Sudan-Gvineya. Sudan-Gvineya tabiiy geografik o‘lkasi Sahroi Kabirdan
janubda keng polosa bo‘ylab joylashgan. U g‘arbda Atlantika okeanidan sharqda
Efiopiya tog‘ligi etaklarigacha cho‘zilgan. O‘lkaning poydevori kembriydan oldin
vujudga kelgan kristall jinsli Afrika platformasidan tashkil topgan.
Sudan-Gvineya o‘lkasi tabiatida shimoldan janubga qarab kelishda ichki
tafovutlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu tafavutlar ayniqsa iqlim sharoitida, tuproq-
o‘simlik qoplamida va landshaft komplekslarida juda aniq ifodalangan. Zonal-
regional tafavutlar mezoniga asoslanib bu o‘lkani ikkita oblastga Sudan va
Gvineya tabiiy geografik oblastlariga bo‘lish mumkin. Mavjud bo‘lgan ichki
farqlarni oblastlarning tabiiy geografik tavsilotidan bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |