladi. 
Mulkni haqiqiy xo'jayinlari qo'liga togapirish tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun keng 
imkoniyatlar yaratilishini bildiradi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish esa, eng avvalo, 
mulkning davlat monopoliyasi ekanligiga barham berish va bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi 
(xizmat ko'rsatuvchi), ammo mulkchilikning turli shakllariga-davlat, jamoa, xususiy va boshqa 
shakllariga asoslangan ko'pdan-ko'p korxonalar tashkil qilishdan iborat. 
Xususiylashtirish jarayonida mulkchilik shakllari o'zgarishi bilan birga, yagona xalq xo'jalik 
kompleksi sharoitida tarkib topgan tor ixtisoslashgan tarmoq monopoliya tuzilmalariga barham 
berish imkoniyati ham tug'iladi. Monopoliyalashtirilgan tuzilmalarni xususiylashtirishda ishlab 
chiqarishning o'zini nisbatan ixchamlashtirish, korxonalarni texnikaviy, texnologik va tashkiliy-
iqtisodiy jihatdan qayta o'zgartirish loyihalarini ipshab chiqish zarur bo'ladi. 
Tashabbuskorlikka asoslangan, shuningdek turli xil kooperativlar, shirkatlar, ma'suliyati 
cheklangan jamiyatlar ko'rinishidagi yangi kichik va o'rta korxonalarni tashkil qilish iqtisodiyotning 
davlatga qarashli bo'lmagai qismini shakllantirishning ikkinchi qudratli jarayonidir. 
O'z-o'zidan aniqki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat korxonalari saqlanib qolib, 
iqtisodiyotda sezilarli rol yashayveradi. Shu sababli, bunday korxonalar uchun ularning bozor 
sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo'jalik yuritish mexanizmini shilab chiqish talab 
qilinadi, ular tijoratlashtiriladi, ya'ni foyda uchun ishlaydigan korxonalarga aylantiriladi. 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo'lidagi muqarrar 
jarayondir. U eng avvalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi. Tanglik holati inqirozga 
uchrashning oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning sifati va 
turini o'zgartirish yuzasidan chora-tadbirlar ko'rishga undaydi, ishlab chiqarish xarajatlarini 
kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste'mol xossalarini yaxshilashga, uning raqobatga 
bardoshligini oshirishga majbur qiladi. Bularning barchasi pirovard natijada bozorda talab va taklif 
o'rtasida qulay muvozanatni ta'minlashga olib keladi. Kengroq ma'noda barqarorlashtirish - bu eng 
avvalo makro iqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va 
ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymasliqdir. Shuningdek u pul qadrsizlanishining oldini olish, to'lov 
balansini bir me'yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko'zlab olib boriladigan davlat siyosatidir. 


Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil yondoshuvlar 
tarkib topgan. Bulardan birinchisi 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish