Balandlik mintaqalari. Tekislik sharoitida namoyon bo’lgan kenglik zonallik
tog’larda balandlik mintaqalik (vertikal zonallik) bilan almashinadi. Balandlik
mintaqalik ham umumgeofafik qonuniyatlardan biri hisoblanadi. Balandlik
zonallikning tarkib topishida xuddi kenglik, zonallikdagi kabi
iqlim omili, issiqlik balansi asosiy rol o’ynaydi. Lekin tekisliklarda va tog’larda
iqlimning almashinish sabablari bir xil emas. Tekisliklarda iqlimning o’zgarishi
geografik kenglikning o’zgarishiga bog’liq bulsa, tog’larda joyning absolyut
balandligini o’zgarishiga bog’liq.
Tog’larda yuqoriga ko‘tarilgan sari atmosferaning zichligi va qalinligi kamaya
boradi, quyosh radiatsiyasining intensivligi orta boradi. Havoning siyraklashishi
natijasida yerning uzun tulqinli nur tarkatishi yanada tezlashib, haroratning
pasayishiga olib keladi. Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarning salmog’i
orta boradi. Tog’larda harorat gradiyenti tekisliklardagiga nisbatan bir necha
yo’zlab hissa kattadir. Bu yerda har 1000 m balandlikda harorat o’rtacha 6°S ga
pasayadi. Yuqoriga kutarilgan sari yog’in miqdori ko’p ayib borib, ma’lum
balandlikdan keyin yana kamayadi. Yogin eng ko’p yogadigan balandlik mintaqa
chegarasi sernam o’lkalardan qurg’oqchil o’lkalar tomon ko’tarila boradi. Masalan,
sernam mintaqa Alp tog’larida 2000 m, Kavkazda 3000 m O’rta Osiyoda 4000 m
ga yaqin, Markaziy Osiyoda esa undan ham balandda joylashgan.
Tog’larda balandlik mintaqalar va ularning strukturaviy tuzilishi nihoyatda
xilma-xil. Balandlik zonalikning rang- barang bo’lishi tog’ tizimining geografik
o’rniga, muayyan landshaft zonasida joylashishiga, tevarak-atrofdagi tabiiy
geografik sharoitga va dengiz sathidan balandligiga bog’liq. Masalan, Tyanshan
tog’ tizimining shimoliy yon bag’rida V.M.Chupaxin tog’oldi
tekislik cho’l (800-1100 m), tog’oldi tekislik chala cho’l (900-1300 m), tog’oldi -
o’rtacha baland tog’ o’rmon-utlok-dasht (1300-2900 m), baland tog’ utaok va
utlok-dasht (2700-3700 m), glyatsial -nival (3500-3700 m dan yuqori) landshaft
mintaqalarini ajratgan. Tundra zonasi kengligida joylashgan Birranga tog’idagi
balandlik mintaqalar arktik tundra va arktik sahrodan tarkib toptan.
Tog’lardagi landshaftlarniit balandlik mintaqalanishi kenglik zonalligini
takrorlamaydi va ular o’zaro o’xshash ham emas. Balandlik mintaqalik kenglik
zonallik hodisasining bir ko’rinishidir. Shuning uchun ham tog’ landshaftlari
azonal hosila emas. Kenglik zonallik nisbatan o’zining oddiy strukturasi bilan farq,
kilsa, tog’ o’lkalarining landshaft oblastlari murakkab strukturasi bilan farq qiladi.
Birok, tog’ landshaftlarining strukturasi faqat vertikal yunalishda o’zgarib
kolmasdan, ayrim xollarda gorizontal yunalishda ham o’zgaradi. Bunday hodisa
meridional ravishda katta masofaga cho’zilib yotgan tog’lar uchun harakterli.
Masalan, Uran tog’larida shimoldan janubga qarab
tundra, o’rmon tundra, tayga, aralash o’rmonlar, o’rmon dasht va dasht tog’-
kenglik zonalari birin-ketin almashinib boradi. Osiyoning Tinch okean kirg‘og‘i
bo’ylab Chukotka yarim orolidan Koreya yarim orligacha cho’zilib yotgan o’rtacha
balandlikdagi tog’larda tundra, o’rmon tundra, tayga, aralash o’rmonlar, keng
bargli o’rmonlar, nam subtropik o’rmonlar ham ketma-ket almashinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |