Relefi
Shimoliy Amerikaning xozirga yer yuzasini tuzilishi va xususiyatlari
antropogen davrida yangi tektonik harakatlar va tashqi kuchlar ta’sirida shakllanib,
bir necha mustakil morfostrukturalarga va xilma-xil relef shakllariga ega bo‘ldi.
G.A.Beloselskaya yirik geomorfologik regionlarni morfostruktura oblastlari deb
qaraydi.
Shulardan
ikkitasi materikdan shimolda joylashgan bo‘lib, ular
platformaning chekka kismlarini parchalanishi natijasida vujudga kelgan
Grenlandiya va Kanada-Arktika arxipelagi oblastlaridir. Qolgan morfostruktura
oblastlari - Kanada qalqoni tekisligi, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar,
Appalachi tog‘lari, Shimoliy Kordilera, Meksika yassi tog‘ligi va boshkalar
materik yer yuzasi tuzilishini asosini tashkil etadi. Shimoliy Amerikaning o‘rtacha
balandligi g‘arbda 1700 m ga, sharqda 200-300 m ga va materik bo‘yicha 720 m ga
teng.
Materikning shimoliy Gudzon qultig‘i atrofidagi Kanada qalqoni tekisliklari
plato va yassi tog‘liklardan tarkib topgan. Ular ayrim xollarda Lavrentiya yassi
tog‘ligi deb ham ataladi. Bu oblastlarda balandligi 200-400 m keladigan yassi
tog‘liklar katta maydonni egallab olgan. Lavrentiya platosining o‘rta qismi
botiqsimon-tepalikli tekislik bo‘lib, uning balandligi 200 m ga yetmaydi.
Markazdan atrofga qarab tekislik yuzasi asta-sekin 300-400 m gacha ko‘tarila
boradi. Labrador yarim orolida balandligi 600-700 m ga yetadigan qoldiqli tog‘lar
uchraydi. Uning shimoli-sharqiy qismida dengiz satxidan 1500 m dan ham yukori
kutarilgan kristall jinsli Torngat koyali tog‘lari cho‘zilgan. Bu tog‘ning eng yukori
nuqtasi Serk chuqqisida 1622 m ni tashkil etadi. Yarim orolda balandligi jixatdan
ikkinchi o‘rinda Otish (1128 m) tog‘i turadi. Lavrentiya yassi tog‘ligi kadimgi
peneplen bo‘lib, to‘lkinsimon yuzasi materik muzliklari ta’sirida kayta ishlangan.
Plato yuzasida muzliklar sidirgan izlar, sillikdangan toshlar-kuy peshonalari,
to‘planib qolgan harsang toshlar uchraydi. Bu oblastda muz-tektonik ko‘llar keng
tarqalgan.
Lavrentiya platosidan janubda qalin paleozoy yotkizikdari bilan qoplangan
platforma ustida umumiy qiyaligi janub tomon yunalgan Markaziy tekisliklar
joylashgan. Tekislik relefida yer yuziga chikib qolgan, qadimiy jinslardan tarkib
topgan balandliklar-anteklizalar ajralib turadi. Bulardan eng yirigi Adirondak
gumbazsimon tog‘i bo‘lib, uning Marsi chuqqisi dengiz satxidan 1628 m baland
ko‘tarilgan. Adirondak tog‘i ko‘shni Appalachi tog‘ tizimidan Shampleyn ko‘li
grabeni va Moxok daryosi orkali ajralib turadi. Relefida Markaziy tekisliklarning
shimoliy qismiga o‘xshash muzlik shakllari asosiy o‘rin egallaydi.
Markaziy tekisliklarning cho‘kish zonasi bilan Kanada qalqonining janubiy
chegarasidagi ko‘tarilish zonasining tuknashgan qismida Buyuk ko‘llarning chukur
botiqlari va Markaziy tekisliklarning shimoliy qismi uchun harakterli bulgan kuest
relef shakllari hosil bo‘ldi.
Markaziy
tekisliklarning
janubiy
qismi
flyuvioglyatsial
yotkizikdar
akkumlyatsiyalashgan qumoq va suglinkali tekisliklardan tarkib topgan. Bu yerda
ham Rossiya tekisligining janubiy qismiga o‘xshab erozion vodiy-balka tipidagi
relef shakllari keng tarqalgan. Xatto Missuri va Arkanzas daryolari oraliklari,
Ozark platosining chekka uchastkalari shunchalik parchalanganki, ularning ayrim
joylari tog‘lar deb ham ataladi. Mississipi daryo vodiysi markaziy tekisliklarning
shimoliy qismida morena tepaliklari oraligida unchalik darajada yaqqol
ifodalanmagan, ammo janubda juda chuqur va keng vodii hosil qilgan.
Platformaning garbiy qonotida Buyuk tekisliklar joylashgan. Ular paleozoy,
mezozoy va kaynozoy cho‘kindi jinslari bilan qoplangan. Tekisliklarning sharqqa
qarab pasayib borgan pogonasimon yuzasining shakllanishi Kordilera tizimining
Koyali tog‘larini ko‘tarilishi bilan chambarchas bog‘lik. Buyuk tekisliklarning
ko‘tarilgan platosimon shimoliy qismi Kanadaning Alberta va Saksachevan
shtatlari xududida joylashgan bo‘lib, balandligi 500-1000 m atrofida. Yer yuzasida
muzlik relef shakllari yaxshi saqdangan. Tepalik-ko‘l tekisliklari keng tarqalgan.
Missuri vodiysining janubidan to Kaneydian daryosi vodiysigacha bo‘lgan
masofada zinapoyasimon tekislik joylashgan. Uning balandligi zinapoya buylab
500-1000 m, 1000-1500 m va 1500 dan ham orta boradi. Bu zinapoyalar baland
pog‘onalar bilan chegaralanib, chuqur vodiylar ularni aloxida uchastkalarga bo‘lib
tashlagan. Missuri platosi, Baland tekisliklar ana shunday uchastkalardandir.
Tekislikda eroziya natijasida tik yon bag‘irli jar va daralar bilan uyilgan yerlar
ko‘p uchraydi. Ular bedlendlar (buzuq yerlar) deb ataladi.
Kaneydian daryosidan janub tomonda janubi-garbiy platolar va balandliklar
geomorfologik oblasti joylashgan. Bu oblast tektonik jixatdan Shimoliy Amerika
platformasining janubi-garbiy parchalangan qismini tashkil etadi. Uning xududida
gersin bosqichida burmalangan geologik strukturalar mavjud. Gersin strukturapari
ayrim joylarda yer yuziga chiqib, uncha baland bo‘lmagan tog‘larni va platolarni
hosil kilgan. Bular Arkanzasdagi Uoshita tog‘i (balandligi 884 m), Oklaxomadagi
Arbakl tog‘i, Garbiy Texasdagi Maraton balandligi (1900 m) va boshqalar.
Geomorfologik oblastning janubi-garbiy qismida Lyano-Yestakado tekis
ohaqtoshli platosi (balandligi 1300 m) va Eduarde platosi (800 m) joylashgan. Bu
tog‘ va platolarda erozion va karst relef shakllari yaxshi rivoj topgan. Lyano-
Yestakado platosining janubida juda katta Karlsbar g‘ori bor. Platolar va tog‘lar
oraligidagi cho‘kmalar paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkizikdari bilan to‘lgan
bo‘lib, yuzasi ko‘plab kurib koladigan dare vodiylari bilan kesilgan.
Shimoliy Amerika platformasini sharqdan va janubdan o‘rab turgan
paleozoy strukturasi xududida Appalachi tog‘lari, Atlantika buyi va Meksika buyi
payettekisliklari kabi morfostruktura oblastlari ajratilgan.
Materikning sharqiy chekkasini o‘rtacha balandlikdagi,yekzogen kuchlar
ta’sirida kuchli yemirilgan, tekis tepali Appalachi tog‘ tizimi egallab olgan.
Appalachi tog‘lari shimolda Nyufaundlend orolidagi baland bulmagan
kutarilmalardan boshlanib, materikning janubida Birmingem-Kolumbus shaharlari
chizigigacha sub-meridional yunalishda davom etadi. Tog‘li oblast Missisipi
"
payettekisligida uzilib, undan garbda Markaziy tekisliklar chegarasida uncha
baland bo‘lmagan Uoshito ko‘tarilma tog‘i ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Appalachi tashqi qiyofasiga ko‘ra Yevrosiyoning Ural tog‘lariga o‘xshab ketadi.
Har ikkalasi ham paleozoyning kaledon va gersin bosqichlarida hosil bo‘lgan
keksa tog‘lardir.
Appalachi tog‘larining shimoliy qismi kadimiyrok bo‘lib, paleozoyning
kaledon burmalanishida vujudga kelgan, janubiy yoshrok, qismi gersin bosqichida
burmalangan. Ularni bir-biridan Mogauk tektonik cho‘kmasi va undan oqib
o‘tadigan Moxok hamda Gudzon daryolari ajratib turadi. Mogauk tektonik
cho‘kmasi Eri kulidan to Nyu-Iorkkacha cho‘zilgan.
Nyu-Iorkdan shimolga cho‘zilgan Shimoliy Appalachi tog‘lari krisall va
metomorfik jinslardan tarkib topgan, balandligi 2000 m ga yetmaydi. Eng baland
joylari Uayt-Mauntins (Vashington tog‘i - 1616 m) va Grin-Mauntins (Mansfild
tog‘i - 1338 m) gorst tog‘lari hisoblanadi. Shimoliy Appalachining tepalari va yon
bagrlariga materik muzliklari kuchli ta’sir etgan. Relefida morena tepaliklari, ko‘l
botiklari va boshka muzlik shakllari uchraydi.
Janubiy Appalachi tog‘larining geologik strukturasi va relefi Shimoliy
Appalachiga nisbatan murakkab tuzilgan, balandligi 2000 m dan oshadi. Uning
sharqni qismidagi togoldi Pidmont platosi gneys va granitlardan tarkib topgan va
koledon bosqichida burmalangan. Pidmont platosidan garbda kuyi kembriy kvarsit
va konglomeratlardan tashkil topgan kadimiy antiklinoriy - Blu-Ridj tog‘i (baland
nuqtasi Mitchell tog‘i - 2037 m) joylashgan. Appalachining kolgan garbiy qismlari
paleozoyning qalin ohaqtoshlari, dolomitlari, gilli slanesdaridan tarkib topgan
bo‘lib, gersin tog‘ burmalanishida hosil bo‘lgan. Garbda Blu-Ridj tog‘iga parallel
ravishda yunalgan Kamberlend va Allegan (balandligi 1481 m) platolari
joylashgan. Paralel yunalgan tog‘larning oraligidan uzok masofaga cho‘zilgan
Tennessi daryosining Katta vodiysi kesib utgan. Bu region uchun kuchli
parchalangan tipik appalachi relef shakllari harakterli.
Materikning janubi-sharqida Atlantika bo‘yi va Meksika bo‘yi (Missisipi)
pasttekisliklari joylashgan. Bu pasttekisliklar mezozoy va kaynozoyning qalin
yotkizikdari bilan qoplangan paleozoy qurulmalari ustida shakllangan.
Yotkiziklarning qalinligi Atlantika soxillarida 4000 m gacha va Meksika
soxillarida 6000 m gacha boradi. Qirgoq bo‘ylarida dengiz terrasalari, daryo
vodiylari, dyunalar, pastkam botqoqliklar, lagunalar yaxshy rivojlangan.
Pasttekisliklar yuzasi Atlantika okeani va Meksika qo‘ltig‘i tomon pasayib boradi.
Atlantikabuyi pasttekisligidan Meksikabuyi pasttekisligiga o‘tish joyning
janubida Florida yarim oroli joylashgan. Yarim orol qalin katlamli bo‘r, paleogen
va neogen ohaqtoshlaridan tarkib topgan. Yuzasining tuzilishi pastlik va tekis
bo‘lib, karst relef shakllari va botkokdangan yerlarning ko‘p tarkalganligi bilan
harakterlanadi.
Materikning garbiy qismi mezozoy va kaynozoy tektonik strukturalaridan
tarkib topgan Kordilera tog‘ tizimi bilan o‘ralgan. Kordilera Yer yuzidagi eng uzun
tog‘ tizimi bo‘lib, u shimoliy va Janubiy Amerikaning garbiy chekkasi buylab
Alyaskaning Arktika Olovli Yer arxipelagigacha 18 ming km dan ortiqroq
masofaga cho‘zilgan. Kordileraning Shimoliy Amerikadagi qismi esa Panama
bo‘yigacha davom etib, Vest-Indiya orollarini uz ichiga oladi va mustakil tog‘li
tabiiy geografik o‘lkani tashkil etadi.
Kordilera tog‘ tizimining xozirgi relef shakllari yura davridan boshlab
neogen davrigacha davom etgan orogenik bosqichlarda vujutga kelgan. Uning
rel’efini shakllanishiga tog‘ burmalanishlaridan tashqari vertikal tektonik
harakatlar, uzilmalar, vulkanlar va antropogen davri muzliklari katta ta’sir
kursatgan.
Kordileraning shimoldan janubga qarab cho‘zilgan har bir uchastkasi har xil
tog‘ burmalanish boskichlarida birin-ketin shakllana borgan, paralel ravishda
yunalgan antiklinoriy va sinklinoriy tektonik strukturalarni hosil qilgan. Ana shu
tektonik strukturalarda tof tizmalari, platolar, yassi tog‘liklar, botikdar hosil
bo‘lgan. Bular uz navbatida orografik jixatdan bir-biridan farq kiladigan beshta
strukturali tektonik zonaga bo‘linadi. Zonalar sharqdan g‘arbga qarab quyidagicha
joylashgan:
1. Larami bosqichda hosil bo‘lgan sharqiy tog‘lar zonasi. Bunga Bruks
tizmasi, Makenzi tog‘i, Kanada va AKSH ning Koyali tog‘lari (baland nuqtasi
Elbert tog‘i - 4399 m) va Meksikaning Sharqiy Serra-Madre tog‘lari kiradi.
2. Ichki yassi tog‘lar va platolar zonasi. Bu zonaga Yukon yassi tog‘ligi,
Freyzer va Kolumbiya platolari, Katta Xavza yassi tog‘ligi, Kolorado platosi va
Meksika tog‘ligi qaraydi. Zona larami va nevada strukturalari oraligida joylashgan.
3. Nevada boskdchida hosil bo‘lgan baland tog‘lar. Bular yura davrida
burmalangan Alyaska tizmasi (yeng baland chukkisi Mak-Kinli - 6193 m),
Kanadaning qirg‘oq tizmasi, Kaskad tog‘lari, Serra-Nevada, Garbiy Serra-Madre
va Kundalang Vulkanik Serra tog‘laridan iborat.
4. Tektonik cho‘kmalar zonasi. Bu zona qo‘ltiqlar, bug‘ozlar va allyuvial
pasttekisliklardan tarkib topgan bo‘lib, unga Alyaskaning Kuk qo‘ltig‘i, Kanada
soxillaridagi Kirgok cho‘kmasi, AKSH ning Oregon va Kaliforniya vodiylari
hamda Meksikaning Kaliforniya qo‘ltig‘i qaraidi.
5. qirg‘oq bo‘yi antiklinal tizmalar zonasi. Bu zona uchun alp strukturalari
harakterli bo‘lib, AKSH ning qirg‘oq tog‘larini, Kaliforniya yarim oroli Serralarini
va Meksikaning Janubiy Serra-Madre tog‘larini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |