O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet77/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Nazarot savollari:

1. Beda ekinlarida qo’llaniladigan asosiy insektisidlari?

2. Beda zararkunandalariga qanday entomofaglar qo’llaniladi?


20-Mavzu. Sholi ekini zarakunandalari .

Reja:

1. Sholi suv filchasi. Morfologik belgilari, zararlash belgilari.

2. Sholi nematodasi va uning zarari.

Tur- sholi suv filchasi- Hydronomus sinuaticollis Faust

Oila- Curcylionidae

Turkum- qattik qanotlilar- Coleoptera

Qo’ng’izining kattaligi 4-5 mm ga yetadi, urg’ochisi erkagidan biroz kichikroq. Sholi suv filchasi qora rangli, tanasining usti mikroskopik mayda qung’ir kulrang tangachalar bilan zich qoplangan. Ustki qanotlarida oqish tangachasimon dog’lari mavjud. Qo’ng’izining mo’ylovi va oyog’i sarg’ish qo’ng’ir tusda, bosh qismida xartumi uzunchoq bo’lib, uchki qismi biroz yo’g’onlashgan va egilgan. Mo’ylovi tirsaksimon bo’lib, 8-10 bo’g’imdan iborat. Sholi suv filchasi tuxumlarini poyani ildiz bo’g’ziga qo’yadi. Lichinkasining uzunligi 7-8 mm, eni 2 mm gacha boradi. Lichinkasining rangi oq, bosh qismi sarg’ish, birinchi ko’krak bo’g’imining ustki qismi sariq qalqon bilan qoplangan, oyog’i yo’q. Lichinka tanasining sirti mayda mikroskopik tikansimon tukchalar bilan qoplangan, orqasidagi va ikki yonidagi tukchalar ingichka va uzunroq bo’ladi. Qornining 3,4 va 5 bo’g’imi yon tomonida bittadan nayza uchli uchburchak shaklida sarg’ish tikancha joylashgan. Lichinkaning yuqori labi 4 burchak shaklida bo’lib, oldingi tomonga chiqib turadi, yuqori jag’i esa uchburchak shaklda bo’ladi. Sholi filchasi voyaga yetgan lichinkalik bosqichida sholipoyadagi sholi ildizida va tuproqda qishlaydi. Erta ko’klamda qishlov joyida g’umbakka aylanadi. Sholi o’sa boshlaganda g’umbakdan imagolar chiqa boshlaydi. Qo’ng’iz o’simlik suv osti qismida 10-12 soatlab o’rmalab yura oladi, suv betiga chiqib traxeyasiga havo to’ldirib oladi va yana suv tagiga tushadi.

Sholi nematodasi-Aphelenchoides oryzae Vokoo. Zarari. Bu zararkunanda ko’p tushgan o’simlik hosil qilmaydi, ya’ni ro’vaklari barg qinidan chiqmaydi, kamroq shikastlangan o’simliklarda puch donlar ko’p bo’ladi. Tarqalishi. Sholi nematodasi Uzoq Sharq mamlakatlarida ko’p bo’ladi; Shimoliy Kavkazda, Rostov viloyatida, Kuban va Ukrainada ham borligi aniqlangan. Ta’rifi. Voyaga yetgan qurtining bo’yi 0,8 mm gacha keladi, har ikki jinsdagi qurt tanasi ingichka, dumi nayzasimon, kutikulasi nozik halqasimon, erkagining dumi yarim doyra shaklda qayrilgan; og’iz kapsulida nozik tikancha bor, bulbusi yaxshigina rivojlangan; qizilo’ngachining ingichka joyi ichagi bilan qo’shilishib ketgan. Nerv xalqasi bulbusi orkasiga joylashgan. Urg’ochisining jinsiy sistemasi juft emas. Erkagining spikulasi ingichka, egilgan, yassi, bursasi yo’q. Hayot kechirishi. Sholi nematodasi urug’lik donlar bilan bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga tarqalib ketishi mumkin. Urug’lik sholi qipig’iga joylashib olgan nematoda shu don bilan yerga tushadi; nematoda yerda tuproqning 1,5 smlik qatlamiga o’rnashadi; nematoda voyaga yetgan va lichinkalik stadiyasida tuproqning qurib qolishiga bardosh beradi. Bu zararkunanda yerda va donda yashayotganda ancha past haroratga chiday oladi; ammo 50°S gacha qizdirilsa, nematoda o’ladi. Sholi nematodasi zararlangan uchastkalardan suv vositasi bilan ham tarqab ketishi mumkin. Nematodalar tuproqdan o’simliklarga o’tadi; bu zararkunanda tushgan o’simliklar o’sishdan orqada qoladi, rangi qo’ng’irsimon tusga kiradi, uchi oqish bo’lib qoladi. Nematoda poya bo’ylab uning yuqori qismiga ko’tariladi, o’simlik ichiga barg og’izchalari orqali kiradi. O’simlik qurigach, undagi nematodalar tuproqqa o’tadi. Bu parazit o’simlik to’qimasi ichida ko’payadi.


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish