Pufakoyoqlilar yoki tripslar (Thysanoptera). Kattaligi 0,5-5,0 mm ga boradigan cho’ziq tanali mayda tez xarakatchan hasharotlardir. Ular ikki juft tor qanotli, yoki kanotsiz bo’lishlari mumkin; qanotlarining chekkalarida uzun kiprik-chalari bor. Panjalari bir bo’g’imli, tirnoqsiz, harakatchan so’rg’ichli. Og’iz qismlari o’simlik shirasini so’rishga mos-lashgan. Dunyoda 1500 tagacha turi ma’lum.
To’liq rivojlanadigan (o’zgaradigan) hasharot turkumlari
Qattiq qanotlilar yoki qo’ng’izlar (Coleoptera). Oldingi qanotlarining qattiq bo’lishi va ularda tomir bo’lmasligi qo’ng’izlarning asosiy belgisidir. Harakatchan biriktirilgan old ko’kragi o’rta va orqa ko’kragiga nisbatan yirikroq. O’rta ko’krak orqa ko’krak bilan qo’shilib o’sgan. Og’iz tuzilishi kemirishga moslashgan. Lichinkalari qurtsimon, g’umbaki erkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |