Noto’liq rivojlanadigan (o’zgaradigan) hasharot turkumlari
To’g’ri qanotlilar (Orthoptera). Yirik yoki o’rtacha kattalikda bo’lib, og’iz tuzilishi jihatidan kemiruvchi hasharot hisoblanadilar. Oldingi qanotlari terisimon, to-mirlangan, plastinkaga o’xshagan cho’ziq, orqa qanotlari keng pardasimon bo’lib, tinch turganida oldingi qanotlari ostiga yelpig’ichsimon yig’iladi, orqa oyoqlari sakrashga moslashgan; qorin qismining oxirida o’siqlar mavjud; urg’ochilarining ko’pchiligi tuxum qo’ygichlidir. Chigirtkalar, temirchaklar, chirildoqlar va quyruqli buzoqboshlar shu turkum vakilla-ridir.
Yarim qattiq qanotlilar yoki qandalalar (Hemiptera). Bu turkumga mansub qandalalarning og’iz tuzilishi sanchib so’rishga moslashgan, shu bilan birga xartumchasi boshining old qismidan orqaroqda; burtchalari to’rt-besh bo’g’imli; qanotlari har xil: oldingilarining asosiy qismi terisi-mon, tepa qismi esa pardasimon, keyingilari pardalidir. Qanotlari orqasiga ko’ndalang joylashadi. Qandalalarning bir necha turi: dala, beda qandalasi va boshqalar g’o’zaga zarar yetkazadi. Lekin foydali entomofag hisobidagi kandalalar ham oz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |