O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Qutbiy 

nomutanosiblik. 

Yer  yo’zasida  zonallikning  rivojlanishi 

umumgeografik  qonuniyat  asosida  yo’z  bergan  bulsada  geografik  mintaqalarning 



va  zonalarning  ekvatorga  nisbatan  joylashinshda  kat’iyan  mutanosiblik 

(simmetriklik) yuk. Bunga sabab materiklar va okeanlar maydonining shimoliy va 

janubiy  yarim  sharlarda  bir  xilda  taksimlanmaganligi,  materiklarning  geografik 

o’rni  va  ularning  muzlanish  darajasi  kabilardir.  Shu  boisdan  shimoliy  yarim 

shardagi  zonalar  yigandisi  spekteri  janubiy  yarim  shardagi  zonalar  yigandisidan 

birmuncha  boshqacharoq.  Masalan,  shimoliy  yarim  sharning  katta  maydonini 

egallab  yotgan  tundra  va  o’rmon  tundra  zonalari  janubiy  yarim  sharda  deyarli 

uchramaydi.  Janubiy  yarim  sharning  bunday  kengliklarida  okean  buyi  o’tloqlari 

yaxshi  rivojlangan.  Chunki  bu  kenglikdagi  quruqlik  okeanning  bepoyon 

akvatoriyasi  bilan  o’ralgan.  Mo’tadil  mintaqalarda  joylashgan  landshaft  zonalari 

har ikkala yarim sharda takrorlansada ularning o’simlik turlarining tarkibi umuman 

bir-biriga  o’xshamaydi.  Shimoliy  yarim  sharda  keng  tarqalgan  tayga 

o’rmonlaridagi  karag‘ay,  yel,  tilogoch  va  kedrlar  janubiy  yarim  sharda 

uchramaydi.  Shimoliy  qutbda  oq  ayiqlar  yashasa,  janubiy  qutbda  pingvinlar 

yashaydi.  Bo’lar  o’z  navbatida.  geografik  komponentlarning  va  landshaft 

zonalarining qutbiy nomutanosibligini (asimmetriyaligini) vujudga keltiradi. 

Qutbiy nomutanosiblikni materiklar va okeanlarning geografik joylashishida, 

maksimum  va  minimum  havo    massalarining  markazlarini  joylashishida,  yer 

Yuzasining quyosh  radiatsiyasini singdirshida, qoplama  muzliklarning va  muzloq 

yerlarning tarqalishida ham ko’rish mumkin. 

1.  Shimoliy qutbda okean, janubiy qutbda materik hukmronlik qiladi. 

2.  Shimoliy  qutb  dengiz  muzlari  bilan,  janubiy  qutb  materik  muzliklari  bilan 

qoplangan. 

3.  Termik  ekvator  aynan  ekvator  kengligida  emas,  balki  undan  shimolrokda, 

o’rtacha  5-8°  sh.k.  lar  oralig‘ida  joylashgan.  Termik  ekvator  yoz  va  kish 

faollariga  qarab  o’z  joyini  ekvator  bilan  15-16°  sh.k.  orasida  o’zgartirib 

turadi. 

4.  Subtropik  maksimumlar  markazi  fasldan  faslga  qarab  shimoliy  yarim 

sharda 32°-36° sh.k. lar oraligida, janubiy yarim sharda 28°-32° j.k. lar oraligida 

o’z  joyini  o’zgartirib  turadi.  Ularning  o’rtacha  holati  shimolda  34°  sh.k.  ga, 

janubda 30° j.k. ga to'g'ri keladi. 

5.  Har  ikkala  yarim  sharda  bir  xil  geografik,  mintaqalarning  ekvatorga 

nisbatan o’rtacha kenglik holatini aniqlasak, u holda ularning xozirgi vaqtida 4-5° 

shimol  tomonga  siljiganini  ko’ramiz.  Materik  muzligi  davrida  esa  mitakalarning 

o’rni  5-10°  janub  tomonga  surilgan.  Geografik  mintaqalarning  o’rtacha  optimal 

holatidan  shimol  tomonga  surilishiga  sabab  quruqlikning  yarim  sharlarda  notekis 

taqsimlanishidir.  Shimoliy  yarim  sharda  quruqlik  yer  Yuzasining  39,4%  ini, 

janubiy  yarim  sharda  19%  ini  tashkil  etadi.  Quruqlik  okeanga  nisbatan  quyosh 

radiatsiyasini  17%  ko’p  rok  yutadi  va  atmosferaga  unga  nisbatan  ikki  marta 

ko’proq issiqlik beradi. Shuniig uchun shimoliy yarim sharda havo ning o’rtacha 

harorati janubiy yarim sharga nisbatan 2-3° S yuqorirok. 

Hozirgi  zamon  muzliklarining  qalinligi,  xajmi  va  maydoni  shimoliy  va 

janubiy  yarim  sharlarda  bir  xil  emas.  Shimoliy  yarim  shardagi  muzliklarning 

umumiy  xajmi  6  mln.  Km3  ni,  maydoni  2,3  mln.  Km2  ni  tashkil  etadi.  Buning 

80% i Grenlandiya muzligiga to’g’ri keladi. Janubiy  yarim sharda muzliklarning 



umumiy xajmi 24 mln. Km3 ga, maydoni 14 mln. Km2 ga teng. Shundan 98% ini 

Antarktida muzligi tashkil etadi. Janubda koplama muzliklarning qalinligi minglab 

metr  bilan  ulchansa  (Antarktida  muzligining  maksimal  qalinligi  4345  m)

shimolda dengiz muzliklarining o’rtacha qalinligi 2-8 m bilan o’lchanadi. Demak, 

qutbiy  nomutanosiblik  o’zining  yorkin  ifodasini  hozirgi  zamon  muzliklarining 

shimoliy va janubiy yarim sharlarda tarkalish xususiyatlarida ham topgan. 



Sinov savollari. 

1.  Geografik mintaqalar va zonalarini tarqalishini tushuntiring?  

2.  Sektorlikhaqida tushuncha bering? 

3.  Balandlik mintaqalarini tushuntiring? 

4.   Qutbiy nomutanosiblikni tushuntiring? 

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish