12-rasm.Brajnikning katta yoshdagi qurti.
|
Hayot kechirishi. Brajniklarning hayoti yaxshi o’rga-nilmagan. Ma’lumki bu hasharotlar g’umbak shaklida tuproqda qishlab chiqadi. May-iyun oylarida kapalaklar paydo bo’lib, yakka-yakka qilib tuxum qo’yadi. Qurtlari uzum bargini kemirib shikastlaydi. Bu paytda brajnik qurti mavjudligini tok ostiga to’kiladigan silindrik shakldagi axlatidan bilsa bo’ladi. Qurti odatda tok novdasiga yopishib olib bargi va novda uchi bilan oziqlandi. Mavsumda 2 bo’g’in berishi mumkin.
Zarari. Brajniklar uzumdan tashqari boshqa o’simliklar bilan ham oziqlanishi mumkin. Odatda brajniklar tokning ikkilamchi zararkunandasi hisoblanadi. Ammo ayrim paytda u ko’plab urchishi mumkin, bu paytda ularga qarshi maxsus kurash choralari qo’llaniladi. Odatda tokda brajnik qurti kam miqdorda bo’lsa, uni qo’lda terib tashlash ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |