Dunyo okeanida landshaft sferasining ikki yaruslik bo’lishi suv yo’zasidagi
imkoniyat yaratgan. Lekin, okean tagidagi zonalarning soni yuzadagi zonalarning
soniga nisbatan kamroq. Dunyo okeani tagidagi geografik zonalar tizimi arktika,
subarktika, shimoliy mo’tadil, ekvatorial tropik, janubiy mo’tadil, subantarktika va
antarktaka zonalaridan tarkib topgan.
Sektorlik. Quruqlikdagi kenglik bo’ylab cho’zilgan geografik mintakdlar
issiqlik rejimi, asosiy havo massalari va ularning sirkulyatssiyasi harakteriga qarab
ajratilgan bulsada, har qaysi mintaqa o’zining ichki doirasida namlanishi,
kontinentalligi, morfostrukturasi jixatidan bir xil emas. Xatto bir xilda bo’lgan
morfostrukturalarda ham sektorlik farqlar nihoyatda aniq seziladi. Sektorlikka
birinchi bo’lib A.A.Grigorev va undan keyin A.I.Yaunputnin e’tibor bergan.
Sektorlik asosida havo massalarining xususiyatlarini, ularning tarkibidagi namlik
miqdorini va fasliy ritmiklikni geografik mintaqalar bo’ylab uzoqlik o’zgarishi
yotada. Ma’lumki, materiklarni namlanishi uchun okeanlar asosiy manba
hisoblanadi. Okeandan materik ichkarisiga borgan sari havo namligi va yogin
miqdori kamaya boradi. Xatto ayrim mintaqalarda yillik yogin miqdori okean
buyiga nisbatan materik ichkarisida, kontinental sharoit okibatida 3-5 marta kam
bo’ladi. Natijada materiklarda va aksariyat geografik mintaqalarda sektorlar hosil
bo’ladi. Materiklarning aksariyat geografik mintaqalarida ikkita okean buyi va
bitta kontinental sektor ajratiladi. Qutbiy oblastlarda va kugbyoni mintaqalarida
issiqlikning yetishmasligi
sababli hama joyi uta namlangan. Shuning uchun bu yerda sektorlik boshqa
mintaqalarga nisbatan kuchsiz ifodalangan. Shimoliy Amerika va Yovrosiyo
subarktika miktakasida ikkitadan okean buyi va bittadan kontinental sektor
ajratiladi. A.A.Grigorev hududning morfostruktura farqlariga ko’ra Yovrosiyoning
subarktika mintaqasida 7 ta sektor ajratgan. Shundan 4 tasi –G’arbiy subarktika,
Sharqiy Yevropa, Sharqiy Sibir va Uzoq Sharq subarktikasi asosiy sektor va 3 tasi
o’tkinchi sektor hisoblanadi.
A.G.Isachenko Yevrosiyoning mutadil mintaqasida nam atlantika buyi yoki
G’arbiy Yevropa, Markaziy Yevropa, Sharqiy Yevropa, kontinental yoki Sharqiy
Sibir o’tkinchi kontinetal va nam mussonli Tinch okean buyi sektorini ajratgan.
Ayrim materiklarda va mintaqalarda esa sektorlarning soni juda kam. Afrikaning
tropik mintakdsida ikkita sektor – g’arbiy passatli arid va Sharqiy nam mussonli
sektorlar vujudga kelgan.
Materiklarniig okean buyi sektori bilan kontanental sektorida kenglik
zonallikning namoyon bo’lishi bir xil emas. Kontinental sektorda kenglik zonallik
aniq ifodalangan harkterga eta bo’lib, unda landshaft zonalari bir-biridan yaqqol
ajralib turadi, okean buyi sektorida esa aksincha, kenglik zonallik ancha
silliklashgan va ularning chegarasida keskin farqlar uncha sezilmaydi. Har bir
landshaft zonasi bir sektordan ikkiichi sektorga utishda tabiiy geografik sharoitning
sezilarli darajada o’zgarishiga duch keladi. Masalan, Yevrosiyo tayga zonasining
Sharqiy Yevropa, Garbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq sektorlarida
joylashganligi va shu sektorlarning tabiiy sharoitini hamda harakterli regional
xususiyatlarini o’zida aks ettirishidir.
Quruqliklarda geografik zonallikning namoyon bo’lishi ni umumsayyoraviy
modeli umumlashtirilgan gipotetik (faraziy) materikda kursatilgan.