O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Buyuk tekisliklar. Koyali tog‘lar bilan Markaziy tekisliklar oraligida baland 

kiya  tekisliklar  joylashgan.  Ular  Buyuk  tekisliklar  deb  ataladi.  Buyuk  tekisliklar 

janubi-щarkdan shimoli-garbga  karab

 

29° sh.k. dan 62° sh.k gacha submeridianal 



yunalishda  chuzilgan. Uning  uzunligi 3600  km  ga  kengligi   500-800  km  ga  teng. 

Tekisliklar  yuzasining  dengiz  satxidan  o‘rtacha  balandligi  sharqda  500  m  va 

g‘arbda  1700  m.  Geologpk  sturuktura  jixatdan  Buyuk  tekisliklarning  poydevori 

qadimiy kristall jinsli SHimoliy Amerika platformasining g‘arbiy chekki qismidal 

tarkib  topgan.  qadimiy  jilslar  er  yuzasidan  1000  m  gacha  chukurlikda  yotadi. 

Uning  yukori  katlamlari  paleozoyning  karbon  va  perm  davrlari  yotkiziklaridan 

xamda paleogen va neogenning cho‘kindi jinslaridan tashkil topgan. YUza kismi 

Koyali  tog‘lardan  keltirilgan  allyuvial  va  eol  yotkiziklar  bilan  qoplangan.  Ayrim 

joylarda  bu  qatlamlarni  yosh  intruziyalar  yorib  o‘tib,  aloxida-aloxida  ko‘tarilib 

turgan kichik qisqa toshlarni xosil kilgan. SHulardan eng balandi Blek-Xils (2207 

m) toshdir. 

Buyuk  tekisliklarning  er  yuzasi  sharqda,  Markaziy  tekisliklar  bilan 

chegaradosh bo‘lgan joylarda 500 m dan g‘arbga borgan sari asta-sekin 1600-1700 

m  gacha  ko‘tarilib  boradi  va  Koyali  tog‘lar  etaklari  bilan  tutashib  ketadi. 

Tekisliklarning ayrim uchastkalari daryolar bilan kuchli yuvilib, vodiylarning kalin 

gidrografik  turini  xamda  balandligi  300  m,  uzunligi  200-300  km  keladigan 

bosqichlarni  xosil  qiladi.  Erozion  bosqichlar  Buyuk  tekisliklar  xududini  mustakil 

nomlar  bilan  ataladigan  bir  qator  qisimlarga  (uchastkalarga)  ajratib  yuborgan. 

Bular  tekisliklarning  janubida  joylashgan  Eduarde  va  Lyano-Estakado  platolari 

xamda  ulardan  shimolda  katta  maydonlarni  egallab  yotgan  Baland  tekisliklar, 

Missuri va Preriya platolaridir. 

Mustakil  regionlar  orasida  Baland  tekisliklar  yuzasi  erozion  jarayonlar 

natijasida  kuchli  parchalangan.  Bu  erda  korlarni  erish  davrida  va  kuchli  jalalar 

paytida  fojiali  xodisalar  sodir  bo‘lib  turadi.  Ayniksa  qisqa  muddatli,  ammo 

shiddatli  suv  toshkinlari  natijasida  chukur  jarlar,  tik  yon  bagrli  jarliklar, 

pogonalarni  xar  xil  yunalishda  emirilishi  vujudga  kelib,  katta-katta  maydondagi 

erlarni ishdan chiqargan. SHunday qilib, kuchli parchalangan va emirilgan tekislik 

preriya  landshaftlari  xaydashga,  ekin  ekishga  va  yaylov  sifatida  foydalanishga 

butunlay  yaroqsiz  bo‘lib  qolgan.  Baland  tekisliklar  Missuri  platosidan  kuchli 

parchalangan Payn-Ridj boskichi orqali ajralib turadi. 

Missuri  va  Preriya  platolarining  Kanadaga  karashli  shimoliy  qismi 

turtlamchi  davr  materik  muzligi  bilan  qoplangan.  SHuning  uchun  platolarning 

shimoliy  qismi  tipik sertepa  muzlik  relef shakllari keng  tarqalganligi bilan  ajralib 

turadi. Morena tepaliklari orasida morena ko‘llari xam uchraydi. Daryolari morena 

tepaliklarini va tepalik tizmalarini kesib o‘tib, sharsharalar xosil qiladi 

Buyuk  tekisliklarning  iqlim  sharoitiga  uning  okean  na  dengazlardan   

uzoqdan  joylashganligi,  xududini  shimolidan  janubga  qarab  uzoq,  masofaga 



cho‘zilganligi  va  shu  yunalishda  orografik  tusiqlarning  yuqligi  o‘z  ta’sirini 

ko‘rsatadi.  Bunday  omillar  shimoldan  keladigin  arktika  xavo  massalari  bilan 

janubdan  keladigan  tropik  xavo  massalarini  yilning  barcha  fasllarida  tez-tez 

almashinib  turishiga  imkon  yaratadi  va  ob-xavoning  bekarorligini  vujudga 

keltiradi. Natijada xavo xarorati yil davomida keskin ravishda o‘zgarib turadi. 

O‘lkaning  iqlimi  tipik  kontinental  iqlim  bo‘lib,  uning  shimoliy  qismi 

mu’tadil  va  janubiy  qismi  subtropik  iqlim  mitakalarida  yotadi.  Kish  oylarining 

xarorati  tekisliklarning  shimoliy  qismi  bilan  janubiy  qismida  keskin  farq  qiladi. 

YOz  oylarida  bu  farqlar  deyarli  batamom  yuqolib,  ulkaning  barcha  xududida 

xarorat yukori bo‘ladi. 

Buyuk tekisliklarning shimoliy qismida, janubiy qismiga nisbatan, qish uzok 

davom etadi, barkaror va qalin qor qoplami xosil qiladi. Qish oylarining o‘rtacha 

xarorati  -12°S  ni,  yanvarning  o‘rtacha  xarorati  -20°S  ni  tashkil  qiladi.  Qishda 

SHimoliy Muz okeanidan keladigan xavo massalari ta’sirida kattik sovuklar bo‘lib, 

xarorat  shimolda  -40°S  gacha,  janubda  -12°  gacha  pasayadi.  Koyali  tog‘lardan 

fyon tipidagi kuchli shamollar esib, qor bo‘ronlarini va qor uyumlarini xosnl qiladi. 

Bunday  shamollarni  indeetslar  chinuk  deb  atashadi.  YOzda  chinuk  garmsel 

xarakteriga  ega  bo‘lib,  qurg‘oqchilik  xodisalarini  vujudga  keltiradi.  Fyon 

shamollari  tufayli  tekisliklarning  g‘arbida  qish  sharqqa  nisbatan  ilikrok,  bo‘ladi. 

Janubda  eng  sovuq  oyning  o‘rtacha  Xarorati  +5°S  atrofida  bulib,  barqaror  qor 

koplami kuzatilmaydi. Iyulning urtacha xarorati shimolda 13°S dan janubda 28°S 

gacha kutariladi. 

YOgingarchilik  mikdori  o‘lka  xududi  bo‘ylab  bir  tekisda  taksimlanmagan. 

O‘rtacha yillik yogan-sochin mikdori mu’tashsh mintakaning sharqida 500 mm dan 

g‘arbida  250  mm  gacha va subtropik  mintakaning sharqda 600  mm  dan  g‘arbida 

300 mm gacha kamayib boradi. 

Buyuk  tekisliklar  o‘lkasining  iqlimi  kontinental  bo‘lganligi  sababli  daryo 

turi  yaxshi  rivojlanmagan, sersuv daryolar  kam  uchraydi. Barcha daryolari  qoyali 

tog‘lardan  boshlanadi.  Daryo  suvlarining ko‘tarilishi  baxor  oylariga  to‘g‘ri  kelib, 

ular qor va yomgir suvlaridan tuiinadi. o‘lkaning eng shimoliy qismidagi daryolari 

uz  suvini  Kanala  ko‘llariga,  eng  janubidagi  daryolari  Meksika  qo‘ltg‘iga  quyadi. 

O‘rta qismidagi daryolari Missisipi xavzasiga qaraydi. Missuri va uning irmoklari 

Kaneydian,  Arganzas,  Platt,  Yellouston  va  boshqalarning  suvi  ekin  maydonlarini 

sugorishda  keng  foydalaniladi.  Barcha  tezokar  daryolar  toglardan  emirilgan  va 

parchalangan materiallarni oqizib kelib quyi qismida konussimon yoyilmalar xosil 

qilgan. 


Buyuk tekisliklarning shimoliy qismida o‘rmon-dasht zonasi kenglik bo‘ylab 

joylashgan.  Janubrokda  bu  zona  qora  tuproqli  dasht  (preriya)  zonasi  bilan 

almashinadi.  Bu  zonalarning  almashinshni  shimoldan  janubga  qarab  emas,  balki 

shimoli-sharqdan  janubi-g‘apbga    qarab  sodir  bo‘ladi.  CHunki  atmosfera 

yoginlarining  mikdori  xam  xuddi  shu  yunalishda  kamayib  boradi.  Ulka  xududida 

dasht  landshaftlari-preriyalar    katta    maydonni    egallagan.      Uning  sharqiy   

chekkasida    o‘rmon  kung‘ir  tuproqlari  ustida  usib  yotgan  appalachi  keng  bargli 

o‘rmonlari uchraydi. Janubidagi subtropik iqlim  mintakasida butazorli  savannalar 

mavjud.                                           . 



Buyuk  tekisliklarning  quruq.  iqlimli  va  kashtan  tuproqli  preriyalari  past 

buyli amerika boshokli o‘tlari bilan koplangan. Ayniksa bizon o‘tlari ko‘pchilikni 

tashkil  etadi. Bepoyon  preriya  yalangliklari  o‘rtasida  orollar  shaklidagi  o‘rmonlar 

fakat  Blek-Xils  tog‘ida  uchraydi.  Janubda  o‘t  o‘simliklari  bilan  birga  tikanli 

meskit, akatsiya va kaktuslarning bir necha turlari o‘sadi. 

O‘lkaning  dastlabki  tabiiy  landshaftlari  inson  xujalik  faoliyati  ta’sirida 

kuchli  o‘zgargan.  Xaydalgan  erlarga  don  ekinlari  va  em-xashak  o‘tlari  ekiladi. 

Preriyalarning  katta  maydoni  chorva  mollari  boqishda  yaylov  sifatida 

foydalaniladi. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish