O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Mezozoy  burmalanishi  oblastlari



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Mezozoy  burmalanishi  oblastlari.  Mezozoy  burmalanishi  oblastlari 

materikning shimoli-sharqiy, janubi-sharqiy, janubiy qismlarini va Amur havzasini 

egallaydi.  Bular  Verxoyana-Chukotka  burmalari,  Amur  burmalari  va  Janubi-

Sharqiy  Osiyo  burmalari  tizimlaridan  tashkil  topgan.  Bu  oblastlar  uzoq  geologik 

davrlar  mobaynida  shakllangan.  Materikning  bu  regionlarida  kembriydan  oldingi 



va kaledon burmalanishlarining koldiqlari uchraydi. Gersin burmalanishi ham o‘z 

ta’sirini  kuchliroq  ko‘rsatgan.  Ammo,  asosiy  tog‘  hosil  bo‘lish  jarayoni  bo‘r 

davridagi yangi kimmeriy va lamariy tektonik harakatlari natijasida ro‘y beradi. 

Verxoyana-Chukotka burmalari tizimi Sibirning shimoli-sharqida juda katta 

maydonni ishg‘ol etib, uning tektonik rejimi g‘oyat murakkab bo‘lgan. Kimmeriy 

harakatlari bu oblastning geosinklinal rejimiga yakun yasab, uning hududini dengiz 

sathidan  yuqori  ko‘tardi.  Oldingi  zamin  ustida  Verxoyana-Kolima-  Chukotka 

burmalari  zonasi,  Kolima  o‘rtaliq  massivi,  Oxota-Chaun  vulkan  yoylari  tashkil 

topdi.  Vulkan  yoylari  antiklinoriy  va  sinklinoriylardan  iborat  bo‘lib,  ular  hozirgi 

relef shakllarida o‘zining aksini topgan. 

Amur  burmalari  tizimi  mezozoy  va  uchlamchi  davrning  dengiz  hamda 

kontinental  yotqiziqlaridan  tarkib  topgan.  Bu  yerda  kembriydan  oldingi  davr  va 

paleozoy  jinslari  yer  yuzasiga  chiqib  yotgan  joylar  bor.  Turli  yoshdagi  vulkanik 

jinslar ham keng tarqalgan. Amur burmalari geologik jihatdan murakkab tuzilgan. 

Uning  strukturalari  antiklinoriylar,  sinklinoriylar  va  tog‘  oralig‘i  vodiylaridan 

iborat.  Antiklinoriylar  asosini  Tukuringra,  Jag‘di,  Bureya  va  boshqa  tizmalar 

tashkil etadi. 

Yevrosiyoning  janubiy  va  janubi-sharqiy  qismlaridagi  strukturalar 

Hindixitoyning katga qismi, Malakka yarim oroli, Tibet tog‘ligining janubiy qismi, 

Qoraqurum  tog‘  tizmalari  mezozoy  burmalanishi  natijasida  barpo  bo‘lgan.  Ular 

neogen-antropogen  davrlarida  faol  tektonik  harakatlarni  boshdan  kechirganligi 

tufayli  Yer  yuzidagi  eng  baland  tog‘lar  tizimi  -  Baland  Osiyo  ana  shu  zamin 

asosida vujudga kelgan. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish