Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti 5A140101-Biologiya (Genetika) mutaxasisligi magistranti Muhammadiyev Oybek Abdulla o‘g‘lining “Molekulyar markerlardan foydalanib g‘o‘zaning ba’zi diploid turlarida genetik xilma-xillikni o‘rganish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga ilmiy rahbar XULOSASI Muhammadiyev O.A 2020-2022- yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti 5A140101-Biologiya (Genetika) mutaxasisligi magistraturasida tahsil oldi.
Ushbu yillar davomida u Genetika kafedrasida va G‘o‘za eksperimental poliploidiyasi va filogeniyasi laboratoriyasida asosiy genetik uslublarni a’lo darajada o‘zlashtirdi va “Molekulyar markerlardan foydalanib g‘o‘zaning ba’zi diploid turlarida genetik xilma-xillikni o‘rganish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini bajardi.
Ushbu ishda qimmatli xo‘jalik belgilariga birikkan molekulyar markerlar bilan g‘o‘zaning diploid turlari tekshirildi va polimorfizm aniqlandi. Bu jarayon davomida g‘o‘zaning diploid turlari ekib undirib olindi va ularning yosh barglaridan namuna olinib Stav usuli yordamida ularning DNKsi ajratib olindi, Polimera zanjir reaksiyasi o‘tkazildi, elektroforez apparatida dnklar harakati kuzatildi. Shuningdek Alpha imager apparatida tekshirildi va rasmga olindi. Olingan natija gel analyser dasturi orqali genotiplandi.
Shu ilmiy ishlar asosida to‘rtta tezis va bitta ilmiy maqola chop etildi.
Ish umumiy qabul qilingan reja asosida yozilgan va an’anaviy bo‘limlardan tashkil topgan.Natijalar va ularni tahlili bobida u yetarli miqdordagi shaxsiy natijalarini adabiyot ma’lumotlari bilan muhokama qilingan. Olingan xulosalari asoslangan va qoyilgan vazifalarga mos keladi.
Materialni bayon etishdagi ayrim kichik uslubiy kamchiliklarga qaramasdan, umuman olib qaraganda ish qiziqarli va dolzarb bo‘lib, amalga
oshirilgan ish hajmi, natijalar tahlili va qilingan xulosalar magistrlik dissertasiyasiga qo‘yilgan talablarga javob beradi va DAK yig‘ilishida himoyaga taqdim etilishga loyiq.
Muhammadiyev O.A o‘quv yillari davomida o‘zini o‘z ilmiy darajasini oshirish yo‘lida doimiy izlanuvchi, o‘qish va jamoat ishlaridagi o‘z majburiyatlarini sidqidildan bajaruvchi o‘quv jarayonida faol qatnashuvchi, uddaburon va shijoatli magistr sifatida namoyon etdi. Jamoatda xushmuomilaligi masuliyatligi va mexribonligi bilan ajralib turadi. U magistrlik dissertatsiyasi ko‘rinishidagi ilmiy tadqiqotni amalga oshirgan, o‘ziga xos nazariy dunyoqarashga ega savodli tadqiqotchi sifatida magistr akademik darajasini olish uchun qo‘yilgan talablarga to‘liq mos kelishi shubhasizdir.
O‘z MU Biologiya fakulteti Genetika kafedrasi b.f.d., dotsent Kushanov F.N