O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


YEVROSIYONING TUPROG‘I, O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 


YEVROSIYONING TUPROG‘I, O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI. 

 

Tuprog‘i 

Tuproq  qoplamining  hosil  bo‘lishiga  va  rivojlanishiga  landshaft 

komponentlarining  birortasi  ham  ta’sir  etmay  qolmaydi.  Ayniqsa  tuproklar 

o‘simliklar,  ona  jinslar  va  iklim  bilan  o‘zviy  bog‘aangan.  Shunig  uchun 

V.V.Dokuchayev  ilmiy  genetik  tuproqshunoslik  fanni  yaratish  bilan  birgalikda 

landshafshunoslik  to‘g‘risidaga  fanga  ham  solgani  tasodif  emas..  Yevrosiyo 

tuproqlarini  va  landshaftlarini  o‘rganishga  S.S.Neustruyev,  L.I.Prosolov, 

B.B.Polinov, M.A.Glazovskaya va boshqalar katta hissa qushdilar. 

Yevrosiyoning  tuproq  qoplamini  geografik  Tarqalishidagi  eng  umumiy 

konuniyatlar  -  tekisliklarda  kenglik  zonallik,  provinsiallik  va  tog‘larda  balanddik 

mintaqalardir.  Tuproq  qoplamining  kenglik  zonaligi  materikning  g‘arbiy  tekislik 

qismida  yaxshi  ifodalangan.  Yenisey  daryosidan  sharqda  tog‘li  relef  hukmronlik 

qilganligi  tufayli  tuproqlarning  kenglik  buylab  zonal  joylashishi  bo‘ziladi. 

Umuman  Yevrosiyoning  tekisliklarida  asosiy  tuproq  tiplari  zonalar  bo‘yicha 

shimoldan janubga qarab quyidagicha almashinadi. 

Artikaning  yuqori  kengliklarida,  orollarning  tekislik  qismida  jo‘da  yupqa 

arktika  tuproqdari  uchraydi.  Bu  tuproqlar  nixoyat  darajada  skeletdi,  gleylanish 

xususiyatiga ega emas, oz mikdorda ishqorsizlangan, qisman sho‘rlangan. Arktika 

tuprokdari  sovuq  nurash  natijasida  vujudga  kelgan  poligonam  tuproqlar  bilan 

almashinib turadi. 

Arktika  tuproqlari  janubrokda  tundra  tuproqlari  bilan  almashinadi.  Tundra 

tipidagi  tuproqlar  materikning  eng  yuqori  kengliklarida  va  Arktika  orollarning 

janubida  tarqalgan.  Ular  arktika  tundrasi  va  tundra-gleyli  tuproqlarga  bo‘linadi. 

Arktika  tunrasiga  tuproqlar  orasida  oddiy  poligonal  tuproqlar  keng  tarkalgan.  Bu 

tuproklar  ayniksa  Yamal,  Tidan  yarim  orollarida  va  Taymirda  kupchilikni  tashkil 

etadi.  Tundra-gleyli  tuproqlari  botqoqlagan,  tuproq  kundalang  kesimi  yupqa, 

gorizontlarga  tabakalanishi  zaif  skeletli  bo‘lib,  tarkibida  2-3%  ga  yakin  chirindi 

(gumus)  bor,  Tundra-gleyli  tuproqlarida  issiklik  yetishmaydi,  mikrobiologik 

jarayonlar 

yetarli 

darajada 

emas. 

Tundra 


tuproqlarining 

hosildorligi  past,  O‘rta  va  Sharqiy  Sibirda,  Baykal  tog‘li  ulkasining 

yuqori 

mitaqalarida 

sovuq 

nurash 


kuchli. 

bulganligi 

sababli 

oddiy 


toshlok tog‘-tundra tuproqlari hosil bo‘lgan. 

Yevrosiyo  tayga  zonasining  asosiy  tuproqtipi  tekisliklarda  podzol  tuproqlar, 

tog‘li  ulkalarda  tog‘  podzol  tuproqlaridir.  Ular  eng  keng-tarkalgan  tuproq  tipi 

bo‘lib,  materik  maydonining  20%  ini,  dunyodagi  qo‘ruqlik  maydonining  qariyb 

15%  ini  egallaydi.  Podzol  tuproqlar  igna  bargli  va  aralash  o‘rmonlarda  namlik 

yozda  maromida,  bahor  hamda  kuzda  ortiqcha  bo‘lgan  sharoitda  vujudga  keladi. 

Podzol tuprokdar bilan. botqoq tuproqlar birga uchraydi. Botqoq tuproklar ayniqsa 

G‘arbiy Sibir pasttekisligida, Sharqiy YYevropa tekisligining shimoliy va shimoli-

g‘arbiy provinsiyalarida, Amurbo‘yi va Primore o‘lkalarida keng tarqalgan. Chimli 

tuproklar  kam  uchraydi.  Chimli  va  chirindili  korbant  tuproqlar,  korbanatli  jinslar 

ustida vujudga keladi. 



Podzol  tuproqlar  shimoldan  janubga  qarab  kelishda  zonal  farqlariga  ko‘ra 

uchta  tipchaga  bo‘linadi:  1)  shimoliy  tayganing  gleyli-podzol  tuproqlari,  2)  o‘rta 

tayganing tipik podzol tuproqlari, 3) janubiy tayga va aralash o‘rmonlarning chimli 

podzol  tuproqlari.  Podzol  tuproqlar  zonasida  keng  tarqalgan  botqoq  tuproqlardan 

tashqari  muzloq  tayga  tuproqlari  ham  uchraydi.  Ular  muzloq  yerlar  rivojlangan 

Sharqiy Sibir o‘lkalari uchun harakterli. O‘rta Sibir yassi tog‘ligida, Sharqiy Sibir 

va Baykal tog‘li ulkalarida tog‘ podzol tuproqlari ko‘p tarqalgan. Bu yerlarda tog‘ 

relefi va yer yuzasining kuchli parchalash xapligi tufayli botqoqliklar kam. O‘rmon 

tuproqlari  orasida  eng  kam  unumlisi  podzol  tuproqlardir.  Ularning  hosildorlygini 

oshirish  uchun  kompleks  agrotexnik  tadbirlardan  amalga  oshirish  zarur,  yani 

cho‘qur  haydalma  qatlam  vujudga  keltirish,  almashlab  ekishni  joriy  qilish, 

tuproqqa  ohak  organik  va  mineral  o‘g‘itlar  hamda  mikroelementlar  solish  kerak. 

Botqoq tuproqlar quritishga qaratilgan meliorativ ishlarni talab qiladi. 

G‘arbiy  YYevropaning  katta  qismida  Zakarnat’ening  Tisabo‘yi  allyuvial 

pasttekisligida  Boltiqbo‘yida,  Uzoq  Sharkning  O‘rta  Amurbo‘yi  va  Primore 

o‘lkalarida, Sharqiy Osiyoda o‘rmon-qo‘ngyr tuproqlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. 

O‘rmon-qung‘ir  tuproq  tipi  namkeng  bargli  va  qisman  aralash  o‘rmonlar  tagida 

vujudga  keladi.  Ular  kam  podzollashgan,  donador  strukturaga  ega.  O‘rmon 

tuproklari orasida eng hosildori chimli va ko‘ng‘ir tuproklar hisoblanadi. 

Podzol  tuproqlar  bilan  qora  tuproqlar  oralig‘ida  o‘rmon  buz  tuproqlari 

joylashgan,  Bu  tuproq  tipi  o‘rmon-dasht  zonasining  o‘rmonlari  tagida  lyossimon 

jinslarda hosil bo‘lgan. O‘rmon buz tuproqlari och tusli buz, tipik buz va qoramtir 

buz tuproqlarga bo‘linadi. Och tusli o‘rmon buz tuproqlari morfologik belgilariga 

ko‘ra chimli-podzol tuproqlarni eslatadi. Lekin undan gumus qatlamining qalinligi 

va  chirindiga  boyliga  bilan  farq  qiladi.  Qoramtir  o‘rmon  buz  tuproqlari  ayrim 

belgilariga  ko‘ra  qora  tuproqlarga  yaqin  V.R.Vilyamsning  ta’kidlashicha  o‘rmon 

buz tuproqlari o‘rmonlarga bostirib kelayotgan dasht o‘simliklari ta’sirida vujudga 

kelgan. 


O‘rmon  buz  tuprokdaridan  janubda  qora  tuproqlar  zonasi  joylashgan.  Qora 

tuproqlar  g‘arbda  Karpat  tog‘i  etaklaridan  sharqda  Oltoy  tog‘  etaklarigacha  keng 

polosa hosil qilib chuzilgan. Oltoydan sharqda ular orollar shaklida Minusinsk va 

Tuva  botiqlarida,  Selenga  va  Sharqiy  Zaybaykale  dashtlarida  uchraydi. 

V.V.Dokuchayev  qora  tuproqlarni  tuproqlarning  podshosi  deb  atagan.  Qora 

tuproqlar chirindiga, turli xil moddalarga juda boy, gumus qatlami qalin (150-180 

sm  gacha  yetadi),  mustadkam.  donodor  strukturaga  ega.  Shuning  uchun  ham  ular 

boshqa tuproq tiplaridan yuqori hosildorligi bilan farq qiladi. Qora tuproqlar ochiq 

o‘tli  dashtlarning  tipik  zona,  tuprogidir.  Bu  yerdagi  lyossimon  gruntlar  tuproq 

kompleksini kalsiy bilan boyitadi va mustahkamlaydi. 

Qora  tuproqlarning  zona,  xususiyatlari  shimoldan  janubga  qarab  o‘zgaradi, 

Kora tuproq zonasining shimoliy qismida podzollashgan va ishqori yuvilgan qora 

tuproqlar  uchraydi.  Zonaning  markaziy  qismida  tipik  qalin  qora  tuproqlar  keng 

tarqalgan.  Bu  qora  tuproqlarning  eng  unumdor  tipchasi  bo‘lib,  unda  gumus 

gorizontining  qalinligi,  chirindi  miqdori  (10-  15%)  va  ko‘l  elementlari  o‘zining 

maksimal darajasiga yetgan. Janubroqda oddiy va janubiy qora tuproqlar tarkalgan. 

Bu  tipchada  gumus  qoplamining  qalinligi,  miqdori  bir  oz  kamayadi.  Yer  osti 



suvlari  yer  yuzasiga  yaqin  yotgan  joylarda,  ayniqsa  G‘arbiy  Sibir  dashtlarida 

chimli  qora  tuproqlar  keng  tarqalgan.  Huddi  shunday  G‘arbiy  Snbirda  neogen  va 

antropogen  davrlarning  tarkibida  tuz  bo‘lgan  yotqiziqlari  ustida  shurlangan  qora 

tuproklar ham vujudga kelgan. 

Yevrosiyoda boshqa materiklarga .nisbatan qora tuproklar eng ko‘p tarqalgan. 

Ularning  umumiy  maydoni  2  mln.  km2  ga  yaqin.  Bu  miqdor  dunyodagi  qora 

tuproklar  tarqalgan  maydonning  qariyb  50%  ini  tashkil  e t a d i .   Q o r a   tuproqlar 

boshqqa  tuproq  tiplariga  qaraganda  eng  yuqori  hosildor  bo‘lganligi  uchun 

maksimal  darajada  haydalagan  va  qishloq  xo‘jaligida  foydalanishga  keng  jalb 

etilgan. 

Quruq  dasht  va  chala  cho‘llarning  zonal  tuproq  qoplami  kashtan  tuproqlaridan 

tashki  topgan.  Bu  tuproqlar  namlik  balansi  manfiy  butan  boshoqli  va  shuvod-

boshoqli  o‘tlar  siyrak  usadigan  sharoitda  shakllangan.  Qira  tuproqlarga  nisbatan 

chirindiga kambag‘alroq gumus katlami yupqoroq va ko‘proq joylarda shurlangan. 

Kashtan tuproqlari shimoldan janubga qarab qoramtir kashtan, tipik kashtan va och 

tusli  kashtan  tuproq  tipchalariga  bo‘linadi.  Shulardan  qora  to‘proqlar  bilan 

chegaradosh  bo‘lgan  koramtir  kashtan  tuproqlar  ko‘prokq  hosildor  hisoblanadi. 

Janubga  kelgan  sari  kashtan  tuproqlar  tarkibida  chirindi  miqdori  kamayib  boradi. 

Och tusli kashtan tuproqlar chala cho‘llarda yaxshi rivojlangan  bo‘lib,  chirindiga 

kambag‘al.  Ulardan  qishloq  xo‘jaligida  foydalanish  uchun  sun’iy  sug‘orish 

ishlarini  amalga  oshirish  kerak.  Kashtan  tuproqlar  zonasida  shurlangan  tuproqlar, 

qisman  shur  bosgan  tuproqlar  uchraydi.  Pastqam  va  grunt  suvlari  yer  yuzasiga 

yaqin yotgan joylarda utloq-kashtan tuproqlar vujudga kelgan. 

 Chala  cho‘llardan  cho‘llarga  utishda  chala  cho‘l  qo‘ng‘ir  tuproqlari, 

cho‘llarda  esa  och  qo‘ng‘ir  va  buz  tuproqlar  paydo  bo‘ladi.  Och  qungir  va 

ko‘pchilik bo‘z tuproqlar gumusga eng kambag‘al tuproqlar hisoblanadi. Ularning 

aksariyat  qismi  kuchli  shurlangan.  Katta-katta  maydonlarda  sho‘r  tuproqlar 

massivlari  uchraydi.  Qo‘ng‘ir,  och  qo‘ng‘ir  va  buz  tuproqlar  asosan  O‘rta  va 

Markaziy  Osyyoning  tekisliklari  hamda  tog‘oldi  lyossli  tekisliklarida  ko‘p 

tarqalgan. 

Cho‘l zonasida taqir va taqirli tuproq turlari ham ko‘p uchraydi. Ular asosan 

allyuvial  va  prolyuvial  yotqiziqlardan  tashkil  toptan,  tarkibida  gilli  jinslar  ko‘p 

bo‘lgan yassi pastqamliklarda, qadimiy deltalarda vujudga keladi. Chulning taqirli 

tuproq turi, tarkibida chirindi 0,4-0,8%, gumusli qatlam 10-12 sm atrofida bo‘ladi. 

Taqirlar yuzasi bahorda yomg‘ir suvlari bilan to‘lib, yozda bug‘lanib ketadi. Qurib 

va  qotib  qolgan  yuzalar  jazirama  issiq  ta’sirida  yorilib-yorilib  ketadi.  Birgina 

O‘zbekistonda taqir va taqirli tuproqlar zgallagan maydon respublika yer fondining 

4%  ini  tashkil  etadi.  Sug‘oriladigan  vohalarda  suv  oqiziqlari  bilan  boyigan 

madaniylashgan buz tuproqlar vujudga kelgan. 

Nam  subtropiklar  zonasi  uchun  qizil  va  sariq  tuproqlar  harakterli.  Ular-Kavkaz 

o‘lkasining Kolxida va Lenkoran rayonlarida, Sharqiy Osyyoning janubiy qismida, 

Yanszi va Sitszyan daryolari havzalarida, Himolayning janubiy yon bag‘ridagi tog‘ 

etaklarida keng tarqalgan. Qizil tuproqlar nam subtropik o‘rmonlarning tipik zonal 

tuprog‘i  hisoblanadi.  Ularning  gumus  qatlami  qalin,  tarkibida  temir  va  alyumin 

oksidlari juda ko‘p. Shuning uchun ham bu tuproqlarning rangi qizil bo‘ladi. Qizil 



tuproqlar  eng  qadimiy  tuproqlar  bo‘lib,  ular  neogen  davridan  boshlab  to  hozirgi 

kungacha rivojlanib kelmokda. Bu tuproq tipi turli xil subtropik o‘simliklar uchun 

eng qulay hisoblanadi. Qizil va sariq tuproqlarni hosildorligini saqlash va oshirish 

uchun tog‘ yon bag‘rlari zinapoya qilib ishlanadi, tuproqlar chuqur haydaladi, azot 

va fosforli o‘g‘itlar solinadi. Xindiston, Xitoy va Gruziyada ekiladigan choylar ana 

shu tuproqlarda yetishtiriladi. 

Jigar rang tuproqlar Pireney yarim orolining sharqiy qismida, Apennin va Bolqon 

yarim  orollarida,  O‘rta  dengizdagi  Sitsiliya,  Sardiniya,  Korsika  orollarida,  Old 

Osiyo  tog‘liklarida,  Kavkaz  va  O‘rta  Osiyo  tog‘alarining  quyi  qismidagi  past 

bo‘yli,  keng  bargli  va  siyrak  o‘rmonlar  hamda  butazorlar  tagida  uchraydi. 

Xindistonning  sharqiy  va  Hindixitoy  yarim  orolining  o‘rta  qismlaridagi 

savannalarda qizil laterit tuproqlar keng tarqalgan. Qizg‘ish-sariq laterit tuproqlar 

nam tropik o‘rmonlar uchun harakterli bo‘lib, ular Xindistonning g‘arbiy qismida, 

Xindixitoy  va  Malakka  yarim  orollarida,  Malay  va  Filippin  arxipelaglarida 

ko‘pchilikning tashkil etadi. 

Tuproq qoplamining kenglik zonal fardlari bilan bir qatorda har qaysi zonada 

uzoqlik provinsial tafovutlarning vujudga kelishi iklim, o‘simliklar, ona jinslar va 

tuproq hosil qiluvchi  boshqa omillarning g‘arbdan sharqqa  qarab o‘zgarib borishi 

bilan  bog‘liq.  Tuproq  qoplamidagi  provinsial  farqlarni  qora  tuproqlar  zonasi 

misolida ko‘rish mumkin. 

Sharqiy  YYevropa  tekisligining  g‘arbida,  Karpatoddi  rayonlarida  yumshoq 

nam iqlimli sharoitda, g‘ovak lyosslar tarkibida chirindi mikdori kamroq bo‘lgan, 

lekin  juda  qalin  qora  tuproqlar  keng  tarqalgan.  Sharqiy  YYevropa  tekisligining 

sharqida, kontinentalroq iqlim sharoitida, ona jinslar ellyuvial-dellyuvial karbonatli 

gillardan  tarkib  topgan  joylarda  o‘rta  va  kam  qalinlikdagi,  lekin  chirindiga 

nihoyatda boy (15% gacha) qora tuproqlar vujudga kelgan. G‘arbiy Sibirdagi qora 

tuproqlar  qurg‘oqchilroq  sharoitda  hosil  bo‘lganligi  sababli  gumus  zahirasi 

unchalik  katta  emas,  yirik  strukturali  va  sho‘rlangan.  Shuning  uchun  ham  Sibir 

qora tuproqlarining hosildorligi nisbatan kam. 

Tog‘larda  tuproq  qoplamining  tarqalishi  alohida  qonuniyatga  balandlik 

zonallikka (mintaqalikka) bo‘ysunadi. Biroq tog‘larda 

tuproqlarning balandlik zonalligining namoyon bo‘lishi geografik kenglikka 

ham bog‘liq. Chunonchi, tundra yoki o‘rmon-tundra zonalaridagi tog‘lar qanchalik 

baland  bo‘lmasin,  ularda  atiga  ikkita  yoki  uchta  tuproq  tipini  uchratish  mumkin. 

Quyi  geografik  kengliklarda  joylashgan  tog‘lar  yetarli  darajada  baland  bo‘lsa, 

tuproqlarning  balandlik  mintaqalari  shunchalik  to‘laroq  va  xilma-xil  bo‘ladi. 

Masalan Kavkaz tog‘ida asosiy tuproq tiplari 10 ta dan kam emas. Bu yerda qizil 

va sariq tuproqlardan boshlab tog‘ o‘tloq tuproqlarigacha keng tarkalgan. Agarda 

Katta. Kavkazga Kubanbuyi pasttekisligidan kutarilsa kamida beshta tuproq tipini-

ishqori  yuvilgan  qora  tuproq  o‘rmon  buz  tuprog‘i,  tog‘  qo‘ng‘ir,  qisman  tog‘ 

podzol  tuproqlari,  subalp  va  alp  mintaqalarida  tog‘  o‘tloq  tuproklarini  ko‘zatish 

mumkin.  Tuproqlarning  balandlik  zonalligi  Karpat,  Tyanshan,  Oltoy,  Himolay 

tog‘larida ham yaxshi ifodalangan. 

Daryo  qayirlaridagi  allyuvial  tuproqdar  va  arid  iklimli  o‘lkalardagi  kuchma 

qumlar  alohida  azonal  tuproqlar  guruhini  tashkil  etadi.  Qayir  tuproqlari  yosh  va 



ularni  shakllanishi  hozir  ham  davom  etmoqda.  Kuchma  qumlar  esa  rivojlangan 

tuproq  qoplamiga  ega  emas  va  ularni  uzlashtirish  nihoyatda  qiyin.  Kuchma 

qumlarning  asosiy  qismi  cho‘l  va  chala  cho‘l  zonalarida,  kamroq  qismi  dasht  va 

o‘rmon  dashtlardagi  daryolarning  quyi  terrasalarida  uchraydi.  Bu  qumlarning 

aksariyati tabiiy holda o‘simlik bilan mustahkamlangan bo‘lgan. Ularning kuchma 

qumlarga aylanishiga sabab insonning xo‘jalik faoliyatini salbiy oqibatlaridir. 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish