Preparat:Zararlangan barg to’qimalaridan preparat tayyorlab, mikroskopda ko’rish.
6.Kila kasalligini-Plasmdiophopa brssicae zamburug’i qo’zg’atadi. Bu kasallik _kala_asosan ildizlar zararlanadi. Ildiz tukchalarida, ildizda kichik shishlar hosil bo’lib, keyinchalik kattalashib ketadi. Kasallik o’simlikning tashqi ko’rinishiga unchalik ta’sir etmaydi, faqat ildizda kuzatish mumkin.
Preparat:Zararlangan ildizdan tayyorlangan doimiy preparatni, mikroskopda ko’rish.
7.Gul karamni qora chirish kasalligini – Pseudomonas maculicolum bakteriyasi qo’zg’atadi. Kasallik o’simlikning butun yer ustki qismini zararlaydi. Unish davrida urug’ barglar ustida yog’simon qora dog’lar hosil bo’ladi. Poya va qo’zoqlarda ham to’q qoramtir dog’lar hosil bo’ladi. Qo’zoqlar zararlanganda ulardagi urug’lar to’liq yetilmasdan puch bo’lib qoladi. Katta barglarda qurish belgilarini kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |