Meksika Kordilerasi. Meksika Kordilerasi tog‘lari landshaft oblastiga
Kaliforniya yarim oroli. shimoli-g‘arbiy Meksika platosi, Meksika yassi tog‘ligi,
Baland vulkanlar tizmasi, g‘arbiy Serra-Madre va SHarqiy Serra-Madre tog‘lari
qaraydi. Oblastnpig janubiy chegarasi tektonik chukmadagi Balsas daryosi
vodiysidan o‘tadi. Bu tektonik vodiy SHimoliy Amerika bilan Markaziy Amerika
o‘rtasida tabiiy geografik chegara vazifasini xam bajaradi.
Kaliforniya yarim oroli Tinch okeanning Kaliforniya qo‘ltig‘i bilan ajralgan
bo‘lib, uzunligi 1200 km, kengligi 50-250 km masofaga cho‘zilgan. Maydoni 144
ming km
2
ga yakin. SHarqiy qirg‘oqlari qultiqqa tik tushgan, g‘arbiy kirgoklari esa
aksincha, kiya paettekislik bulib, ayrim joylarda lagunalar xam uchraydi. YArim
orolning sharkiy qismi buylab balandligi 500-1500 m bulgan vulkanik va kristall
massivlar kutarilib turadi. ulardan eng balandi La-Enkantad tog‘i
(3078 m)
xisoblanadi.
G‘arbiy qirg‘oq buylab 1000-1500 m balandlikdagi zinapoyasimon
kutarilgan yassi tog‘liklar, dengizbuyi paettekisliklari va Serra Viskayno tog‘i
cho‘zilgan. Umuman, Kaliforniya tog‘lari AKSH qirg‘oq tizmalarining janubiy
davomi xisoblanadi. YArim orolning shimolida subtropik va janubda tropik ilim
xukmronlik qiladi. YOgingarchilik kam buladi. Urtacha yillik yogin mikdori 250
mm dan oshmaydi. Tabiat komplekslari cho‘l, chala cho‘l va tog‘ landshaftlaridan
iborat. CHullarda kaktuslar, agavalar, yukkilar va meksitlar usadi. Togli rayonlarda
baland mintaka sifatida o‘rmonlar uchraydi.
Meksika tog‘ligi Meksika xududining shimoliy katta qismini egallab olgan.
Maydoni 1200 ming km
2
. Uning asosiy qismini sharqdan, g‘arbdan va janubdan
baland tog‘lar bilan uralgan Meksika yassi tog‘ligi tashkil etadi. U tog‘lik larami
bosqichida vujudga kelgan bo‘lib, tektonik jixatdan Koyali tog‘larning davomi
xisoblanadi.
YAssi tog‘likning shimoliy qismi Buyuk tekisliklar va Kolorado platosi
bilan tutashgan. Uning sharqiy chekkasida SHarqiy Serra-Madre (Penya-Nevada
chuqqisining balandligi 4054 m) va garbida G‘arbiy Serra-Madre (CHorreras
chukkisining balandligi 3150 m) toglari kutarilib turibdi. Janubiy kismi kator
sungan va xarakatdagi vulkanlar bilan o‘ralgan bulib, ular Kundalang Vulkanik
Serra togi deb ataladi. Toglikning va butun Meksikaning eng baland nuktasi
Orisaba vulkani (5700 m) xam shu erda joylashgan. Bundan ta sh kar i
Popokatepetel (5452 m), Istaksiuatl (5286 m), Kolima (3846 m) kabi vulkan
konuslari yassi tog‘likning janubida kad ko‘tarib turibdi.Parikutin va Xorulo
vulkanlari eng yosh va ular yakinda xosil bulgan.
Meksika togligining ichki kismi ikki rayonga SHimoliy Meea va Markaziy
Mesaga bulinadi. SHimoliy Mesa uncha baland bulmagan va kiska tog‘lar bilan
ajralib
turgan
aloxida-aloxida
tekislik
uchastkalardan
iborat.
Tekislik
uchastkalarning balandligi 900-1200 m ni tashkil etadi. Markaziy Mesa tog
kutarilmalari va botiklar bilan ajralgan bir kator vulkanik platolardan tarkib topgan.
Uning okean satxidan balandligi 2000-2400 m. Meksikaning ko‘plab shaxarlar va
qo‘rg‘onlari Markaziy Mesaning botiqlarida joylashgan. Meksika yassi tog‘ligi
oxaktoshlardan, kumtoshlardan, mergellardan tashkil topgan. YUzasining katta
maydoni lavalar bilan qoplangan.
Kundalang Vulkanik Serra togining vulkan konuslari oraligida vulkanik
jinslardan tarkib topgan keng botiklar va platolar joylashgan. Ular eng qadimdan
inson xujalik faoliyati ta’sirida kuchli uzlashtirilgan rayonlar bulib, xozirgi kunda
shaxar seliteb va agrolandshaftlar bilan band. Baland tog‘lar bilan uralgan va
balandligi 2300 m bo‘lgan platolarning birida Meksikaning poytaxti Mexiko shaxri
joylashgan.
Meksika Kordilera landshaft oblastining iqlimi tropik Iqlim. Uning shimoliy
va shimoli-g‘arbiy regionlari uchun qurg‘oqchil, kontinental cho‘l va chala cho‘l
iqlim, eng janubiy va sharqiy rayonlari uchun nam iqlim xarakterli. YAssi
tog‘likning shimoliy va shymoli-g‘arbiy qismlarida kontinental quruq tropik iqlim
xukmronlik qilgani uchun yozi issiq va qishi yumshoq bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha
xarorati shimoldan janubga qarab 15°S dan 20°S gacha, yanvarnshgg o‘rtacha
xarorati 9°S dan 14°S gacha o‘zgaradi. qish oylarida shimoldan keladigan sovuk
xavo massasi xisobiga xarorat -20°S gacha pasayishi mumkin. Xavoning namligini
baland bulishiga karamasdan yillik yogin mikdori 200-400 mm tashkil etadi.
Atmosfera yoginlari g‘arbiy Serra-Madre toshniit yon bagrlarida biroz ko‘payadi.
Oblastning janubiy qismi Atlantika passatlarining tropik xavo massasi
ta’sirida bulganligi sababli yogin-sochin ko‘payadi. YOgingarchilikning asosiy
qismi yoz fasliga tug‘ri keladi. SHarqni Serra-Madre tog‘ining sharqiy yon
bag‘riga va Kundalang Vulkanik Serra tog‘ining janubiy yon bagriga yiliga 2000-
4000 mm gama yogin yogadi. Tog‘lar va platolarning 1500 m dan yukori qismida
xarora" 20"S dan yukori ko‘tarilmaydi. 3000 m dan balandda qish oylarida sovuq
bo‘lib qor yogadi. Kor chiziga 4500 m dan balandda yotadi. Kundalang Vulkanik
Serra tog‘larining cho‘qqilarida kor va muzlar yil davompla saqlanadi.
Meksika Kordilera tog‘larining iqlimi uchta mintakaga bo‘linadi. 1400 m
balandlikkacha bo‘lgan qismi terra-kalida (issik) mintakaga, 3000 m gacha bo‘lgan
qismi terra-teplada (mu’tadil) mintakaga va 3000 m dan yukorisi terra-fria (sovuk)
mintakaga qaraydi.
Meksika tog‘ligining o‘simliklar olami xilma-xil va nixoyatda endemik
turlarga boy. Tog‘likning shimoliy qismi cho‘l va chala cho‘l landshaft
komplekslaridan tarkib topgan. Bu region kaktus florasining shakllanish va
tarkalish vatani bulganligi uchun kaktusli cho‘l landshaftlari katta-katta
maydonlarni egallab olgan. Meksika togligining o‘simlik dunyosida 8000 dan ortik
endemik turlar bor. Jumladan kaktuslarning 500 ga yakin turi, agavalarning 140
turi mavjud. Bulardan tashkari opunsiyalar, sereuslar, yukkalar, tikapli butalar
keng tarqalgan. YUmalok tikanli kaktuslarning aylanasi 2 m gacha bo‘lib, ularning
tarkibida 2 t gacha suv saklanadi.
Tog‘larning 1000-1200 m gacha bo‘lgan sernam yon bag‘rlari doimi yashil
tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Bu o‘rmonlar asosan turli xil eman va
magnoliya daraxtlaridan iborat. Tog‘larning o‘rtacha balandlikdagi qismi chinor,
eman, yongok, qaragay, pixt a va mojjevelniklardan tashkil topgan aralash va igna
bargli urmonlar mintakasi bilan band. Ularning 4000-4500 m dan yukori qismida
subalp va alp mintakalari jovdashgan. Meksika tog‘ligining tog‘oraligi botiqlarida,
vodiylarida apelsin, kofe, banan, makkajo‘xori va boshqa subtropik xamda tropik
ekinlar etishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |