qismida joylashgan. SHimolda Lavrentiy yassi tog‘ligi, sharqda Buyuk ko‘llar va
Appalachi tog‘lari, g‘arbda Buyuk tekisliklar, janubda Meksikabuyi pasttekisligi
bilan chegaralangan. Er yuzasining dengiz satxidan o‘rtacha balandligi janubda
150-200 m, shimolda, g‘arbda va sharqda 250-500 m. Markaziy tekisliklarning
tektonik poydevorini SHimoliy Amerika platformasining janubiy qismi tashkil
etadi. O‘lka xududi gorizontal ravishda yotgan quyi va yukori paleozoy jinslaridan
tarkib topgan. Kadimiy jinslarning o‘stki qismi keyinchalik turtlamchi davr
materik muzliklari kuchli tasir etgan. Katta maydondagi tekislik yuzasida morena
yotkiziklaridan xosil bo‘lgan tepaliklar va tepaliklar oralig‘ida joylashgan
botqoqlangan cho‘kmalar ko‘p uchraydi. Tekisliklarning janubida morena
yotkiziklari o‘rnini lyosslar, lyossimon jinslar va qalin qum yotkiziklari egallagan.
Bu yotkiziklar keng muzlikyoni xavzalarida shakllangan. Bu borada SHimoliy
Amerikaning Markaziy tekisliklari Evrosiyoning Rossiya tekisligiga o‘xshab
ketadi. CHunonchi, Rossiya tekisligining shimoliy qismi xam materik muzliklari
ta’sirida bo‘lib, u erda morena tekisliklari, morena gryadalari (tizmalari),
morenali ko‘llar keng tarqalgan, janubiy qismi esa aksincha morenasiz bo‘lib,
lyoss va lyossimon jinslar bilan qoplangan.
Markaziy tekisliklarning janubi-sharqiy qismida gersin toglarining tektonik
xarakatlar natijasida chukmay kolgan ayrim uchasgkalari er yuzidan orollar
shaklida ko‘tarilib kolgan. Bular balandligi 700-800 m dan oshadigan Uoshito va
Boston toglari xamda balandligi 500-700 m keladigan Ozark platosidir. Uoshito,
Boston toglari va Ozark platosi Appalachi tog‘
tizimining" janubi-g‘arbiy tektonik
davomi xisoblanadi.
Markaziy tekisliklarning xamma xududi daryo vodiylari va jarliklar bilan
kesilgan. Ayniqsa kuchli erozion parchalanish tekisliklarning lyoss va lyossimon
jinslar keng tarkalgan janubiy qismi uchun xarakterlidir. Tekisliklarning janubi-
sharqiy qismida Ogayo daryosidan janubda karst relef shakllari yaxshi rivojlangan.
Karstlarning xosil bulishi kuyi karbon davridagi oxaktoshlarning er yuzasiga yakin
yotganligi bilan bog‘liq- Karst xodisalariga Appalachi
TOF
etaklari yakinidagi,
Kamberlend platosida. joylashgan Mamont gori misol Bo‘la oladi.
Mamont g‘ori er yuzasidan 300 m chukurliqda, oxaktoshli jinslar orasida
xosil bulgan dunyodagi eng katta karst g‘orlaridan biri xisoblanadi. G‘orning
mofologik tuzilishi juda murakkab bo‘lib, besh yarusli strukturaga ega.
Speleologlarning ta’kidlashicha xozirga kadar u to‘lik, tadkik etilmagan. G‘orning
tekshirilgan qismini uzunligi 240 km. Tekshilrilgan qismida 225 yulak, 47
gumbazsimon xona, 23 shaxta bor. Mamont g‘orining er osti gidrografik turi juda
murakkab tuzilgan. Gidrografik tur uchta er osti kulidan va uchta er osti turidan
tarkib topgan. Er osti daryolari Grin-River daryo tizimi bilan boglangan Gorning
ichidagi xarorat doimiy bo‘lib, 13°S ni tashkil etadi. Gorda er osti landshaftiga xos
organik xayot xam mavjud. U erda korongilik sharoitiga moslashgan ko‘r
chigirtka, o‘rgimchaklar, ko‘llarda va daryolar ko‘r baliq, va qisqichbaqalar
yashaydi.
Markaziy tekisliklarning iqlimi mu’tadil va kontinental. SHimoliy qismida
xavo ancha salqin va janubida ilik,- YAnvarning o‘rtacha xarorati shimolda -20°S
ga va janubda +4°S ga teng. YOzi salqin, yogingarchilik ko‘p bo‘ladi. Iyulning
urtacha xarorati shimolda 19°S dan janubda 26°S gacha ko‘tariladi.
YOgingarchilik mikdori janubi-sharqda 1200 mm dan shimoli g‘arbda 400 mm
gacha kamayadi. Qishda qor qoplamining qalinligi ulkaning shimolida 1m gacha
borib. uzok saklanadi, janubida esa qor uzok saklanmay tezda erib ketadi.
Markaziy tekisliklar tabiiy xoldaga unumdor tuproklarga boy. Uning asosiy
tuprok koplami urmon kung‘ir va qora tuproqlardan iborat. Ulkaning katta
maydonini
egallab
yotgan
preriyalarning
baland
buyli
utlari
kuchli
defadatsiyalashgan va yuk qilib yuborilgan. Aralash ushonlarida zarang, tog‘ terak,
getlok el, qarag‘aylar, daryo vodiylarida eman va gikorilar usadi. Markaziy
tekisliklarning deyarli barcha xududi Missisipi va uning yirik irmoklari - Missuri
va Ogayo xavzalarida joylashganligi sababli obikor dexkonchilik yaxshi
rivojlangan. Uning 75% xududi xaydalgan va agrolandshaft komplekslari bilan
band.
Do'stlaringiz bilan baham: