Qo’zg’atuvchining belgilari.Cladosporium cucumerium. Zararlangan o’simlik barg va mevalari ustida rivojlangan mog’or qatlami qo’zg’atuvchining miseliy va spora hosil qiluvchi organlaridan iborat. Konidioforalarning uzunligi 400 mkm gacha, eni 3-5 mkm, pastki qismi shishgan va eni 8 mkm gacha, och-zaytun-qo’ng’ir tusli. Bazal konidiyalar 1-2 hujayrali, uzunligi 30 mkm gacha, eni 3-5 mkm. Konidiyalar uzun, shoxlangan zanjirchalarda 1, kamdan-kam 2 hujayrali, silindr, ellipsoid, urchuq yoki deyarli shar shaklli, usti silliq yoki mayda so’galchalar bilan qoplangan, och-zaytun-qo’ng’ir tusli, o’lchami 4-25 (30)x2-6 mkm, ko’pincha 4-9x3-5 mkm.
Do'stlaringiz bilan baham: |