O‘simligi
Yevrosiyoning flora kompleksi rang-barang bo‘lib, uning hududida Shimoliy
yarim shar uchun xos bo‘lgan barcha o‘simlik tiplari mavjud. Materik hududi
botanika-geografik rayonlashtirish sxemasiga muvofiq Golarktika va Paleotropik
floristik oblastlariga karaydi.
Golarktika floristik oblasti materikning tropik chizg‘idan shimoldagi katta
qismini egallab olgan Janubda Paleotropik oblasti bilan chegaradosh Golarktika
oblasti, florasi yuqori bo‘r va paleogen davrlarida shakllana boshlagan. Lekin
paleogening oxirida iqlimning sovishi, keyinchalik yangi tektonik harakatlar
natijasida janubiy rayonlarda baland tog‘ tizimlarining ko‘tarilishi iqlimi
kontinentallashtirib, o‘simliklar qoplamining o‘zgarshpiga sabab bo‘lgan.
Golarktika florasining qadimiy namunalari uning janubiy qismlarida, ayniqsa
Sharqiy Osiyo, Kavkaz, Karpat va G‘arbiy YYevropa o‘lkalarida ko‘proq saqlanib.
qolgan. Shimoliy qismida esa sovuq iqlim va materik muzligi ta’sirida ko‘plab
issiqsevar o‘simlik turlari yo‘qolib ketgan. Shuning uchun Golarktika oblastining
janubiy qismlari uning shimoliy qismlariga nisbatan o‘simlik turlariga ancha boy,
Arktika, Turoy, Markaziy Osiyo chullari aksincha, o‘simlik turlariga nihoyatda
kambag‘al. Bundan tashqari tekislik o‘lkalariga nisbatan subtropik tog‘li o‘lkalarda
xilma-xil o‘simliklar va uning endemik turlari kup uchraydi. Misol, maydoni
qariyib 2 mln. km2 bo‘lgan tekislik Ob floristik rayonida 1150 tur yuqori
o‘simliklar aniqlangan bo‘lsa, maydoni 29,2 ming km2 keladigan tog‘li. Janubiy
Zakavkaze floristik rayonida 3103 tur yukori o‘simliklar borligi aniklangan.
Shimoliy Tyanshan bo‘ylab o‘simliklarning 67 ta endemik turi tarkalgan bulsa,
undan shimoddagi rayonlarda endemik o‘simliklar o‘rn deyarli uchramaydi.
Binobarin, Golarktika floristik oblasti o‘simlik qoplamining ichki farqlariga va
rivojlanish tarixiga ko‘ra Arktika, Boreal, O‘rta YYevropa, O‘rta dengiz bo‘yi,
Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo kichik floristik oblastlariga bo‘linadi.
Materikning eng janubiy maydon jihatidan kichikroq qismi-Hindiston va
Hnndiston yarim orollari, Arabiston yarim oroli va Eron tog‘ligining janubiy
qismlari, Malay arxipelagi hamda Filippin orollari Paleotropik floristik oblastiga
qaraydi. Bu oblastning o‘simlik qoplami turlarga va endemiklarga boy, qadimiy,
tropiklarga xos o‘simliklar hukmronlik qiladi.
Yevrosiyoning o‘simlik qoplamiga tavsif berishda insonning ming yillar
davomida tabiatga ta’sir etib kelayotgan xo‘jalik faoliyatini ham hisobga olish
kerak. Chunki o‘rmonlarning kesilishi, yerlarning haydalishi, madaniylashtirilgan
daraxtzorlarni barpo etilishi, boshqa materiklardan va o‘lkalardan daraxtlarni olib
kelib o‘stirilishi kabi tadbirlar o‘simliklar qoplamini dastlabki kurinishlarini,
tarkibini ma’lum darajada o‘zgartirib yubordi. Shuning uchun katta-katta
maydonlardagi o‘rmon massivlari o‘ziniig dastlabki bokiralik xolatiii yuqotib,
ikkilamchi antropogen o‘rmonlarga aylangan. Jumladan, YYevropaning ko‘pchilik
mamlakatlarida tabiiy holdagi o‘simliklar o‘ziniig qadimiy qiyofasini va tarkibini
90% gacha o‘zgartirgan. Buyuk Xitoy tekisligida, aholi eng zich joylashgan
Xuanxe xavzasida ayrim rayonlar borki, ularni o‘simlik qoplamini dastlabki holati
qay darajada bo‘lganligini tiklashni iloji ham yo‘q.
O‘simliklar tabiiy geografik sharoitni nihoyatda his etuvchi bioindikator
hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pchilik landshaft zonalariga (tayga, aralash
o‘rmonlar, keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht, nam ekvatorial-o‘rmonlar) nomlar
hukmronlik qiluvchi o‘simlik tipiga qarab berilgan. O‘simlik qoplami iqlim, tuproq
va relef bilan bevosita boqliq bo‘lib, uning uchun tuproq qoplamiga o‘xshash uchta
qonuniyat-tekisliklarda kenglik. zonallik, provinsiallik yoki o‘zoqlik zonallik va
tog‘larda balandlik mintaqalik harakterli Yevrosiyo materigida kenglik zonallik
shimolda arktik sahrolar o‘simlik tipidan boshlab, janubda nam ekvatorial
o‘rmonlar o‘simlik tipigacha qonuniy ravishda birin-ketin almashinib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |