Qo’zg’atuvchining belgilari.Perenoplasmoparacubensis. Barglarda miseliy nok yoki panja shaklli gaustoriyalar hosil qiladi. Zoosporangioforalar barg teshiklaridan bittadan yoki 2-7 tadan dasta shaklida chiqadi, ularning o’lchami 150-250x7-9 mkm, ostki qismi kengroq (10,8 mkm gacha), ustki qismi noto’g’ri dixotomik shoxlangan. Zoosporangiylar ellips yoki tuxum shaklli, ustida g’uddachasi mavjud, kulrang yoki binafshatusli, ba’zan biroz qo’ng’ir, 20-28x16-20 mkm. Oogoniy dumaloq. Oosporalari dumaloq, sarg’ish, diametri 36-43,2 mkm.
Do'stlaringiz bilan baham: |