VI. RAQOBAT VA NARXNING TASHKIL TOPISHI
Ma'ruza rejasi
1. Raqobatning mohiyati, iqtisodiy asoslari va shakllari.
2. O'zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik.
3. Narxning mazmuni va uning vazifalari.
4. Narx turlari. O'zbekistonda narx siyosati.
1-§. Raqobatning mohiyati, iqtisodiy asoslari va shakllari
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo'jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. I.A. Karimov raqobashing bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini qo'rsatib, «Raqobat bo'lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo'lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb yozadilar.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar jilab chiqaruvchilar (korxonalar) o'rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o'z mavqyeini mustaxkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o'rtasidaga raqobat oxir-oqibatda iste'molchilar uchun kurashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |