Arktika sahrolari. Arktika sahrolarining tabiiy sharoiti juda og‘ir bo‘lganligi
sababli o‘simliklar yaxshi rivojlanmagan va ular bir-biridan ajralgan holda tup-tup
bo‘lib o‘sadi. Bu yerda o‘simliklar turi juda kam bo‘lib, Frans Iosif Yerida 40 turga
yakin, Severnaya Zemlyada 50 turga yaqin va h.k. Gulli o‘simliklarning turi 40
tadan oshmaydi. Arktika sahrolarga Arktiga orolaridan tashqari mpsriknpng eng
shimoliy dismi bulgan Taymir yarim oroli ham qaraydi. Bu o‘simlik zonasida mox
va lishayniklardan tashqari qutb lolasi, alp mushukquyrug‘i, qiyoqlar, bo‘tako‘zlar,
Arktika-alp butachalari uchraydi. Arktika sahrolarida provinsial tafovutlar ham
sezilarli darajada ko‘zga tashlanadi. O‘simlik zonasining iqlimi namroq bo‘lgan
g‘arbda gulli o‘simliklar ko‘pchilikni tashkil etsa quruqroq iklimli sharqqa tomon
borgan sari driada va mox o‘simliklar guruhining roli orta boradi. Arktika
sahrolarining Osiyo sektoridaga ochiq yerlar YYevropa sektoriga nisbatan
o‘simliklar bilan ko‘proq qoplangan. Bu esa ikqlimning provinsial o‘zgarishi bilan
bog‘liqdir.
Tundra. Arktika sahrolaridan janubda, materikning Shimoliy Muz okeani
qirg‘oqlari bo‘ylab tundra o‘simlik tipi tarqalgan. Uning tarkibida moxlar
lishayniklar, butachalar va qisman butalar yetakchi rol o‘ynaydi. Tundra
o‘simliklarining yaxshi rivojlanishi uchun iseqqlik yetishmaydi. Ular asosan yer
bagrlab usadi, bu esa o‘simliklarga tuproqdagi iseqqlik va namdan yaxshi
foydalanish imkonini beradi. Shuning uchun tundra o‘simliklarining bolishsimon
va stlannik (yer bagrlab o‘suvchi) shakllari keng tarqalgan. Tundrada ko‘pincha
ko‘p yillik o‘simliklar o‘sadi, ularning aksariyati (brusnika, klyukva, Kassandra,
bagulnik, golubika va boshkalar) doimiy
yashil bo‘tachalardir. Buta
o‘simliklaridan lakana kayin, qutb toli va boshkalar uchraydi).
Tundrada doimiy yashil butalar va gulli o‘simliklar bilan bir katorda
lishayniklar ham keng tarkalgan. Bular alektoriya, netrariya, klyadoniya, bug‘u
lishaynigi (yagel) va boshqalar. Yagel shimol bug‘usi eng sevib yeydigan
ozuqadir. Tundra o‘simlik tipi uchta tinchadan shimolda arktika tundrasi, o‘rta pol
osada tipik tundra va janubda bo‘tazorli tundradan tashkil toptan. Tundra
o‘simliklari shimol bug‘ulari uchun yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Eng yaxshi
yaylov yagelli tundra hisoblanadi.
O‘rmon-tundra. Tundra va o‘rmon o‘simlik tiplari oralig‘idagi o‘tkinchi tor
polosada o‘rmon-tundra joylashgan. Bu zonada bir vaqtning o‘zida ham o‘rmonlar,
ham tundra o‘simliklar guruhi uchraydi. O‘rmon-tundradagi o‘rmonlar o‘ziga xos
harakterga ega bo‘lib, ular siyrak, qing‘ir-qiyshiq uncha baland emas, daraxtlar bir-
biridan ancha uzoqda o‘sadi. Daraxtlarning ildizlari chuqurga kirib bormagan, ular
tuproqning quyosh isitadigan eng yuqori katlamida, yon-atrofga tarqalib
joylashgan. Shuning uchun ham daraxtlar juda siyrak bo‘lib, bir-biriga yaqin
o‘saolmaydi. Yorug‘ siyrak daraxtlar to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi. Botqoqlangan
yerlarda qalin tor katlamlarini vujudga keltiraditan sfagn yo‘sinlari keng tarqalgan.
O‘rmon-tundra shimol bug‘ularini boqishda qishki yaylov sifatida keng
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |