O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


O’quv fanning maqsadi va vazifasi



Download 46,5 Mb.
bet5/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

O’quv fanning maqsadi va vazifasi

O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi – talabalarda o’simliklarni zararli organizmlariga qarshi kurash usullari va unda qo’llaniladigan biologik, kimyoviy kurash vositalarini o’rganishdan iborat. Pestsidlarni barcha salbiy va ijobiy xususiyatlari atroflicha mukammal o’rganiladi.

O’simliklarni himoya qilish fanining vazifasi - talabalarga zararli organizmlarga qarshi usullarning qo’llanilishi, ishlab chikarilayotgan pestisidlarni xususiyatlarini, ulardan atrof - muhit va insoniyatga zarar yetkazmasdan to’g’ri foydalanish yullarini, pestisidlarni xo’jalikda samarali qo’llash usullarini hamda shu sohaga taalluqli adabiyotlardan foydalanish yullarini o’rganishdan iborat.

“O’simliklarni himoya qilish” fani botanika, tabiatni muhofaza qilish, o’simlikshunoslik, o’simliklar fiziologiyasi, agrotoksikologiya, qishloq xo’jalik biotexnologiyasi kabi fanlar bilan bog’liq bo’lib, ushbu fanni o’rganishda poydevor hisoblanadi.

Shuning uchun har bir mutaxassis va talabalardan bu fanni qunt va matonat bilan o’rganish va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.

Ma’lumki, biogeotsenozi tarkibiga kiruvchi o'simliklar, mikroorganizmlar va hayvonlar o'zaro murakkab munosabatda bo'ladi. Hayvonlar o'rtasida bo'ladigan bu munosabatlar konkurensiya (oziqa, joy uchun raqobat), yirtqichlik, parazitlik yoki simbioz (o'zaro foydali hamkorlik) tarzida namoyon bo'ladi. Bularni oziqlanish zanjiri orqali ko'rsatish mumkin.

Ozuqa zanjirining boslilang'ich zvenosi - yashil o'simliklar produtsientlar, ikkinchi zvenosi o'simlikxo'r (fitofag) hayvonlar yoki birinchi tartibdagi konsumentlar, uchinchi zvenosi yirtqichlar (ikkinchi tartib konsumentlar), to'rtinchi zvenosi boshqa yirtqichlar yoki parazitlar (uchinchi tartib konsumentlar) tashkil etadi.

Masalan, o'simlik ildizi va boshqa organlari biian tuproqdagi fitofaglar - turli zararkunanda hasharotlar (buzoqboshi, ildiz kanalari) ildiz bitlari va ularning lichinkalari hamda turli parazit chuvalchanglar oziqlanadi. O'z navbatida fitofaglar yirtqich hayvonlarga xususan, hasharotlar (stafilinlar, vizildoq qo'ng'izlar) o'rgimchaksimonlar, ko'poyoqlilar va boshqalarga yem bo'Iishi mumkin.

Yirtqich hayvonlar hisobiga parazit yoki boshqa yirtqichlar yashaydi. Shuning biian birga barcha organizmlaming qoldig'i va hayvonlarning ekskrimcnti tuproqqa tushadi va chirib parchalanadi. Ular organik moddalami parchalab minerallashtirish jarayonida juda muhim ahamiyatga cga.

tuproq hayvonlari va mikroorganizmlar tuproq zoomikrobiol kompleksini hosil qiladi. Ular o'rtasida murakkab munosabatlar mavjud. Avvalo mikroorganizmlar hayvonlarning tcrisiga yopishib olib ular yordamida tarqaladi.

Hasharotlar biian mikroorganizmlar o'rtasidagi mutualistik munosabatlar har xil bo'ladi. Ayrim chumolilar va termitlar o'z inlarida o'simlik qoldiqlari yoki ekskrimenlarida lichinkalarini boqish uchun zamburug" o'stiradi. O'rmonsariq chumolilari esa o"z inida achitqi zamburug'lari o'stirishadi. tuproqda chiriyotgan organik moddalami o'zlashtirishda mikroorganizm biian birga umurtqasiz hayvonlar ham ishtirok etadi.

Hayvonlar biian mikroorganizmlarning tuproqda va to'shalmada mavjud bo'lgan bu xildagi hamkorlik zoomikrotik komplekslar deb ataladi.

tuproq biotasi tarkibidagi har xil organizmlaming o'zaro ta'siri natijasida tuproqdagi moddalar almashinuvi jarayoni tezlashadi. Bu esa o'z navbatida biogeotsenozlarning mahsuldorligini oshiradi.
2.Entomologiya fanining rivojlanishida I.A.Vasilyev, Pospelov, N.M. Kulagina, O’rta Osiyo olimlaridan V.A.Plotinkov, V.V.Yaxontov, R.A.Olimjonov, A.Sh.Hamrayev va boshqa olimlarning ishlari.
Entomologiya – yunoncha – entomon – hasharot, logos – fan, hasharotlarni o’rganuvchi fandir. Umumiy entomologiya va qishloq xo’jalik entomologiyasi, qishloq xo’jalik zararli va foydali hasharotlarni o’rganuvchi fanlar. U biologiya fanining tez sur’atda rivojlanib borayotgan bir tarmog’i bo’lib, o’zi ayni vaqtda qator mustaqil ilmiy sohalarga entomologiya asoslari, o’rmon xo’jaligi entomologiyasi, medisina entmologiyasi hamda veterenariya entomologiyasiga bo’linadi.

Entomologiya nazariy va amaliy fan bo’lib, u yuqorida ko’rsatilgan amaliy entomologiya sohalarining ilmiy asosi bo’lib xizmat qiladi. Fanning asosiy vazifasi o’simlik zararkunanda hasharotlariga qarshi ilmiy asoslangan kurash choralarini ishlab chiqish va foydali hasharotlarni muhofaza qilish va qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdir.

Umumiy entomologiyada hasharotlarning tana tuzilishi, ichki organlarining ishi, hayot kechirishi, xilma – xilligi va tashqi muhit bilan bog’liqligi yoritiladi. Uning uchun umumiy entomologiya – morfologiya (tashqi morfologiya yoki eydonomiya va ichki anatomiya), fiziologiya, biologiya hamda ekologiya (yashashi), sistematika va klassifikasiya bo’limlariga bo’linishi mumkin. Hasharotlar – umurtqasiz hayvonlarning bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipi: traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi, hasharotlar (Insecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) sinfiga mansubdir. Bu tipga hasharotlardan tashqari qisqichbaqasimonlar (Crustacea), o’rgimchaksimonlar (Arachnoidea), ko’poyoqlilar (Myriapoda) va boshqa sinflar ham kiradi.

Hasharot turlari tabiatda juda keng tarqalgan va ular turlicha tuzilishga ega. Hozirgi vaqtda 1 mln ga yaqin hasharot turi borligi ma’lum. Ular 1,5 mln. dan kam emas degan fikrlar ham bor. Chunki kam o’rganilgan oblast va tropik zonalardan har yili 7-8 mingga qadar yangi turi topilib turadi. MDHda 100 mingga yaqin hasharot turi borligi taxmin etiladi. Lekin hozircha ma’lum bo’lganlari bu raqamdan kam.

Umuman hasharotlarning turlari va soni qolgan hamma hayvon turlari bilan o’simlik turlarini qo’shib hisoblagandan ham ko’p. Har bir tur, o’ziga xos tuzilishga va xususiyatga ega. Hasharotlarning tuzilishidagi o’ziga xos belgilarini muhitga moslanish darajasini, tablisada tutgan o’rni, odamlar uchun ahamiyatini boshqa tomonlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.

Bu xususiyatlari chuqurroq o’rganish zararli hasharotlarni yo’qotishni va ayni vaqtda foydali hasharotlarni saqlab, ulardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Hasharotlarga bo’lgan qiziqish qadim zamonlarda boshlangan. Ularga dastlab oziq mahsuloti sifatida qaralgan bo’lsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yulga qo’yilgach, zararkunandalar sifatida o’rganila boshlandi. Shunda ular orasida foydali hasharotlar ham borligi ma’lum bo’ldi. Natijada entomologiya fani shoxobchalari bo’lmish ipakchilik va asalarichilik vujudga kelgan.

Lekin hasharotlarni ilmiy asosda o’rganish XVII asrdan boshlandi. Italyan olimi Malpigi (1628-1694) tut ipak qurtining anatomiyasi va ayirish sistemasiga, golland olimi Ya. Svammerdam (1637-1680) hasharotning anatomiyasi, hamda metamorfozasiga asos soldilar. XVII asrda buyuk shved olimi, tabiatshunos K.Linney (1770-1778) ning «Tabiat sistematikasi» asarida hasharotlar ko’zga kurinarli o’rinni egalladi.

O’sha davrning buyuk tabiatshunos olimi R.A.Reomer (1683-1757) hasharotlarning morfologiyasi va biologiyasini o’rgandi.

XXVII asrning ikkinchi yarmida Rossiyada hasharotlar faunasini o’rganishda tabiatshunos olim, akademik P.S.Pallas (1741-1811) katta hissa qo’shdi.

XIX asrda fan va madaniyatning rivojlanishi natijasida entomologiyaning fan sifatida shakllanishiga sharoit yaratildi. O’sha davrda bir qancha mamlakatlarda entomologik ilmiy jamiyatlar tashkil etildi.

Masalan, 1832 yili Fransiyada, 1833 yili Angliyada shunday jamiyat to’zildi.

Rossiyada entomologiya fanini rivojlanishi G.I.Fisher Valdgeym (1771-1853)ning «Entomografiy Rossiyskoy imperii», professor E.K.Brandt (1839-1891) ning «Hasharotlarning nerv sistemasi» F.P.Keppen (1833-1908) ning uch jildli «Zararkunanda hasharotlar» kitoblari A.O.Kovalevskiy (1840-1901) va I.I.Mechnikov (1843-1916) larning asarlari katta hissa qo’shdi. O’sha davrda olimlarni hasharotlarning biologiyasi va hamda xulq-atvori jalb edi. Bu sohada fransuz tabiatshunosi J.A.Fabr (1823-1915) ning ishlari «Instinkt i nravы nasekomыx» va «Jizn’ nasekomыx» olamshumul ahamiyatga ega bo’ldi.

XIX asr va XX asrda amaliy entomologiya sohalari, birinchi navbatda qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi entomologiyalari vujudga keldi. Bizning O’zbekistonda entomologiya byurosi tashkil etilib uni buyuk olim, entomolog I.A. Porchinskiy boshqaradi.

Amaliy entomologiya sohalarini rivojlanishda professor N.A. Xolodkovskiy (1858-1921) salmoqli hissa qo’shdi. U ilmiy entomologiya maktabini tashkil etdi va «Nazariy va amaliy entomologiya kursi» kitobini yozdi. I.Ya. Shevirev (1859-1920) o’rmon xo’jaligi entomologiyasini va parazit hasharotlarini o’rgandi. XX asr entomologiya fani ayniqsa uning sohalari mustaqil fan sifatida shakllandi. Bu asrdan boshlab hasharotlarning klassifikasiyasi, fiziologiyasi, ekologiyasi chuqur o’rganila boshlandi va zararkunanda hasharotlarga qarshi kimyoviy hamda biologik kurash choralari ishlab chiqildi.

1904 yili V.P. Pospelov (1872-1949) Kiyev shahrida entomologiya stansiyasi tashkil etdi. Stansiyaning asosiy vazifasi qand lavlagi zarakunandalariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish edi. Keyingi yillarda xuddi shunday stansiyalar boshqa markaziy shaharlarda ham tashkil etildi.

Ayniqsa V.P.Plotnikov tomonidan 1911 yili Toshkentda Turkiston entomologik stansiyasining tashkil etilishi O’rta Osiyo va Qozog’iston o’lkalarida o’simliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda «O’rta Osiyo o’simliklarini himoya qilish instituti» va boshqa shunga o’xshash tashkilotlarning vujudga kelishida katta rol o’ynadi.

I.A.Vasilyev va I.M.Kulagina umumiy entomologiyani o’rgandilar. Rus entomologlari N.V.Kurdyumov qishloq xo’jaligi entomologiyasida nazariy asos soldi. Professor A.P. Semyonov-Tyan-Shanskiy bizning o’lkamiz faunasidagi hasharotlar sistematikasi va zoogeografiyasini, G.G.Yakobson to’g’ri qanotlilar va Rossiya hamda G’arbiy Yevropa qushlarini o’rgandilar. A.K.Mordvilko o’simlik bitlari sistematikasi va biologiyasini o’rganish sohasidagi ishlari bilan dunyoga mashhur bo’ldi. Avstraliyalik olim A.Gadlirshem, A.V.Martinov va B.N. Shvanvichlar yuqori gruppa hasharotlarining klassifikasiyasini asoschilari edi. Kapalakshunos olim N.Ya. Ko’znesov ikki jildlik «Osnovi fiziologii nasekomыx», asarini B.N.Shvanvich «Kurs obщyey entomologii» kitobini yozdilar. A.V.Martinov hasharotlar paleontologiyasiga asos soldi.

Bizning mamlakatimizda entomologiya fani 1920 yili Toshkent Davlat universitetida, keyinchalik Toshkent qishloq xo’jaligi inistitutida (1930 yilda) hamda 1933 yilda Samarqand qishloq xo’jalik institutlarida entomologiya kafedralari tashkil etilishi bilan boshlandi.

O’zbekistonlik olimlar ham entomologiya fanini rivojlantirishda o’zlarining munosib ulushlarini qo’shdilar. Dunyoga mashhur entomolog olim, O’zbekiston fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, professor V.V. Yaxontovning «O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi zararkunandalari», O’zbekiston fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, professor R.A. Olimjonovning «Sug’oriladigan dehqonchilik yerlarining umurtqasiz hayvonlar zoofaunasi» asarlari bunga dalildir.

O’zbekiston olimlar ham entomologiya fanini rivojlantirishda o’zlarining munosib ulushlarni qo’shdilar. Dunyoga mashhur entomolog olim R.A. Olimjonov, akademik S.N Alimuhamedov, professor N.M. Mahmudxodjayev, professor Sh.T. Xodjayev, professor G.K. Dubovskiy, professor A.A. Muhammadiyev, professor A.Sh. Hamrayev, professor A.G. Davletshina, professor S.A. Juravskaya, professor F.M. Uspenskiy, professor A.A. Kan, professor M. Mahkamboyev, dosent A. Bekkuzin, professor Z.N. Norboyev, dosent K. Zakirov, dosent X.A. Sulaymonov, dosent A.Ummatov va boshqalar. O’simliklarni uyg’unlashgan himoya qilish (integrated pest suppession) so’zidan olingan bo’lib zararli organizmlarni mavjud usullardan foydalangan holda yo’qotish ma’nosini bildiradi.


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish