O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Appalachi  tog‘lari.  Appalachi  tog‘i  tabiiy  geografik  o‘lkasi  SHimoliy 

Amerikaning sharqiy qismida AKSH va Kanada xududida joylashgan. U o‘rtacha 

balandlikdagi  tog‘  tizimi  bo‘lib,  morfostrukturasi  tizmalardan,  platolardan,  yassi 

tog‘liklardan, vodiylardan va tog‘oldi tekisliklaridan tarkib topgan. Appalachi tog‘ 

tizimi  shimoli-sharqdan  janubi-g‘arbga  qarab  submeridional  ravishda  2600  km 

masofaga chuzilgan. Eng baland chuqqisi o‘lkaning janubida joylashgan va okean 

satxidan 2037 m ko‘tarilib turgan Mitchell tog‘idir. 

Appalachi tog‘lari geologik tarakkiyot tarixiga ko‘ra Er yuzidagi eng keksa tog‘lar 

katoriga  kiradi.  U  paleozoy  erasining  kaledon  va  gersin  tog‘  xosil  bulish 

jarayonlari  tufayli  vujudga  kelgan,  kuchli  emirilgan.  peneplenlashgan,  sungra 

yangi tektonik ko‘tarilishlar natijasida yashargan tog‘lardan xisoblanadi. 

Appalachining  shimoliy,  janubi-sharkiy  qismlari  va  Adirondak  tog‘lari 

paleozoyning  boshlarida  burmalangan  qadimiy  gneys,  kristalen  slanets  va 

kvarsitlardan 

tarkib 

topgan.  Janubi-garbiy 

qismi 

paleozoyning  oxirida 



burmalangan  oxaktosh,  qumtosh,  gilli  slanets  kabi  cho‘kindi  jinslardan  tuzilgan. 

Mezozoyning  oxiri  va  kaynozoyning  boshlarida  toshlar  gumbazsimon  kutarilib, 

megaantiklinal  strukturali  vujudga  keltiradi.  SHu  davrdan  boshlab  tog‘

 

yon 



bag‘rlari yaxshi rivojlangan daryo vodiylari bilan kuchli parchalanib, xozirgi relef 

shakllari xosil bo‘lgan. 

Appalachi  tog‘li  o‘lkasidagi  landshaftlarning  differensiatsiyalanishida  katta 

farqlar  mavjud.  Bunday  farqlar  ayniqsa  tog‘  tizimining  shimoliy  qismi  bilan 

janubii  qismi  o‘rtasida  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  SHu  boisdan  o‘lka  xududi  ikki 

qismga  -  SHimoliy  Appalachi  va  Janubii  Appalachiga  bo‘linadi.  Ular  o‘rtasidagi 

tabiiy chegara tog‘ tizimini kundalang kesib o‘tgan Moxok tektonik cho‘kmasiga 

tug‘ri keladi. Bu cho‘kmadan Gudzon daryosi oqib o‘tadi. 

Appalachi  tog‘larining  iqlim  sharoiti  Atlantika  okeani,  ayniksa  Meksika 

qo‘ltig‘i ta’sirida shakllangan. SHu tufayli mayin va nam iqlim xukmronlik qiladi. 

O‘lkaning shimoliy qismi mu’tadil va janubii qismi subtropik iklim mintakalariga 

qaraydi, 

SHimoliy  Appalachining  iqlim  sharoiti  janubga  qaraganda  bir  muncha 

sovuq,  xavo  xarorati  fasllarga  qarab  keskin  uzgarib  turadi.  Eng  sovuq  oyning 

o‘rtacha  xarorati  -5°S  dan  -12°S  gacha  pasayadi.  Daryo  va  ko‘llari  dekabrdan  to 

aprelgacha  muz  bilan  qoplanadi.  Kor  kup  yogadi  va  kor  koplami  qalin  bo‘ladi. 

Bunga sabab ulkaning shimoliy qismiga Labrador sovuq oqimining ta’sir etishidir. 

YOz oylari salqin kelib, iyulning o‘rtacha xarorati 18°S dan yukori ko‘tarilmaydi. 

Tumanli va yomgirli kunlar ko‘p buladi. 



Janubiy Appalachi xududida xavo xarorati yozda xam, qishda xam shimolga 

nisbatan yuqori bo‘ladi. Qishda eng sovuq oyning o‘rtacha xarorati +8°S atrofida. 

Balandlikka ko‘tarilgan sayin xarorat pasayib boradi. Dengiz satxidan 600-700 m 

balandlikdan boshlab manfiy xapopat kuzatiladi. YOz oylari issik, iyulning urtacha 

xarorati 25°S gacha boradi, yogingarchilik juda ko‘p bo‘ladi. 

Appalachi  tog‘lariga  doimo  Atlantika  okeanidan  keladigan  nam  xavo 

massalari ta’sir etib turadi. Nam xavo massalari o‘lkaning xamma xududiga katta 

mikdorda  yogin-sochin  keltiradi.  YOgingarchilik  yilning  xamma  fasllari  uchun 

xarakterli.  Iillik  yogingarchilik  mikdori  shimoldan  janubga  qarab  1000  mm  dan 

2000  mm  gacha  ko‘payib  boradi.  Maksimum  yogingarchilik  yoz  fasliga  tug‘ri 

keladi.  Namgarchilikning  ko‘pligi  tufayli  o‘lkada  daryo  tarmoklari  yaxshi 

rivojlangan. 

Appalachi toglaridan boshlanuvchi daryolar uz suvini Atlantika okeaniga va 

Missisipi  xavzasiga  quyadi.  Ular  sersuv,  yil  davomida  to‘lib  oqadi,  vodiylari 

chuqur  ishlangan.  Kor  va  yomgar  suvlaridan  tuyinadi.  Yirik  daryolari  Sent-Djon, 

Gudzon, Saskuixanna va Tennessilar gidroenergiya resurslariga boy. 

O‘lka  tabiatidagi  ichki  farkdar  fakat  geologik  tuzilishi,  relfi  va  iqlimi 

sharoitlarida  bo‘lib  qolmaslan,  tuproq-o‘simlik  qoplamida  xam  anik  ifodalangan. 

Appalachining shimolida tog‘ podzol, tog‘ chimli podzol tuproqlari keng tarqalgan. 

Ular  igna  bargli  va  aralash  o‘rmonlar  bilan  qoplangan.  o‘rmonlar  asosan 

tog‘larning yukori qismida yaxshi saqlangan. Igna bargli tog‘ urmonlarida koramtir 

el, balzam pixtasi, oq qaragay, tuyalar ko‘p o‘sadi. Aralash o‘rmonlarda igna bargli 

urmonlar  bilan  birga  shakar  va  qizil  zarang  ok  va  sarik  qayin,  togterak    terak, 

emonlar  keng  tarkalgon  Ayrim  joylarda    qizil  zarang,  shakar  zarang    va 

emanlardan tarkib topgan urmon massivlari saklanib qolgan. 

Janubiy  Appalachining  tuproq  koplami  urmon  kungir,  sariq  va  qizil 

tuproklardan tashkil topgan. Katta maydonni egallab yotgan appalachi keng bargli 

urmonlarining  tipik  vakillari  Moxok  tektonik  chukmasi  rayonida  paydo  bula 

boshlaydi.  Keng  bargli  urmonlarning  asosini  buk,  chinor,  toggerak,  kashtan

 

yongok,  zarang  va  shumtollar  tashkil  etadi.  Toglarning  1000  m  balanllikkacha 



bo‘lgan qismida bulardan tashkari endemik va relikt turlar-lola daraxti, magnoliya, 

ok  akatsiyalar  usadi.  1000  m  dan  balandpikda  SHimoliy  Appalachiga  xos  bulgan 

aralash  va  igna  bargli  o‘rmonlar  o‘sadi.  Undan  yukorida  subalp  mintakasi 

joylashgan. 

Janubiy Appalachining urmonlari antropogen omil tasirida juda siyraklashib 

kolgan.  Ayrim.  uchastkalarda  urmonlar  umuman  kesib  yuborilgan.  Bunga  sabab 

ulkaning geografik urnini va iklim sharoitining inson xayoti uchun kulayligi xamda 

gidroresurslarga  va  foydali  qazilmalarga  boy  ekanligidir.  Mavjud  bulgan  tabiiy 

omillar  tufayli  axolining  zichligi  kun  sayin  orta  bordi  shaxar  kurilishi  va  sanoat 

markazlari rivojlana bordi. Appalachining tog‘ oldi rayonlari, vodiylari va unumlor 

qizil  tuproqlari  maksimal  darajada  uzlashtirilgan.  Tabiiy  landshaftlar  o‘rnini 

antropogen landshaftlar, aynikra agrolandshaftlar, seliteb va texnogen landshaftlar 

egallagan.  Tabiiy  qalin  o‘rmonlar  tog‘larning  axrli  siyrak  yashaydigan  baland 

joylarida  yaxshi  saklanib  qolgan.  Bu  erda  yirik  o‘rmon  xayvonlaridan  Virginiya 

bugusini uchratish mimkin. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish