O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mamlakatimizda o’simliklarni himoya qilishning xizmat strukturasi, uning ilmiy asoslanganligi



Download 46,5 Mb.
bet6/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

3.Mamlakatimizda o’simliklarni himoya qilishning xizmat strukturasi, uning ilmiy asoslanganligi.

O’simliklarni zararli organizmlardan (zararkunandalar, begona o’tlar va kasalliklar) himoya qilish tizimi tashqi muxit sofligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi, bunda aniq va mukammal beriladigan prognoz asosiy o’rinni egallaydi. Shuningdek, tashkiliy xo’jalik, agrotexnik, karantin, biologik kurash usullariga asosiy o’rin beriladi. Kimyoviy usul esa nixoyatda zarur bo’lgandagina har bir maydon dala yoki ekinzorlarni aniq kuzatish natijalari asosida iqtisodiy zarar keltirish sonini hisobga olgan xolda qo’llaniladi. O’simliklarni zararli organizmlardan uyg’unlashgan himoya qilish lotincha so’zidan olingan bo’lib, tiklamoq, to’ldirmoq ma’nolarni anglatadi. Bu yerda turlararo muvozanatni tiklash nazarda tutiladi. Alohida bir agrobiosenozda tur ichida va turlararo munosabatlarni boshqarishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimiga uyg’unlashgan himoya qilish deyiladi.Jahon bo’yicha har yili qishloq xo’jalik ekinlarining mahsulotini 30 foizidan ortig’i zararkunanda kasalliklar va begona o’tlar zararidan nobud bo’lmoqda. Rivojlangan davlatlarda yuqoridagi zararli organlar ta’sirida 20-25% hosil nobud bo’lsa, kam rivojlangan davlatlarda 40-50% nobud bo’ladi. Qishloq xo’jaligi zararkunandalarga qarshi oldini olish, xo’jalik va tashkiliy chora tadbirlarini qo’llash, agrotexnik, mexanik, biologik, karantin tadbirlar asosida kurash olib borish va xududdagi ekologik muvozanatni saqlash juda zarur bo’lgan taqdirdagina atrof muhitga hamda issiqqonli organizmlarga kam zaharli bo’lgan insektisidlarni qo’llash himoya qilish tizimining asosi bo’lib qolmog’i kerak. Shu bilan bir qatorda jahon tajribasidan foydalanib o’simliklarni himoya qilishda yangi yo’nalishlar qo’llamoq lozim. Bunday yo’nalishlardan asosiylari gen injeneriyasi, chidamli navlar yaratish va h.k.

Zararkunandalar. Ma’lumotlarga ko’ra, butun dunyoda o’stirilayotgan o’simliklar hosilining 35% nobud bo’ladi, buning 14% zararli hasharotlarga to’g’ri keladi. Bundan tashqari 20% cha hosil omborlarda saqlash va tashish paytida nobud bo’ladi. Bizning mamlakatimizda ham qishloq xo’jalik ekinlariga turli zararkunandalar ziyon yetkazishi mumkin. Bular jumlasiga ildiz kesar tunlamlar, chigirtkalar, Bitlar, o’rgimchakkana, ko’sak qurti, olma mevaxo’ri va boshqalar kiradi. Bundan tashqari keyingi yillar mobaynida o’zga zararkunandalarni (oldin ahamiyati past yoki umuman bo’lmagan karantin obyektlarning) tez rivojlanib ziyoni oshganligi ma’lum. Bular jumlasiga: kolorado qo’ng’izi, anor mevaxo’ri, g’ovvak hosil qiluvchi pashshalar, uzum kanasi, sharq mevaxo’ri, qovun pashshasi, tut parvonasi va boshqalarni kiritish mumkin.

Respublikamizning geografik o’rni, iqlimi va yer – tuproq sharoitlari dehqonchilikning barcha turlarini rivojlantirish uchun juda bop. Respublikamizning serquyosh tabiati sug’oriladigan dehqonchilikni rivojlantirish uchun ayniqsa mos keladi. Ikkinchi tomondan, bu iqlim sharoitlari qishloq xo’jalik ekinlariga zarar yetkazadigan har hil hasharotlarning ko’payishiga ham qulaylik yaratadi. O’rta Osiyo sharoitlarida deyarli barcha zararkunandalar tez ri-vojlanib yiliga shimoliy mintaqalarga nisbatan bir necha ko’p avlod beradi. Bu esa, o’simliklarni himoya qilish uchun birinchidan, zararkunandalar biologiyasini o’rganishni, ik-kinchidan, uni o’simlik va muhit bilan uzviy bog’lanishini chuqur o’rganib, eng samarali kurash chora va vositalarni qo’llashni talab etadi.

Yuqorida ko’rsatilgan muammolarni yechish qishloq xo’jalik entomologiyasi faniga yuklatilgan. Hisoblar shuni ko’rsatdiki, o’simliklarni himoya qilish uchun sarf etilgan har bir so’mga har xil ekinlarda 4 so’mdan 9 so’mgacha sof foyda olish mumkin. O’simliklarni himoya qilish ilmiy tekshirish institutining ma’lumotlariga ko’ra, o’simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o’tlarga qarshi kurash choralari yaxshi uyushtirilsa, har yili qo’shimcha ravishda 300 ming tonna paxta, hamda boshqa hilma-hil mah-sulotlar olish mumkin. Bu esa qishloq xo’jalik entomo-logiyasi fani zimmasiga qishloq xo’jalik fitopatologiyasi bilan hamkorlikda yangi mas’uliyatlar yuklaydi.

O’simlik kasalliklari. O’simliklarni kasalliklardan himoya qilishda dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish va dehqonchilikning intensiv metodlarini qo’llash bilan bir qatorda kasalliklarga qarshi ishlatiladigan agrotexnik-tashkiliy, biologik (jumladan genetik-seleksion) va kimyoviy kurash chorlarini tadqiq qilish va ulardan eng samaralilarini tanlab olib, amaliyotda qo’llash ijobiy natija beradi. Bunda ekinzorlarning fitosanitar holatini yaxshilash uchun urug’lik va ekish uchun qo’llaniladigan materiallar sifatli, ularning ichki va ustki qismlari kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlardan toza bo’lishini hamda tuproqdagi infeksiya miqdori iqtisodiy zarar keltiradigan miqdordan kamroq bo’lishini ta’minlash, o’suv davrida o’simliklarni kasalliklardan himoya qilishni tashkil qilish talab etiladi. Undan keyin, hosilni yig’ish, idishlarga joylash, tashish, omborxonalarga qo’yish va u yerda saqlash davrida kasalliklardan himoya qilish ham o’ta muhim vazifalar qatoriga kiradi, chunki, bu ishlarni tashkillash davrida qoidaga rioya qilmaslik natijasida dala ekinlari va mevali bog’lardan olingan mahsulotlarning ancha qismi yo’qotiladi.

Urug’lik va ekish uchun qo’llaniladigan materiallarni ekishdan oldin dorilash bilan bir qatorda, o’simliklarni o’suv davrida va o’simlik mahsulotlarini omborxonalarda saqlash paytida kasalliklardan himoya qilish maqsadida ishlatiladigan usullar orasida eng muhimlaridan biri kimyoviy usuldir. Dunyoning qishloq xo’jaligi ekinlari himoyasida ishlatiladigan zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalari tomonidan o’simlik kasalliklariga qarshi kurashda qo’llashga mo’ljallangan dorilarga – fungisidlarga – qo’yiladigan talablari – ular muayyan kasallik qo’zg’atuvchilariga qarshi yuqori biologik va iqtisodiy samaraga, kontakt yoki sistemali ta’sirga ega bo’lishi, ishlatish usuli qulayligi, ushbu dorilarga kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar tezda chidamlilik hosil qilmasligi, atrof-muhitga va inson salomatligiga bezarar yoki kam xavfli bo’lishi lozimligidir. O’zbekistonda o’simliklarni kasalliklardan himoya qilish uchun ruxsat qilingan fungisidlarning aksariyati ushbu talablarga javob beradi.


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish