Markaziy Amerika
Markaziy Amerika SHimoliy Amerikaning eng janubiy Kambar qismidagi
maydoni jixatdan Kordilerasiz SHarq va Kordilerali g‘arb o‘lkalariga nisbatan
kichik tabiiy geografik ulka xisoblanadi. U shimol tomonda Meksika tog‘ligining
janubiy etagidagi Balsas vodiysi tektonik botig‘idan boshlanib, janubda SHimoliy
Amerikani Janubiy Amerika bilan tutashtirib turuvchi Daren kultigigacha davom
etadi. Markaziy Amerika shimoli-shark tomonda Atlantika okeanining Meksika
ko‘ltigi va Karib dengizi bilan uralgan bulsa, janubi-garb tomonda Tinch okean
bilan uralgan. Uning uzunligi 2400 km, kengligi Panama buynida 48 km,
YUkatan yarim oroli kengligida 960 km ni tashkil etadi. Ulkaning xarakterli
xususiyatlaridan biri shundan iboratki, uning barcha xududida seysmik xarakatlar
ancha faol bo‘lib, xozirgi zamon vulkanlari tez-tez xarakatga kelib turadi. Bunint
natijasida vaqti-vaqti bilan kuchli zilzilalar sodir bo‘lib, katta talafotlar keltiradi.
Markaziy Amerikaning Tinch okean soxili qamrab pasttyokyslik bo‘lib,
dengiz, allyuvial va vulkanik yotkiziklardan tashkil topgan. Qirg‘oq, chizigi
shimolda tekis va kam parchalangan, janubida esa aksincha qo‘ltiqlar bilan kuchli
parchalangan, yarim orollar va orollar xosil bulgan. Kuchli parchalangan janubiy
soxilda Teuantepek, Papagayo, Nikoya, Koronado, Osa, CHiriki, Asuero va
Panama kultiklari joylashgan. Meksika qultig‘i va qarib dengizi soxillari tekis,
parchalanish kam va qo‘ltiqlar xam sanoqli. Meksika qo‘ltig‘i soxilida Kampecha
qo‘ltig‘i va Karib dengizi soxilida Gonduras xamda Maskitos qo‘ltig‘lari bor.
Qirg‘oq yakinlarida marjon orollari va morjon riflari keng tarqalgan.
Markaziy Amerikaning tog‘lari asosan uning g‘arbiy qismida joylashgan.
Ular Janubiy Serra-Madre va Serra-Madre toglari deb ataladi. SHarkiy qismida,
Meksika qultigi va qarib dengizi soxillarida pasttekisliklar keng polosa xosil qilib
cho‘zilgan.
Tinch okean soxilidagi qambar pasttekisliklar ustidan kristall, burmalangan
chukindi va vulkanik jinslardan tuzilgan tog‘lar va tog‘
massivlari okean satxidan
2000-3000 m baland ko‘tarilib turibdi. Ayniksa Tinch okean yon bagri bo‘ylab
joylashgan sungan va xarakatdagi vulkanlarning balandligi 4000 m dan xam ortadi.
Markaziy Amerikaning eng baland nuqtasi Gvatemala tog‘laridagi
Taxumulko sungan vulkanidir (4211 m). Balandligi jixatidan undan keyingi
o‘rinda Takana vulkani (4046 m) turadi. Kosta-Rikadagi Irasu vulkanining
balandligi 3452—m ga, Panamadagi CHiriki vulkaiiniig balandligi 3374 m ga
etadi. Xarakatdagi Fuego, Santa-Mariya va Atitlan vulkanlarining balandligi 3000
m dan oshadi. Janubiy Serra-Madre, Serra-Madre va undan janubi-sharqdagi
tog‘lar tektonik cho‘kmalar, botiqlar va chuqur daryo vodiylari bilan kesilib, bir
qator tizmalarga, tog‘ massivlariga bulingan. Tektonik cho‘kmalarda, botiqlarda va
vodiylarda xosil bo‘lgan baland tekisliklar Markaziy Amerika davlatlarining axoli
zich yashaydigan va sanoat markazlari rivozklangan asosiy rayonlari xisoblanadi.
Markaziy Amerikaning sharqiy Meksika qo‘ltig‘a va qarib Dengizi
qirg‘oqbo‘yi paettekisliklari Tinch okean soxilidagi paettekisliklarga nisbatan
kengligi bilan fark qiladi. Ayniksa YUkatan yarim opolining deyarli xamma
xududi katta masofaga cho‘zilgan keng paettyokislikdan iborat. Meksika ko‘ltigi
va Karib dengizi soxilidagi pasttekisliklar gil yotkiziklari bilan qoplangan.
YUkatan yarim orolida esa paleogen va neogen davrlarining oxaktoshlari er
yuzasiga chiqib yotadi va karst tipidagi relef shakllarini yaxshi rivojlanishiga qulay
sharoit yaratadi. Soxillarda botqoqlangan erlar, lagunalar, qum tillari. dyuna
gryadalari keng tarqalgan.
Markaziy Amerikaning xududi kichik bulishiga qaramasdan ikkita iqlim
mintakasida-tropik va subekvatorial mintakalarda joylashgan. Ular o‘rtasidagi
chegara Nikaragua tektonik cho‘kmasidan o‘tadi. Iqlim sharoitining xarakterli
xususiyati eng issik oy bilan eng solkin oyning xarorati o‘rtasidagi farkning juda
kam bulishidir. Bunday fark atigi 3-5°S ni tashkil etadi. Pasttekisliklarda va tog
etaklarida eng salkin oyning o‘rtacha xarorati shimolida 21-24°S ga, janubida 26°S
ga, eng issiq oyning o‘rtacha xarorati 27-28°S ga teng.
Markaziy Amerikada SHimoliy Amerikaning xamma regioniga o‘xshab
yogingarchilik bir tekisda taqsimlanmagan. Ulkaning sharqiy Atlantika okeaniga
qaragan qismi shimoli-sharqiy passtlar keltiradigan nisbatan nam bulgan tropik
xavo massalari ta’sirida bo‘ladi. Bu xavo massalari yil davomida xarakatda bo‘lib,
yoz oylarida juda intensivlashadi. SHuning uchun Markaziy Amerika toglarinpng
sharqiy yon bagrlari va dengiz soxillaridagi keng pasttekisliklar uchun nam tropik
iqlim xarakterli bo‘lib, yogingarchilik yil bo‘yi takrorlanib turadi.
YOgingarchilikning maksimal qismi yoz fasliga tug‘ri keladi. O‘rtacha yillik
yogingarchilik mikdori shimolda 1500-2000 mm dan janubda 3000-4000 mm
gacha, xatto ayrim yon bagrlarda 7000 mm gacha boradi. Barbiy Tinch okean yon
bagrlarida nam iklim fakat yoz oylariga tugri kelib, yogingarchilik shimolda 1000
mm atrofida tushadi. Kuruk davr bir yilda 6-7 oy davom etadi. Janubda esa
yogingarchilik miqdori 1700 mm gacha ko‘payib, quruq davr 3 oygacha qisqaradi.
Ichki botiklarda va YUkatan yarim orolining shimoli-garbiy kismida yogin mikdori
500 mm dan oshmaydi.
Markaziy Amerikaning eng janubiy qismi subekvatorial iqlim mintakasida
joylashgan. Bu erga namgarchilikni janubdan va janubi-g‘arbdan ekvatorial xavo
massalari olib keladi. Eg‘in-sochin asosai yoz oylarida bo‘ladi.
Markaziy Amerikaning deyarli barcha daryolari qisqa, tez oqar, jushkin,
sersuv va gidroenergiya zaxirasiga boy. O‘lkaning bosh suvayirgichi Atlantika
okeaniga nisbatan Tinch okeanga yaqin joylashgan. SHuning uchun sharqqa qarab
oquvchi, Meksika qo‘ltig‘i va Karib dengiziga kuyuluvchi daryolar uzunroq,
xamda yil buyi to‘lib oqadi. Tinch okeanga quyuluvchi daryolar esa juda qisqa,
faqat ezda to‘lib oqadi. YUkatan yarim orolida atmosfera yoganlari etarli darajada
bo‘lishiga qaramasdan gidrografiya turi rivojlanmagan. CHunki karst xodisalarini
keng tarkalganshga sababli yogin-sochinning xamma kismi er ostita singib ketib,
karst gidrografiyasini xosil kiladi. Bu erda yashaydigan axoli suvga bulgan
extiyojini kondirish uchun er ostida tuplangan karst suvlaridan foydalanadi.
Tog‘ tizmalarini bir-biridan ajratib turuvchi tektonik botiqlari ko‘plab ko‘llar
vujudga kelgan. Ana shunday tektonik ko‘llardan eng yiriklari Nikaragua va
Managua xisoblanadi. Nikaragua Mirkaziy Amerikaning eng katta ko‘li bo‘lib,
uning maydoni 8430 km
2
, uzunligi 167 km va maksimal chuqurligi 70 m. Kulning
suv satxi quruq va nam fasllarga qarab o‘zgarib turadi. Tipitapa daryosi Managua
ko‘lidan oqib chiqib. Nikaragua ko‘liga quyiladi. Nikaraguadan San-Xuan daryosi
oqib chiqib Karib dengiziga quyiladi. Ko‘lnint g‘arbiy qismida Ometepe oroli va
shu nomli vulkan joylashgan.
Markaziy Amerikaning tuproqlari va o‘simliklari iqlim mintakalariga va er
yuzasining orografik tuzilishiga moslashgai xolda taksimlangan. Unint shimoli-
sharqiy qismidagi paettekisliklarda na tog‘ yon bag‘rlarining 800 m balandlikkacha
bulgan xududlarida podzollashgan laterit tuproklari keng tarqalgan. Yevropaliklar
kelgunga kadar bu erlar nam tropik o‘rmonlari bilan qoplangan. Keyinchalik
o‘rmonlarning kesilib ketishi tufayli ularning maydoni ko‘rib kolgan. Saqlanib
qolgan o‘rmonlarda kimmatbaxo yogoch beradigap nim pushti, kora rangli
daraxtlar, kizgish maxagoni daraxti, xilma-xil palmalar, dafnalar, bambuklar,
paparotniklar (qirqquloqpar) va fikuslar o‘sadi. O‘rmonlarda liana va epifitlar
yaxshi rivojlangan. O‘zlashtirilgan paettekisliklarda va yon bagrlarning quyi
kismida banan, shokolad daraxti, shakar qamish plantatsiyalari barpo etilgan
Tog‘larning 1000-1500 m dan yukori bo‘lgan shimoli-sharqiy yon bag‘rlari
eman, qarag‘ay daraxtsimon paparotniklar (qirqquloqlar) bilan, 3200 m
balandlikkacha bo‘lgan qismi eman, magnoliya, igna bargli daraxtlar bilan
qoplangan. Bu mintakalarda o‘rmonlar quyi mintakaniig nam tropik o‘rmonlariga
nisbatan yaxshi saqlangan. Undan yulfrida subalp va alp o‘tloqzorlari joylashgan.
O‘lkaning janubi-g‘arbiy namgarchilik yaxshi bo‘lgan va qizil tuproqlar
rivojlangan quyi mintakada seyba va sedrella o‘rmonlari o‘sadi. Atmosfera
yoginlari kam tushadigan tog‘ etaklari mimoza va akatsiyalardan tashkil topgan
siyrak o‘rmonlar xamda kserofit butazorlar bilan qoplangan. Quyi mintakaniig
o‘zlashtirilgan maydonlari tamaki va paxta ekinlari bilan band. Okean satxdian
600-900 m balandliklar oraligida kofe etishtiriladi. O‘rta mintaqaniig o‘rmonlari
eman, oq zirk, likvidambar va boshqa daraxtlardan tashkil topgan. O‘zlashtirilgan
erlarda makkajo‘xri, bug‘doy, loviya, no‘xat kabi don ekinlari ekiladi. YUkori
mintakada qarag‘ayzorlar keng tarqalgan bo‘lib, el va pixtalar aralash xolda o‘sadi.
YAssi tog‘liklar yaylov sifatida foydalaniladi. Madaniylashtirilgan uchastkalarida
kartoshka, arpa va dukkakli o‘simliklar ekiladi.
Binobarin, o‘simliklar geografiyasini taxlili shuni ko‘rsatadiki, Markaziy
Amerikaning flora tarkibida Nikaragua tektonik botgidan shimolda SHimoliy
Amerikaga xos turlar, janubda Janubiy Amerikaga xos turlar xukmronlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |