Relefi
Yevrosiyoning murakkab geologik rivojlanish tarixi va tektonik tuzilishi
materikning yer yuzasini tuzilishida va relef shakllarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z
aksini topgan. Yevrosiyo kontinenta uchun butun Yer yuzida ma’lum bo‘lgan
barcha tektonik strukturalar va relef tiplari harakterli. Uning dengiz sathidan
o‘rtacha balandligi 840 m. Materikning asosiy qismini yirik makrorelef tiplari-
tekisliklar, pasttekisliklar, yassi tog‘liklar, tog‘liklar, tog‘ tizimlari va tog‘oralig‘i
botiqlari tashkil etadi. Ular yoshi va genetik tipi jihatidan turli xil bo‘lgan
strukturalarga to‘g‘ri keladi. Quyida keng tarqalgan va materikning katta-katta
maydonlarini egallab yotgan makrorelef tiplariga to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |