O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Hozirgi  zamon  muzliklari.  Yevosiyoda  hozirgi  zamon  muzliklari  keng 

tarqalgan.  Muzliklarning  eng  ko‘p  tarqalgan  birinchi  mintaqasi  materikning 

Arktika  sektoridagi  orollar  va  arxipelaglar  hisoblanadi.  Ular  ayniqsa  Islandiya, 

Shpitsbergen,  Frans  Iosif  Yeri,  Novaya  Zemlya,  Severnaya  Zemlya,  Yangi  Sibir 

orollarida yaxshi rivojlangan. Bu orollarda muzliklarning umumiy maydoni 90000 

km2  dan  oshadi,  kalinligi  100  m  dan  300  m  gacha  boradi.  Qor  va  muzliklarning 

quyi  chegarasi  deyarli  dengiz  sathigacha  tushadi.  Orollardagi  eng  katta 

muzliklardan  biri  Novaya  Zemlya  orolining  markaziy  tog‘  mintakasidagi 

Novozemel muzligi bo‘lib, uning maydoni 24320 km2. 

Yevrosiyoning  hozirgi  zamon  muzliklari  keng  tarqalgan  ikkinchi  mintakasi 

materikning ichkarisida joylashgan baland tog‘ tizimlari va tog‘liklari hisoblanadi. 

Muzliklar  Alp,  Kavkaz,  Pomir,  Hinduqush,  Himolay,  Tyanshan,  Kunlun, 

Qoraqum,  Tibet  tog‘  tizimlari  va  tog‘liklar  uchun  harakterli  bo‘lib  qolmasdan, 



balki  uncha  baland  bo‘lmagan,  kuchli  namlangan  Atlantikabuyi  rayonlaridagi 

tog‘lar uchun ham harakterli. 

Yevrosiyo  tog‘larida  qor  chizig‘ining  balandligi  shimoldan  janubga  va 

materikning  chekka  qismidan  ichkari  rayonlariga  qarab  yuqori  ko‘tarila  boradi. 

Skandinaviya  tog‘larida  qor  chizig‘ining  balandligi  700-1900  m:  atrofida,  Alp 

tog‘larida 2500 

3200  m.  gacha  ko‘tariladi.  Alp  YYevropaning  eng  yirik  tog‘ 

muzliklari  markazi  hisoblanadi.  Alp  muzliklari  orasida  eng  kattasi  Shveysariya 

Alpidagi  Alech  muzligidir.  Maydoni  160  km2,  uzunligi  26,8  km  bo‘lgan 

muzlikning qalinligi ayrim joylarda 800 m ga teng. 

Hozirgi zamon  muzliklari YYevropaga nisbatan Osiyoning baland tog‘larida 

va  tog‘liklarida  ko‘prok,  uchraydi.  Biroq  baland  tog‘  tizimlarining  keng 

tarqalganligiga  va  Osiyo  hududining  deyarli  yarmidan  ko‘prog‘ini  egallab 

olganligiga qaramasdan muzliklar bilan qoplangan joylar nisbati uncha katta emas. 

Bunga  sabab  barcha  baland  tog‘lar  materikning  ichkari  rayonlarida  joylashgan, 

iklimi  keskin  kontinental  va  yog‘in  -  mikdori  nixoyatda  kam.  Shuning  uchun  qor 

chizigi va muzliklarning quyi chegarasi juda balandda joylashgan. Qor chizig‘ining 

balandligi  Qoraqurum  va  Kunlunda  5000-5500  m,  Himolayda  4500-5000  m, 

Tyanshanda.  3700  m.  Eng  katta  tog‘  muzliklarining  uzunligi  Pomirda  77  km 

(ayrim  manbalarda  71,2  km),  Qoraqurumda  60  km,  Tyanshanda  60  km  va 

Ximolayda 26 km gacha boradi. 

Osiyodagi  va  butun  Yevrosiyodagi  eng  katta  tog‘  muzliklaridan  biri 

Pomirdagi  Fedchenko  muzligidir.  Uning  uzunligi  77  km.  va  maydoni  900  km2. 

Muzning qalinligi o‘rtacha qismida 1000 m dan ziyod. "Tyanshanda Fedchenkodan 

kichikroq bo‘lgan Janubiy Inilchik muzligi, bor, Uning uzunligi 59,5 km, maydoni 

800  km2.  Binobarin,  Yevrosiyo  daryolarini  suv  bilan  tuyintirishda  va  kontinental 

iklimli  o‘lkalarda  agrolandshaftlarni  suv  bilan  ta’minlashda  tog‘  muzliklarining 

ahamiyati katta. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish