Teng qanotlilar yoki xartumlilar (Homoptera). Og’iz tuzilishi sanchib so’rishga moslashgan, bo’g’imli xartumchasi boshining orqa qismiga birikkan va ko’krak tomoniga torti-lib turadi; ularning bir xili ikki juft parda qanotga ega, hasharot tinch holatda turganida qanotlari bir-birining ustiga (tom yopganga o’xshash) taxlanadi. Qanotsizlari ham bo’ladi. O’simliklarga eng ko’p zarar yetkazadigan bu turkum to’rtta kenja turkumdan tashkil topgan: Bitlar (Aphidinea), aleyrodidlar, yoki oqqanotlar (Aleyrodinea), bargburgalari (listobloshki) – Psyllinea, koksidlar (qal-qondor va cherveslar) – Coccinea, hamda sikadalar (Cicadinea).
Do'stlaringiz bilan baham: |