Quzg’atuvchining belgilari.Alternaria porri. Konidioforalar uzunligi 120 mkm gacha, eni 5-10 mkm. Konidiyalar, odatda, bittadan rivojlanuvchi, to’g’ri yoki sal egilgan, teskari-to’qmoq yoki ellipsoid shaklli, usti silliq yoki mayda so’galchalar bilan qoplangan, uchi noziklashib, uzunligi konidiya uzunligiga baravar bo’lgan bo’yincha hosil qiluvchi, tusi och-jigarrangdan o’rtacha-qo’ng’irgacha, o’lchami 100-300x15-20 mkm, eniga 8-12, bo’yiga to’g’ri yoki qiyshiq joylashgan 0-4 septali, bo’yinchasining eni 2-4 mkm.
Do'stlaringiz bilan baham: |