O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

Tuprog‘i 

Shimoliy  Amerikaning  xozirgi  tuproq  qoplami  tabiatning  uzok,  geologik  va 

murakkab  taraqqnyotining  hosilasidir.  Tuproq  tiplarining  shakllanish  jarayoni  va 

geografik tarkalishi har bir joyning iqlim sharoiti va o‘simlik koplami bilan uzviy 

bog‘lik. Materikda 50° sh.k. dan shimolda tuproq tiplarining almashinuvi konuniy 

ravishda  kenglik  zonallik  bo‘ylab  amalga  oshadi  va  ular  kuyidagicha  zonallik 

tiplarini hosil qiladi. 

  Tundra  tuproqlari  materikning  shimoliy  qismida,  Kanada  Arktika 

arxipelagida  va  Grenlandiyaning  janubiy  qirg‘oqlarida  keng  tarkalgan.  Bu 

tuproqlar  dasht,  chul  va  subtropik  zonalarning  tuproqlariga  nisbatan  genetik 

jixatdan  yosh  bo‘lib,  kuchli  botqoqlangan,  genetik  gorizontlari  kuchsiz 

tabakalangan,  mikrobiologik  jarayonlar  sust,  issiqlik  yetishmaydigan,  chirindi 

miqdori kam, skeletli poligonal tuproqlardir. Tundra zonasida eng ko‘p tarqalgan 

tuproq  turi  tundra-gleyli  tuproqdir.  Uning  torf  gorizonti  juda  yupqa  va  tuproq 

reaksiyasi  neytralga  yaqin.  Arktika  tundrasida  oddiy  poligonal  tuproqlar  keng 



tarqalgan.  Tundra  zonasining  katta  qismi  ko‘p  yillik  muzloq  yerlar  bilan  band 

bo‘lganligi sababli tuproq hosil bo‘lish jarayonlari juda sekin davom etadi. 

  Tundradan  janubroqda  igna  bargli  o‘rmonlar  ostida  vujudga  kelgan  zonal 

tayga  podzol  tuproqlari  keng  polosa  bo‘ylab  g‘arbda  Kordilera  tog‘  tizimi 

etaklaridan  sharqda  Atlantika  okeani  qirg‘oqlarigacha  cho‘zilgan.  Podzol  tuprok 

tipi  geliyli-podzol,  tipik  podzol  va  chimli-podzol  tipchalardan  iborat.  Shimoliy 

taygada  gleyli-podzol  tuproqlar  xukmronlik  qiladi.  Bu  yerda  botqoqlangan  yerlar 

ham ko‘p uchraydi. Janubga kelgan sari tipik podzol tuproqlar ko‘pchilikni tashkil 

etadi.  Podzol  tuproqlar  yoshi  jixatdan  tundra  tuprog‘iga  nisbatan  qadimiyroq 

bo‘lib,  ularda  tuproq  hosil  qiluvchi  jarayonlar  ancha  faol  davom  etadi.  Tuproq 

kesmalarida  genetik  qatlamlar  anik  ajralib  turadi.  Podzol  tuproq  qatlami  qalin 

bo‘lshiga  qaramay,  uning  tarkibida  chirindi  va  boshqa  organik  moddalar  kam 

uchraydi.  Lavrentiy  yassi  tog‘ligining  markazida  va  Yukon  yassi  tog‘ligining 

soyliklarida muzlagan tayga tuproqlari va torf-gleyli tuproqlar mavjud bo‘lib, ular 

ko‘p  yillik  muzloq  yerlar  ta’sirida  hosil  bo‘lgan.  Bu  xildagi  tuproqlar  podzol 

tuproqlarga nisbatan bir muncha zaif rivojlangan. 

  Shimoliy  Amerikaning  o‘rta  polosasiga  kelib  tuproq  tiplarining  kenglik 

zonallik bo‘yicha tarqalishi o‘zining kiyofasini o‘zgartiradi. 50" sh.k. dan janubda 

orografik omil ta’sirida tuproqlarning kenglik zonalligi yo‘koladi va uning o‘rnini 

meridional  zonallik  yoki  provinsiallik  egallaydi.  Ichki  kontinental  tekisliklarda 

tuprok, zonalari meridional ravishda yunalgan bo‘lib, ular sharqdan Fapbga qarab 

birin-ketin  almashinib  boradi.  Buyuk  ko‘llar  atrofida  va  Appalachi  tog‘larining 

shimoliy  qismida  sernam  iqlim  sharoitida  shakllangan  unumdor  podzollashgan 

qo‘ng‘ir  va  ko‘ng‘ir  o‘rmon  tuproqlari  keng  tarqalgan.  Markaziy  tekisliklarni 

qoramtir  rangli  (koratuproksimon)  preriya  tuproqlari  egallagan.  Buyuk 

tekisliklarning  shimoliy  va  sharqiy  qismlarini  qora  tuproqlar,  g‘arbiy  qismini 

kashtan tuproqlar tashkil etadi. Kolumbiya platosining tuproq qoplami ham asosan 

kashtan tuproqlaridan tashkil topgan. Kuruq va kontinental iqlimli Katta Xavzada 

chala  chul  zonasiga  xos  bo‘lgan  qo‘ng‘ir  tuproqlar  va  sho‘r  ko‘llar  atrofida, 

pastqam yerlarda sho‘r hamda sho‘rtob tuproqlar keng tarqalgan. 

Shu  polosaning  sharqiy  qismi,  Atlantika  bo‘yi  tekisliklarida  tuproq  qoplami 

shimoldan  janub  tomon  kenglik  bo‘ylab  o‘zgarib,  tayganing  podzol  va  chimli-

podzol tuproqlari qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari bilan almashinadi. 

  Subtropik  mintaqa  xududida  ham  tuproqlarnint  zonal  tiplarini  almashinishi 

sharqdan g‘arbga karab amalga oshadi. Materikning januby-sharkiy qismidagi nam 

subtropiklarda  unumdor  qizil  va  sariq  tuproqlar  keng  tarqalgan.  Bu  tuproqlar 

mo‘’tadil kengliklar tuproqlariga Karaganda qadimiyroq hisoblanadi. Kizil va sariq 

tuproqlarnint  qatlami  qalin,  tarkibida  temir  va  alyuminiy  oksidlari  ko‘p.  Tuproq 

tarkibida  temir  aralashmasining  ko‘p  bo‘lishi,  rangini  kizil  bo‘lishiga  sabab 

bo‘lgan. 

  Missisipi  daryosidan  g‘arbga  borgan  sari  nam  subtropiklarga  xos  bo‘lgan 

kizil  va  sarik  tuproqlar  ketma-ket  qizgish-qora  preriya  tuprog‘i  bilan  butazorli 

dashtlarda  kung‘ir  va  buz-ko‘ng‘ir  tuproqlar  bilan  almashinadi.  Meksika 

togligining  ichki  kuruk  va  kontinental  iqlimli  qismida  cho‘l  subtropik  tuproqlari, 




bo‘z  tuproqlar  keng  tarqalgan.  Kuruq  iqlim  xukmron  bo‘lgan  Kaliforniya  yarim 

orolida tropik cho‘l tuproklari shakllangan. 

  Markaziy  Amerikaning  sharqiy  qismidagi  pasttekisliklarda,  Yukotan  yarim 

orolida  sernam  tropik  iqlim  sharitida  vujudga  kelgan  qizil-sariq  ferralit, 

savannalarda  qizil  ferralit,  dengiz  soxdshlarida  mantra  botqoq  tuproqlar  ko‘p 

tarqalgan.  Daryo  vodiylarida  hosildor  allyuvial  tuproqlar  yaxshi  rivoj  topgan 

bo‘lib, ular qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladi. 

  Kordilera  tog‘  tizimida  tuproqlar  xilma-xil  bo‘lib,  iqlim  mintaqalariga  mos 

ravishda balandlik zonal ar i hosil qiladi. Alyaska Kordilerasida tog‘ tundra, tog‘ 

podzol va muzloq tog‘ tayga tuproqlari yaxshi rivojlangan. Janubroqda tog‘larning 

sernam  g‘arbiy  yon  bag‘rlarida  tog‘  jigar  rang  tuproqlar  keng  tarkalgan.  Baland 

tog‘ tizmalarining subalp va alp o‘tloqzorlarida tog‘ o‘tlok tuproqlari uchraydi. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish