Qo’zg’atuvchilarning belgilari.Sphaerotheca fuliginea. Zamburug’ning pushti-kulrang tusli mog’or qatlami ko’pincha bargning ostki tomonida rivojlanadi. Konidiyalar zanjirchalarda, ellipsoid, silindr, yoki ko’pincha bochka shaklli, o’lchami 20-40x11-22 mkm. Kleystotesiylar ba’zan ancha ko’p, ba’zan esa kam miqdorlarda paydo bo’ladi. Ular shar shaklli, mo’rt, to’q-qo’ng’ir rangli, diametri 50-100 mkm, bitta xaltachali. O’simtalari odatda oz miqdorda, kalta, oddiy, buralgan shaklli, och-qo’ng’ir yoki to’q-qo’ng’ir tusli yoxud rangsiz. Xaltachalar keng tuxum yoki deyarli shar shaklli, sarg’ish tusli, o’lchami 55-82x45-77 mkm, ichida 5-8 askospora mavjud. Askosporalar 1 hujayrali, rangsiz, ellipsoid yoki deyarli shar shaklli, o’lchami 16 - 25 x 11 -15 mkm.
Do'stlaringiz bilan baham: |