1-mashg’ulot mavzusi: “Quvnoq qadamchalar”.
Mashg’ulotning maqsadi: tizimli asosda mashg’ulotlarni tashkil etish orqali bolalarda harakat ko’nikmalarini rivojlantirish, to’g’ri va ketma-ket yurishga o’rgatish, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni tarbiyalash.
Jihozlar: 2 ta gimnastika skameykasi (balandligi 30-35 sm), 8-10 ta kubiklar (balandligi 6 sm), yarim guruhga yetarli (diametri 10-12 smli) to’plar.
I qism. Bir qatorga saflanish, gavda holati va to’g’ri saflanishni tekshirish; bir qator bo’lib qayta saflanish, bir qator bo’lib oyoq uchida (tizzani bukmasdan) qo’llarni belga qo’yib yurish, bir qator bo’lib saflanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |