g‘arbda Kaliforniya yarim orolidan sharqda Florida yarim oroligacha bo‘lgan
kengliklardagi tog‘ va tekisliklar palosasi qaraydi. Bu iqlimning tarkib topishiga
faqat fasllarga qarab almashinib turadigan xavo massalarining o‘zi emas, balki
materik qirg‘oklari yakinidagi iliq dengiz iqlimlari va shu mintaqada ko‘p esadigan
mahalliy shamollar ham ta’sir kursatadi. Mintakada yanvarning o‘rtacha harorati
shimoldan janubga qarab 0°, +5°S dan +15°S gacha ko‘tariladi. Yoz oylari issiq
bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati ham shu yunalishda 20S dan 25-30°S gacha
Mintakaning Tinch okean iqlim oblasti Kaliforniya vodiysini va qirg‘oq
tog‘larining g‘arbiy yon bag‘rini o‘z ichiga oladi. Kaliforniya vodiysining yozi
salkin, harorat 15°S atrofida bo‘ladi, qishi iliq va sernam, yanvarning o‘rtacha
harorati 9,7°S ga teng. Yog‘ingarchilik miqdori 600 mm. Kaliforniyaga nisbatan
Sakramentoda yozi issikroq bo‘ladi, o‘rtacha harorat 22°S ni va yog‘ingarchilik
530 mm ni tashkil etadi.
Tog‘ oralig‘i yassi tog‘lari, Ichki tekisliklar teksiliklar mintaqaning aloxida
subtropik kontinental iqlim oblastini tashkil etadi. Oblastning yozi juda issik,
o‘rtacha harorat 27-30°S ni, maksimal harorat 57°S ni tashkil etadi. Yogingarchilik
kam (100-200 mm) bo‘ladi.
Mintaqaning janubi-sharkiy qismi Atlantika musson oblastiga qaraydi.
Yezda subtropik musson sirkulyatsiyasi Meksika qo‘ltig‘idan kuplab namgarchilik
keltiradi. Kishda iliq dengiz xavo massasi kuchli Ta’sir ko‘rsatadi. Harorat yozda
o‘rtacha 27°S ni va qishda 12°S ni tashkil etadi.
Tropik mintaqa. Atlantika va Tinch okeanlaridagi Azor va Gavayi
antitsiklonlaridan tarkib topgan tropik xavo massalari mintaqa iqlimini
shakllantiruvchi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Mintakaning g‘arbiy Tinch okean
soxil qismi, Kaliforniya yarim orolining janubi, Meksikaning shimoli-g‘arbi
Afrikaning Saxroi Kabir va Namib chullariga uxshab quruq iqlimga ega. Bu region
Kaliforniya sovuq oqimi va pastlama xavo oqimi ta’sirida bo‘lganligi sababli yil
davomida yog‘ingarchilik juda kam buladi. Xatto Kaliforniya ko‘ltig‘i
kirg‘oklarida yiliga atigi 50-60 mm yomg‘ir yog‘adi.
Tropik mintakaning sharkiy qismida Atlantika xavo massasini ta’siri tufayli
iqlim xususiyatlari boshkacharoq. Bu xududda yozda Tinch okean va Atlantika
xavo oqimlari tuqnashib tropik frontni vujudga keltradi. Natijada yoz issiq va
sernam bo‘ladi. Iyulning o‘rtacha harorati 27°S ni, yillik yog‘in miqdori 1400-
1500 mm ni tashkil etadi.
Subekvatorial mintaqa. Shimoliy Amerikaning eng janubi, Nikaraguadan
Panama qo‘ltig‘igacha bo‘lgan ensiz qismi subekvatorial mintaqada joylashgan.
Yezda janubi-g‘arbdan (Tinch okeandan) ekvatorial musson harakat qilib, katta
miqdorda yog‘ingarchilik keltiradi. Kishda shimoli-sharqdan passatlar esib,
tog‘larning sharqiy yon bag‘irlariga ko‘p miqdorda namgarchilik beradi. Shuning
uchun mintaqa xududida yil davomida yog‘ingarchilik bo‘lib turadi. Atlantikadan
keladigan iliq va nam xavo hisobiga qishda ham harorat yuqori bo‘ladi va fasllar
o‘rtasida farq deyarli sezilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: