Reja
Kirish
Global raqobatdagi innovatsiyalarning roli.
Рақобат стратегияси ва рақобат босқичлари
Raqobatning innovatsiyalarni tadbiq etish strategiyasi
O‘zbekistonda raqobat muxitining rivojlanish istiqbollari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining etuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. SHu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari
ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoev raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib, «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb ta’kidlaydi
1. Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlarni yoritib berish mazkur ishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida “ bugungi kunda dunyo bozorlarida
talabning keskin kamayib, noaniqlik saqlanib qolayotgani, shafqatsiz raqobatning tobora kuchayib borayotgani, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi jahondagi ko‘pchilik davlatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Bunday o‘ta murakkab vaziyat barchamizdan ertangi kunimizni ko‘rishda, istiqbolimizni
belgilab olishda, avvalo, eskicha qarashlar qolipidan voz kechishni, umrini o‘tab bo‘lgan, aytish mumkin, inersion usullardan to‘liq voz kechishni talab etadi. Biz uchun asosiy vazifa - ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan
uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zahiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo‘lishi zarur”
- deb ta’kidlab o‘tdi.
Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashqil etadi. CHunki har bir mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi sub’ektlar manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lishini aniq tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Raqobat bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflikka ega bo‘lish uchun kurashishni anglatadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish natijasida
nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorlarda xarakat qilish, raqobat muhitini shakllantirish, raqobatda ustunlikka erishish mumkinligini ko‘rsatadi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining
amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari faoliyatiga bevosita ta’sir
etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste’molchilarning bozodagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot bahosi,
raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli va shu kabi qator boshqa masalalar o‘rganiladi.
Global raqobatdagi innovatsiyalarning roli.