Piyozning stemfilioz dog’lanishini kuchsiz parazitlar – Stemphylium allii va Stemphylium botryosum zamburug’lari qo’zg’atadi. Kasallik barcha mintaqalarda tarqalgan, O’zbekistonda ham qayd etilgan, ammo ekinga zarari kam, yoki o’rganilmagan. Piyoz, sarimsoq va boshqa
piyozguldosh ekin va begona o’tlar zararlanadi.
Stemfilioz ko’pincha peronosporoz va boshqa kasalliklar bilan zararlangan piyozda rivojlanadi. Urug’ olish uchun ekilgan piyozboshlarning o’qbargi va barglarida to’q-qo’ng’ir yoki qoramtir mog’or qatlami paydo bo’ladi, o’qbarg bukilib sinishi, urug’ rivojlanmasligi yoki mayda va puch bo’lishi kuzatiladi. Zararlangan maysalari chirib ketadi (Pidoplichko, 19776; Vyangelyauskayte i dr., 1989; Sagdullayeva i dr., 1990; Xolmurodov, 2004).
Do'stlaringiz bilan baham: |