Alyaska Kordilerasi. Alyaska Kordilera toglari landshaft oblastiga
Alyaskaning barcha xududidagi (bundan eng janubiy Tinch okean soxili mustasno)
va Kanadaning shimoli-garbiy kismidagi toglar-Aleut, Alyaska, Bruks tizmalari,
Kuskovim, Berd, De-Longa, Richardson, Makenzi toglari, YUkon platosi va
boshkalar kiradi.
Alyaska Kordilerasining Tinch okean buyi polosasidagi tog‘ tizmalari
nevada burmalanishi davrida vujudga kelgan. Keyinchalik ular yangi tektonik
xarakatlar natijasida kaytadan yashargan. Xozirgi relef shakllarining xosil bo‘lishi
yangi vertikal xarakatlarning samarasidir. YAngi vertikal xarakatlarga vulkanik
jarayonlar xamrox bo‘lib, ularning faoliyati xozir xam tugagan emas.
YOysimon shaklda chuzilib yotgan va kuchli parchalangan Aleut
orollaridagi tog‘lar Alp burmalanish zonasiga mansub bulib, ularning xududida 25
ga yakin sunmagan vulkanlar mavjud. Orollardagi vulkanlarning balandligi 3000
m gacha etadi. Bu zonaning davomi bulgan Aleut tizmasi Alyaska yarim orolining
katta qismini egallab olib, Kenay yarim oroligacha davom etadi. Aleut tizmasida
xam balndligi 3000 m dan oshadigan bir qator sungan va xarakatdagi vulkanlar
bor. Kenay yarim orolidagi tog‘larning orografik davomi bo‘lgan CHugach tog‘lari
Kopper daryosining chukur daralari bilan kesilib, murakkab relef shakllarini xosil
qilgan. Uning absolyut balandligi 4000 m dan oshadi. Undan janubrokda Avliyo
Ilya togi joylashgan. Bu tog Alyaska Kordilerasi landshaft oblastining janubiy
chegarasi bo‘lib, uning Logan chukkisi okean satxddan 6046 m balandlikka kad
ko‘tarib turibdi.
Alyaska Kordilerasining yirik va eng baland tog‘laridan biri Alyaska
tizmasidir. Tizma yoysimon shaklda 1000 km dan ziyodrok. masofaga cho‘zilgan.
Uning Mak-Kinli cho‘kkisi okean satxidan 6193 m ko‘tarilgan bo‘lib, SHimoliy
Amerikaning eng baland nuqtasi xisoblanadi. Alyaska tizmasi Tinch okean bilan
Bering dengizi o‘rtasida suv ayirgich vazifasini bajaradi. Uning suv ayirgich qismi
granitlardan va chekka qismlari chukma jinslardan tarkib topgai. Tizmaning yon
bagrlari tik, koyali, yukori qismlari alp tipidagi relef shakllariga ega.
Alyaska tizmasi Tinch okeanidan keladigan xavo massalarini tusib qolib
iqlim buluvchi vazifasini xam bajaradi. Uning janubiy nam yon bag‘ri 800 m
balandlikkacha el o‘rmonlari bilan koplangan, yukori qismida qor va muzliklar
xukmronlik qiladi. SHimoliy kontinental yon bagrda tog‘ o‘rmonlarining chegarasi
1000-1100 m gacha ko‘tariladi. Undan yukorida tog‘
tundra zonasi boshlanadi.
Tizmaning janubi-sharqiy tomonida balandligi 5000 m ga etadigan vulkanik tog‘
massivi Vrangel kad ko‘tarib turibdi. Bu tog‘lar xozirgi davr qor va muzliklari
bilan qoplangan.
Tinch okean qirg‘oq tizmalaridan shimol va sharq, tomonda YUkon daryosi
va uning irmoklari bilan kesilgan YUkon platosi joylashgan. Platoning kengligi
300 km, balandligi sharqda 1500 m dan g‘arbda 1000-800 m gacha pasayib boradi
va dengiz soxillarida pasttekislikka aylanadi. Geologik tuzilishida kembriygacha
bo‘lgan kristall jinslar, paleozoyning chukindi va kristall jinslari etakchi rol
o‘ynaydi. Platoning tarkibiy qismlari yirik yassi tog‘li massivlardan va ularni bir-
biridan ajratib turgan tektonik botiqlardan iborat. Tektonik botiqlarning er yuzasi
dengiz satxidan 150-200 m baland. Ular turtlamchi davr flyuvioglyasial va
allyuvial cho‘kindi qumoq, suglinkali jinslar bilan koplangan. YAssi tog‘liklarning
yuzasi to‘lkinsimon va tepaliksimon relef shakllariga ega. Ayrim joylarda kutarilib
turgan Kuskokvim va Kilbuk tog‘lari uchun materik muzligi ta’sirida vujudga
kelgan va kuchli parchalangan alp relef shakllari xarkaterli.
Plato xududi subarktika iqlim mitakasida joylashgan, kontinental xarakterga
ega. Kishi kaxraton sovuk va davomli. YAnavrning o‘rtacha xarorati -15°S, -20°S,
urtacha absolyut minimum -50°S. YOzy juda salkin va qisqa. Iyulning o‘rtacha
xarorati +9°, +15°S atrofida. Yillik yogingarchilik mikdori 250-300 mm. Iqlimning
sovukligi tufayli ko‘p yillik muzloq erlar keng tarqalgan. Botiklarda daryo kayirlari
past, tekis va kuchli botkoklangan. Tuproq qoplami yassi tog‘liklarda na tog‘larda
tog‘ muzloq tayga va tog‘
tundra tuproqlaridan iborat. YUkon daryoni va
irmoklarining kayirlarida past buyli tol-terak o‘rmonlari, terrasalarda va vodiyga
yakin yon bagrlarda ok el, amerika tilogochidan tarkib topgan o‘rmonlar o‘sadi.
YAssi togliklarning 400 m dan yukori qismida siyrak o‘rmonlar zonasi, 600-700 m
dan balandda butazorli va utlok-tundra zonasi joylashgan. Plotoda boreal
urmonlarga xos (kungir ayik, los, silovsin) va tundraga xos (kutb tulkisi, lemming,
shimol bugusi) xayvon turlari yashaydi.
YUkon platosidan shimol tomonda kenglik bo‘ylab cho‘zilgan Bruks tog‘i
joylashgan. U g‘arbda tepaliklardan boshlanib, sharqda 2800 m balandlikkacha
ko‘tariladi. Bruks togi kundalant daryo vodiylari bilan kesilgan va kuchli
parchalangan. T
OGHHHT
xamma kismida Kutb Uraliga uxshash sovuk nurash
natijasida parchalangan tosh uyumlari kalashib yotibdi.
Bruks togidan sharkda meridional ravishda yunalgan Richardson tog‘i bor. Undan
janubi-sharqqa qarab chuzilgan Makenzi va Suluin tog‘lari joylamgan. Makenzi
togining utkir kirralari 2500 m balandlikkacha ko‘tarilib, koyali yon bag‘rlar xosil
qilgan. Seluin tog‘i xam Makenzi tog‘iga parallel ravishda shimoli-g‘arbdan
janubi-sharkka qarab chuzilgan bo‘lib, uning eng baland nuktasi 2972 m. Seluin
togi Makenzi va YUkon daryo xavzalari urtasda suv ayirgich rolini bajaradi. Bu
toglarda axoli yashash uchun geografik sharoit nokulay bulganligi tufayli tabiiy
landshaftlar juda kam o‘zgargan. Makenzi tog‘idan shark tomonda, Makenzi
daryosi o‘rta oqimining ung qirgogida Franklin tog‘i joylashgan.
Alyaska Kordilerasi foydali qazilmalarga boy. Ayniksa oltin konlari keng
tarkalgan. Kupchilik rayonlarda mis, kumush va boshka rangli metallar bor.
Mezozoy yotkiziklaridan toshkumir qazib olinadi. Paleogen yotkiziklaridan neft va
gaz konlari topilgan.
Landshaft oblastining iqlimi Tinch okean soxillaridan materik ichkarisi
tomon o‘zgarib boradi. Qirg‘oqda yaqin joylar va janubi-g‘arbga qaragan tog‘
yon
bag‘rlari Tinch okeandan keladigan xavo massalari ta’sirida bulganligi sababli nam
dengiz iklimi xarkaterli. Alyaska va Kenay yarim orollarida iyulning urtacha
xarorati 10°S atrofida. Tinch okeanga qaragan yon bagrlarda yillik yogingarchilik
mikdori 1000 mm dan 3000 mm gacha kupayadi. YOgin-sochinning asosiy qismi
kuz va qish oylariga tugri keladi. Tumanli kunlar yil davomida kuzatiladi. Kor
chizigining o‘rtacha balandligi 500 m ni tashkil etadi. Vrangel tog‘lari butunlay
qor va firn muzliklar bilan koplangan. Uning yon bagrlaridan vodiy muzliklari
siljib tuщib, dunyodagi eng uzun tog
muzligini xosil qiladi. Bu uzunligi 90 km ga
etadigan Nabesna muzligidir. Avliyo Ilya tog‘idan siljib tushgan alp muzliklari
kengligi 100 km va maydoni 4000 km
2
keladigan Malyaspina togoldi muz
massivini xosil qiladi.
Alyaska Kordilerasi ichki kismlarining iqlimi Tinch okean soxillari iqlimiga
nisbatan ancha sovuq va kontinentalrok. Oblastning ichki regionlarini iqlimi
SHarkiy Sibirning keskin kontinental iqlimi bilan takkoslash mumkin. Tog‘
tizmalaridan shimolda yassi tog‘liklarning ichki rayonlarida, botiqlarda minimal
xarorat -40°, -50°S gacha pasayadi. YAnvarning o‘rtacha xarorati -15°, -30°S ni
tashkil etadi. Yillik yogingarchilik mikdori 350 mm dan oshmaydi. Daryolari kam
suvli va muzliklardan tuyinadi.
Landshaft oblastining SHimoliy Muz okeani qirg‘oqlariga qarashli joylari
tipik arktika iqlim xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Kishi juda qattiq sovuq,
kariyb un oy davom etadi. Ylik kunlar avgust oyida kuzatiladi. Keng tarkalgan
kullar va botkokliklar yilning aksariyat paytlarida muz bilan qoplanib yotadi.
Tinch okean soxillari va tog‘larning kuyi yon bagrlari igna bargli o‘rmonlar
bilan, Bruks tog‘a va SHimoliy Muz okeani soxillari tundra usimliklari bilan
koplangan. Makenzi togida el urmonlari 1200-1600 m balandlikkacha kutariladi.
Aksariyat tog‘larning 1000-1500m dan yukori kismlarini tipik tog‘
tundralari
egallab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |