O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Sahroi Kabir. Atlantika okeanidan  Qizil dengizgacha hamda  Atlas tog‘lari 

etagi  va  O‘rta  dengiz  sohilidan  savannalar  zonasining  shimoliy  chegaralarigacha 

cho‘zilib yotgan bepayon tropik cho‘llar Sahroi Kabir (Katta Sahro) deb ataladi. U 

g‘arbdan  sharqqa  qarab  2000  km  masofaga  cho‘zilgan.  Bu  Er  ko‘rrasidagi  eng 

katta  tropik  cho‘l  bo‘lib,  uning  maydonn  7  mln.  km

2

  ga  teng.  Sahroi  Kabirning 



geografik  chegaratari  g‘arbda,  shimolda  va  sharqqa  aniq  ifodalangan.  Faqatgina 

uning janubiy chegarasi ko‘zga yaqqol tashlanmaydi. Bunga sabab tabiiy geografik 

sharoit  janubga  qarab  borishda  asta-sekinlik  bilan  o‘zgaradi.  Natijada  cho‘l  va 

chala cho‘l landshaftlari savanna landshaftlari bilan almashinishda keng  o‘tkinchi 




polosa hosil qiladi. SHuning uchun Sahroi Kabirning janubiy chegarasi uncha aniq 

ifodalanmagan o‘tkinchi harakterga ega. 

Sahroi  Kabir  tabiiy  geografik  o‘lkasi  butunlay  Afrika  platformasi  ustida 

tarkib  topgan.  SHuning  uchun  uning  asosini  qadimgi  kristall  va  vulkanik  jinslar 

tashkil  etadi.  Bu  qadimiy  jinslar  gorizontal  joylashgan  qalin  chukindi  yotqiziqlar 

bilan  qoplangan.  Ayrim  joylarda  burmalangan  qadimgi  poydevor  vulkanik  jinslar 

er yuzasiga chiqib yassi platolarni, baland tog‘liklarni  va gumbazsimon tepaliklar 

hosil  qilgan.  CHukindi  jinslar  bilan  qoplangan    yuzalar  uchun  yassi  platolar, 

qoldiqli tog‘lar va kuest relef shakllari harakterli. 

Sahroi  Kabirning  markaziy  qismi  g‘arbiy  va  sharqiy  qismlarga  nisbatan 

ancha baland ko‘tarilgan. Bu erda Axaggar, Tibesti, Iforas tog‘liklari joylashgan. 

Tibesti tog‘ligining Emi-Kusi cho‘qqisi okean sathidan 3415 m yuqori ko‘tarilgan 

bo‘lib,  Sahroi  Kabir  o‘lkasining  ham  eng  baland  nuqtasi  hisoblanadi.  Emi-Kusi 

tog‘i  kelib  chiqishiga  ko‘ra  vulkanik 

TOF 

bo‘lib,  kraterining  diametri  12  km  ni 



tashkil  etadi.  Tibesti  tog‘ligining  ikkiichi  baland  cho‘qqisi  Tusida  (3265  m) 

tog‘idir.  Axaggar  tog‘ligining  maksimal  nuqtasi  okean  sathidan  2918  m  (  Taxat 

cho‘qqisi)  baland.  Tog‘liklar  atrofini  xalkasimon  shaklda  joylashgan  Tanezruft. 

Tassilin-Axaggar,  Jado,  Tademait  va  boshqa  kuestli  platolar  o‘rab  olgan.  Tibesti 

tog‘ligidan janubi-sharq tomonda tekis cho‘l landshaftlari o‘rtasida balandligi 1450 

m keladigan Ennedch platosi alohida ko‘tarilib turibdi. 

Markaziy  Sahroi  Kabir  bilan  Nil  daryosi  oralig‘ida  Liviya  cho‘li  yastanib 

yotibdi. Maydoni 2 mln. km

2

 ga teng. CHo‘lning shimoliy katta qismini yirik qum 



massivlari  egallab  olgan.  Uzun  masofaga  cho‘zilib  yotgan  qum  dyunalarining 

balandligi  300  m  gacha  etadi.  Liviya  cho‘lining  shimoliy  qismi  qum  bilan 

qoplangan  pasttekisliklardan  iborat.  SHimoli-sharqda  chuqur  tektonik  chukmalar 

ko‘p uchraydi. Bular El-Fayyum, Siva, Jarabub va er yuzasi dengiz sathidan 133 m 

past  bo‘lgan  Kattara  botiqlaridir.    Janubiy  qismi  balandligi  400-500  m  atrofida 

bo‘lgan platodan iborat. Liviya cho‘lida Baxariya, Daxda, Sivo, Fayyum Xarga va 

boshqa voxalar mavjud. 

Sahroi  Kabirning  eng  sharqiy  qismida  Nil  daryosi  bilan  Qizil  dengiz  oralig‘ida 

Afrika  platformasi  antekliza  shaklida  bir  oz  ko‘tarilgan  va  ustki  qismi  ayrim 

joylarda  mezozoyning  qumtosh    jinslari  bilan  qoplangan.  Qizil  dengiz  sohili 

bo‘ylab  Etbay  tog‘  tizmasi  cho‘zilgan.  Platformaning  2000  m  balandlikkacha 

ko‘tarilgan  qismi    quruq  o‘zanlar  va  daralar  bilan  kesilgan  yassi  platolarni  hosil 

qiladi.  Janubiy  plato  Nubiya  cho‘li  deb  atalib,  uning  maksimal  baland  joyi

 

Asoteriba  tog‘ida  2216  m  ga  teng.  SHimoliy  plato  Arabiston  cho‘li  deb  atalib, 



uning maksimal balandligi SHaib-el-Banat tog‘ida 2187 m ni tashkil etadi. 

Sahroi  Kabirning  80%  maydoni  balandligi  200-500  m  atrofidagi 

tekisliklardan  iborat.  Ular  bur  va  paleogen  davrlarining  ohaktoshlari,  qumtoshlari 

va  gil  yotqiziqlari  bilan  qoplangan.  Ohaktoshlar  va  qumtoshlardan  tarkib  topgan 

cho‘llarda  nurash  natijasida  vujudga  kelgan  toshloq  erlar  keng  tarqalgan.  Ular 

hammada  deb  ataladi.  Sahroi  Kabirda  qumli  cho‘llar    keng  maydonlarni    egallab  

olgan.   Qum  massivlaridan tashkil topgan katta-katta maydonlar Sahroi Kabirning 

g‘arbiy qismida Erg deb ataladi. Katta G‘arbiy Erg, Katta SHarqiy Erg, Erg-SHesh, 

Erg-Igidi  shular  jumlasidandir.  Sahroi  Kabir  cho‘llari  uchun  mayda  shag‘al 



toshlardan  tarkib  topgan  va  ayrim  joylarda  yupqa  qum    qatlami  bilan  qoplangan 

tekis uchaskalar ham harakterli. Ular peg yoki serir deb ataladi. 

Sahroi  Kabirning  iqlimi  keskin  kontinental.  Yil  bo‘yi  quruq  tropik  havo 

massasi  hukmronlik  qiladi.  SHuning  uchun  o‘lkaning  deyarli  hamma  hududida 

yog‘ingarchilik  miqdori  50  mm  dan  oshmaydi.  Nubiya  cho‘lida  yillik  yog‘in 

miqdori 25 mm ga ham etmaydi. Ichki rayonlarda ayrim paytlarda surunkasiga bir 

necha  yillar  yog‘ingarchilik  umuman  bulmaydi.  YOg‘ingarchilikning  bir  oz 

ko‘payishi  baland  tog‘orliqlarning  yon  bag‘rlarida  ko‘zatiladi.  Ammo  bu  erlarda 

ham yillik yog‘in mikdori 100 mm dan oshmaydi. Sahroi Kabirda yog‘ingarchilik 

kam  bo‘lishi  bilan  birga  mumkin  bo‘lgan  bug‘lanish  nihoyatda  kuchlidir. 

O‘lkaning  jazirama  issiq  iqlim  sharoitida  bir  yilda  6000  mm  suv  qatlami 

bug‘lanish  imkoniga  ega.  YOg‘ingarchilik  cho‘lning  shimolida  qishda,  janubida 

yozda bo‘ladi. O‘lka hududida havo haroratining sutkalik va yillik farqi katta. YOz 

oylari  nihoyat  darajada  issiq  bo‘lib,  harorat  30°,  50°S  gacha  ko‘tariladi.  Er 

ko‘rasidaga eng yuqori harorat (+58°S) Sahroi Kabirda ko‘zatilgan. Tuproq yuzasi 

60°, 80°S gacha qiziydi. Hatto kechalari harorat 30°S dan pastga tushmaydi. Qum 

buronlari (samum) tez-tez takrorlanib turadi. Uning tezligi 50 m/sek. gacha boradi. 

Samum paytida qum voxalarni bosib ketib, kishilar xayotiga xavf tug‘diradi. 

Qish  oylarida  antitsiklon  to‘liq  o‘rnashib  olganligi  sababli  havo  salqin  va 

barqaror  bo‘ladi.  Kunduz  kunlari  harorat  20°,  25°S  atrofida  bo‘ladi.  Kechalari 

havo sovub 0°S gacha pasayadi. Tibesti tog‘ligida eng past harorat -18°C bo‘lgani 

ko‘zatilgan. Sahroi Kabirning deyarli hamma joyida nisbiy namlik nihoyatda kam, 

ayrim  rayonlarda  25%  ga  ham  etmaydi.  G‘arbiy  Atlantika  qirg‘oqlariga  yaqin 

joylashgan  qismida  nisbiy  namlik  75-80%  ni  tashkil  etadi.  Bunga  sabab  Kanar 

sovuq oqimidan keladigan havoning ta’siridir. 

Sahroi Kabirda oqar suvlar juda kam. CHulni faqatgina bitta  yirik daryo-Nil 

kesib o‘tgan. CHo‘lni katta qismida aholini suv bilan ta’minlaydigan asosiy manba 

er  osti  suvidir.  Poyonsiz  cho‘llarda  vohalarning    bunyod  etilishi  ham  er  osti 

suvlaridan  unumli  foydalanishning  natijasidir.  YAshil  vohalar  asosan  buloq  va 

quduqlar  atrofida  vujudga  kelgan.  O‘lkaning  chekka  qismlarida  va  ayrim  tog‘li 

rayonlarida ko‘llar kam uchraydi. 

Sahroi Kabirning tuproq qoplami tropik cho‘l va chala cho‘lga xos bo‘lgan 

oddiy  tuproqlardir.  Qumli  va  toshloq  cho‘llarda  tuproqlar  deyarli  rivojlanmagan, 

o‘simliklar  umuman  o‘smaydi.  Boshqa  joylarda  o‘simliklar  juda  siyrak  o‘sadi. 

O‘lka  hududida o‘simliklarning  1200 turi  mavjud.  Ular qurg‘oqchilikka  chidamli 

qattiq  boshoqli  o‘tlardan.  butazorlardan  va  yog‘ingarchilikdan  keyin  o‘sib 

chiqadigan efemerlardan tashkil topgan. CHo‘lning shimoliy qismida O‘rta dengiz 

atrofiga  xos  oleandr,  zaytun,  yovvoyi  pista,  yuyuba  kabi  o‘simliklar,  janubda 

akatsiya, yulg‘un, chakanda o‘simliklari o‘sadi.  

Hayvonot olami tuproq va o‘simlik qoplamiga nisbatan ancha xilma-xilroq. 

Bu  erda  hayvonlarning  400  turi  yashaydi.  SHulardan  60  tasi  sut  emizuvchilardir. 

Antilopalar,  muflonlar,  gizollar  shular  jumlasidandir.  Yirtqichlardan  tulki, 

chiyabo‘ri,  gepard,  sirtlonlar,  kemiruvchilardan  qushoyoq  qumsichqon,  cho‘l 

quyoni yashaydi. CHo‘l hayvonlarining ko‘pchiligi tungi hayot kechiradi. 

Saxroi  Kabirdagi  mahalliy  aholi  chorvachilik  bilan  shug‘ullanib, 



kuchmanchi  va  yarim  kuchmanchi  hayot  kechiradilar.  Ular  quy,  echki,  tuya 

boqadilar. Dehqonchilik faqatgina vohalardagina mavjud. Vohalarda arablar xurmo 

etishtiradilar,  xurmo  soyasida  meva  va  don  ekinlari  o‘stiriladi,  sabzavot  ham 

etishtiriladi. 

Saxroi Kabir foydali qazilmalarga boy. Uning hududida neft va gaz, temir va 

mis rudalari, oltin, uran, volfram konlari bor. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish