O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Kanada  Kordilerasi.  Kanada  Kordilerasi  landshaft  oblastiga  Kanadaning 

janubi-g‘arbiy  kismidagi  va  AKSH  ning shimoli-g‘arbiy  qismidagi  tog‘

 

tizmalari, 




platolar  va  botiqlar  qaraydi.  Oblastining  shimoliy  chegarasi  Avliyo  Ilya  va 

Makenzi  tog‘larining  janubidan  o‘tadi.  Janubda  Kaliforniya  botig‘i,  Katta 

Xavzaning  shimoliy  qismi  xamda  Missurining  yukori  kismidagi  vodiysi  bilan 

chegaralanadi. Kanada Kordilerasining tog‘

 

tizmalari, platolari va yassi tog‘liklari 



Kordilera tizimining boshqa qismlariga uxshab Tinch okean qirg‘oqlariga parallel 

ravishda  joylashgan.  Landshaft  oblastining  bu  xildagi  orografik  tuzilishi  iqlim 

sharoitiga,  tuproq-o‘simlik  koplami  va  landshaft  kompleklarining  zonal-regional 

differensiatsiyalannshiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 

Kanada  Kordilerasi  landshaft  komplekslarini  mu’tadil  iqlim  sharoitida 

shakllanganligi,  tog‘

 

tizmalrini  Alyaska  va  AKSH  Kordileralariga  nisbatan  past 



bulganligi,  Tinch  okean  soxilidagi  tog‘larni  kuchli  parchalanganligi  va  tog‘

 

muzliklarini kam tarqalganligi bilan ajralib turadi. 



Avliyo  Ilya  tog‘idan  janubdagi  yosh  tog‘lar  tizimi  qirg‘oqqa  juda  yakin 

joylashgan,  kuchli  parchalangan  va  ularning  xozirgi  relef  shakllari  Aleksandr 

arxipelagi, qirolicha SHarlotta orollari va Vankuver oroli  kabi ko‘rinishlarga ega 

bo‘lgan. Unchalik baland bo‘lmagan bu tog‘lar  Orolli 

TOF 

zanjiri  deb  ataladi.  Bu 



toglar  zanjirining  eng  baland  nuktasi  Vankuver  orolida  joylashgan  Viktoriya 

chuqqisidir (2200 m). 

Kanadaning  Tinch  okean  soxili  SHimoliy  Amerikada  eng  kuchli  parchalangan 

uchastkalardan  biri  bo‘lib,  bu  erdagi  orollar  tizimi  bir-biridan  va  materikdan  tor 

bug‘ozlar  orkali  ajralib  turadi.  Orollar  zanjirini  esa  Kirgok  tektonik  chukmasi 

materikdan ajratib turadi. Tektonik cho‘kmaning bir yunalishi materik ichkarisiga 

kirib borib Pyudjet-Saund qultigini xosil qiladi. 

Kanada  Kordilerasiga  qarashli  qirg‘oq  tizmalari  mezozoy  burmalanish 

jarayonida  vujudga  kelgan  bo‘lib,  asosan  granitlardan  tarkib  topgan.  Uning  eng 

baland nuqtasi Uoddington togi okean satxidan 4042 m ko‘tarilib turibdi. 

Qirg‘oq  tizmasidan  sharqda  Villamet  buylama  tektonik  cho‘kmasi 

joylashgan.  Bu  chukma  paleogen  va  neogen  davrlarining  dengiz  yotkiziklari      

xamda  daryolarning  allyuvial  yotkiziklari  bilan  tuldirilgan.  Villamet  chukmasi 

tektonig  jixatdan  Kirgok  cho‘kmasining  davomi  xisobolanadi.    Villamet 

cho‘kmasidan  sharqda  Kanada  Kirgok  tizmalarining  janubiy  davomi  bo‘lgan 

Kaskad tog‘lari meridional yunalishda 1000 km ga yaqin masofaga cho‘zilgan. Bu 

tog‘lar cho‘kindi va vulkanik jinslardan tarkib topgan. Tashki kiyofasi asimmetrik 

kurinishga ega. SHarqiy yon bagri tik jarlik, garbiy yon bafi esa aksincha knyalik. 

YOn bagrlarp chukur vodiy va tor daralar bilan kuchli kesilgan. 

Kaskad  tog‘larining  1750-2000  m  balandlikdagi  platosimon  yuzalari 

nisbatan tekislangan.  Tekislangan  yuzalar  ustidan bir necha sungan vulkanlarning 

konuslari  yukoriga  kad  ko‘tarib  turibdi.  Vulkan  konuslari  yosh  lavalardan  tarkib 

topgan  bo‘lib,  ular  kam  emirilgan.  Ularning  eng  yiriklari  Reynir  (4391  m)  va 

SHasta (4361 m) tog‘laridir. Lassen-Pik vulkani eng sunggi marta bundan 85 yil 

avval otilgan. Tog‘larda fumarola va issik buloqlar ko‘p uchraydi. 

Kaskad  tog‘larida  landshaft  komplekslari  vertikal  zonalar  bo‘ylab 

joylashgan.  G‘arbiy  yon  bag‘rida  nam  qoramtir  igna  bargli  o‘rmonlar.  sharqiy 

quruqroq  kontinental  yon  bagrida qarag‘ay  o‘rmonlari keng  tarqalgan. 2800-3000 

m dan balandda o‘rmon landshaftlari subalp va alp mintakalari bilan almashinadi. 



Tog‘larning eng baland joylari Kor va muzliklar bilan koplangan. 

Tinch okean soxili tog‘

 

tizmalaridan sharq tomonda ichki platolar va tog‘lar 



polosasi joylashgan. By   polosa Stikin tog‘lari va Nechako, 

Frayzer  xamda  Kolumbiya  platolaridan  iborat.  Ichki  tog‘lar  va  platolarning 

balandligi 800-1500 m ni tashkil etadi. Platolar ichida eng kattasi Kolumbiyadir. 

Kolumbiya  platosi  AKSH  ning  shimoli-g‘arbida,  Kaskad  va  Koyali  tog‘ 

tizmalari oralig‘ida joylashgan. Maydoni 500 ming km

2

 atrofida bo‘lib, shimoldan 



janubga  400  km  va  garbdan  sharqqa  250  km  masofaga  cho‘zilgan.    O‘rtacha  

balandligi 700-1000 m. Platoning geologik tuzilishida asosan 1200 m kalinlikdagi 

vulkanik  bazalt  jinslari  ishtirok  etadi.  Lavali  platoning  shimoliy  qismi

 

materik 



muzliklari  olib  kelgan  yotkiziklar  bilan,  janubiy  qismi  lyossimon  jinslar  bilan 

qoplangan.  Iqlimi  quruq,  kontinental.  YOz  oylari  issik,  yogangarchilik  juda  kam 

bo‘ladi.  Yillik  yogin-sochin  mikdori  400-500  mm  dan  oshmaydi.  Plato  xududi 

Kolumbiya, Sneyk daryolari va ularning irmoqlari bilan chuqur kesilgan. Daryolar 

xosil  qilgan  daralarning  chuqurligi  900-1500  m  gacha  boradi.  Tabiati  dasht  va 

chala  cho‘l  landshaflaridan  tarkib  topgan.  O‘zlashtirilgan  unumdor  qora,  kashtan 

va qo‘ngir tuproqlar sugoriladigan agrolandshaftlar bilan band. 

Kanada qordilerasining sharqiy qismi Koyali tog‘lar bilan o‘ralgan. Koyali 

tog‘lar  Kanadada  Makenzi  tog‘ining  janubidan  boshlanib,  AKSH  xududi  buylab 

davom  etadi.  Uning  fakat  shimoliy,  Missuri  daryosinint  kenglik  buylab  okadigan 

vodiysigacha bo‘lgan qismi Kanada Kordilerasi landshaft oblastiga qaraydi. Qoyali 

tog‘lar  bir  necha  buylama  tog‘lardan  va  ularni  bir-biridan  ajratib  turgan  keng 

vodiylardan iborat. Koyali tog‘larning eng baland chuqqilari qor va muzliklar bilan 

krplangan.  Bular  Kanada  xududida  joylashgan  Robson  (3954  m)  va  Kolumbiya 

(3747  m)  tog‘laridir.  CHukkilar  o‘rtasida  balandligi  1134  m  bulgan  Yellouxed 

davoni  kesib  o‘tgan.  SHimoliy  Koyali  tog‘larning  relefi  uchun  muzlik  relef 

shakllari  va  buylama  tektonik  chukmalar  xarakterli.  Tektonik  chukmalardan 

Kolumbiya, Freyzer va boshka daryolar oqib o‘tadi. 

Oblastning orografik  tuzilishi iklim  xususiyatlariga kuchli  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Tinch  okean  soxilidagi  tog‘

 

tizmalarining  g‘arbiy  yon  bagri  sernam  va  mayin 



iqlimli.  Orollardagi  tog‘lar,  qirgoq  va  Kaskad  tog‘

 

tizmalarining  g‘arbiy  yon 



bagrlari  2000  mm,  ayrim  rayonlari  6000  mm  gacha  yogin  oladi.  Kor  juda  kup 

yogadi.  qirg‘oq,  tizmalarida  qorning  qalinligi  6-9  m  gacha  boradi.  Okean 

soxillarida  yoz  oylari  ancha  salkin.  Kaliforniya  sovuk  okimining  ta’siri  tufayli 

iyulning  o‘rtacha  xarorati  13-15°S  atrofida  bo‘ladi.  qishda  sovuksiz  kunlar  uzok 

davom etadi. YAnvarning urtacha xarorati 0°S dan -3°S gacha o‘zgaradi. 

Qirg‘oqdan    uzoklashgan  sari  iqlim  xususiyatlari  keskin  o‘zgarib,  okean 

iqlimi  urniga  kontinental  iqlim  sharoiti  kuchaya  boradi.  Vallamet  botig‘ida 

yogingarchilik  miqdori  1000  mm  gacha,  lavali  platolarda  400-500  mm  gacha 

kamayadi.  YOgin-sochin  asosan  qish  oylariga  tug‘ri  keladi.  Ichki  platolarda  yoz 

issiq va quruq bo‘lganligi sababli qishloq xujalik ekinlari sun’iy sugorishni takozo 

etadi.  Koyali  tog‘larning  sharqiy  yon  bagrlarida  Atlantika  okeanidan  keladigan 

xavo  massalari  xisobiga  yogingarchilik  mikdori  bir  oz  kupayadi.  Bu  rayonlarda 

maksimum yogingarchilik qish paytiga emas, balki yoz oylariga tug‘ri keladi. 

Kanada  Kordilerasi  xududida  gidrografik  tur  yaxshi  rivojlangan.  Daryo 




tarmoklarining  ko‘p  va  sersuv  bo‘lishiga  sabab  orografik  tuzilish  xususiyatlari, 

yogingarchilik  mikdorining  kupligi  va  tog‘  muzliklarining  keng  tarkalganligidir. 

Daryolari  qirg‘oq,  Kaskad  va  Koyali  tog  tizmalaridagi  muzliklardan  xamda 

ko‘llardan  boshlanadi-  Eng  yirik  daryolari  Kolumbiya  va  uning  irmoklari  Sneyk, 

Freyzer,  Spokan,  Uillamettlardir.  Bu  daryolar  qor  va  muzliklardan  tuyinib,  yoz 

oylarida  tulib oqadi. Okean soxillariga  yakin  joylarda daryolar  yomgir  suvlaridan 

xam  tuyinadi.  Tog‘ 

 

vodiylarida  Flatxed,  Pand-Orey  va  boshka  ko‘llar  mavjud. 



Barcha daryolari gidroenergiya resurslarga boy. Kolumbiya daryosida Grand-Kupi 

va Bonnevil gidrouzellari qurilgan. 

Iqlimning  g‘arbdan  sharqqa  qarab  o‘zgarishi  landshaft  oblastining  tuproq-

o‘simlik  qoplamiga  xam  ta’sir  ko‘rsatadi.  Okean  soxillarida,  1200-1500m   

balandlikkacha  bulgan  tog‘  yon  bagrlarida,  orollarda  urmonlar  yaxshi  saklangan. 

Kirgon  tog‘  tizmasi  yon  bagridagi  Villamet  cho‘kmasidagi  o‘rmonlar  sitxa  eli, 

Duglas  pixtasi,  tuya,  garb  xemlogi  va  boshka  igna  bargli  daraxtlardan  tashkil 

topgan.  Vankuver  orolidagi  daraxtlarning  buyi  60-75  m  gacha  etadi.  Kaskad  tog 

tizmasidagi  qadimgi  qalin  urmonlar  kesilib  ketgan  va  ularning  urnini  ikkilamchi 

siyrak antropogen urmonlar egallagan. Ikkilamchi tog‘ o‘rmonlarida Duglas pixtasi 

va sarik qaragaylar keng tarqalgan. 

Ichki platolarda o‘simlik qoplami shimoldan janubga qarab uzgarib  boradi. 

Platoning shimoliy kismi urmonlar bilan, urta kismi urmondasht va janubiy qismi 

dasht usimliklari bilan qoplangan. qurg‘oqchil erlari butazorlar va kserofit boshokli 

utlar  bilan  band.  Ichki  platolarning  xaydaladigan  joylarida  donchilik  va 

bogdorchilik yaxshi rivojlangan. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish