11-laboratoriya mashg‘uloti mavzusi
FOSFORORGANIK INSEKTOAKARISIDLAR VA MAXSUS AKARISIDLAR XOSSALARI BILAN TANISHUV
(2 soat)
Ditiofosfor kislotasi hosilalaridan tashkil topgan fosfororganik insektitsid va akaritsidlar tiofosfor kislotasi hosilalaridan tashkil topgan.
Fosfororganik birikmalarga nisbatan issiqqonli hayvonlar, kishilarga kam zaharlilik xususiyatiga ega ekanligi, kimyoviy jixatdan biroz turg‘unliligi bilan farqlanadi. Bu turkumdagi preparatlar ichida qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga tekganda va ichdan ta’sir etuvchi insektitsid, ichdan-sistemali ta’sir etuvchi insektitsid va akaritsid foydali hasharotlarga kam ta’sir etish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlardir.
Karbofos (malation)-bu preparatning ta’sir etuvchi moddasi 0,0 dimetil 0.0-(dikarbatoksiatil)-ditiofosfat hisoblanadi. Sanoatda karbofos 30 % va 50 % konsentrat emulsiya shaklida ishlab chiqariladi, och sariq tusdagi tiniq suyuqlik bo‘lib, issiqqa chidamsiz, tez parchalanuvchi, qo‘lansa hidli.
Barcha fosfororganik pestitsidlar tavsiya qilingan normalarda o‘simliklarga salbiy ta’sir qilmaydilar.
Quyidagi fosfororganik dorilar qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunanda hasharot va kanalariga qarshi keng qo‘llanilmoqda.
DANADIM, 40% em.k. (rogor, BI-58, dimetoat, nugor). Sof moddasi: 0,0-dimetil-8-metilkarbamoil-metil)-ditiofosfat. YUqori haroratga chiday olmaydi va isitilganda izomerlarga parchalanadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanishi ancha tezlashadi. Saqlash mobaynida faol moddasi — fosfamid uncha uzoq turmaydi va tez orada zaharliligi ni yo‘qotadi.
O‘simlik sirtiga tushgan fosfamid harorat, yorug‘lik va suv ta’sirida tez parchalanadi, ammo o‘simlik ichida u zaharlilik xususiyatini 20 kungacha saqlaydi. Preparat ichdan yaxshi ta’sir etadi. U o‘simlik ichida ksilema bo‘yicha (ildizdan er ustki qismlarga tomon) yaxshi siljiydi, lekin floema bo‘yicha (barglardan ildizga tomon) siljishi qiyin, shu boisdan bargga sepilgan fosfamid unda qolaveradi.
Fosfamid kuchli va uncha uzoq davom etmaydigan ichdan ta’sir etuvchi insektitsid va akaritsid hisoblanadi. Preparat asosan so‘ruvchi zararkunandalarga (o‘rgimchakkana, o‘simlik shiralari, qandala, trips va boshqalarga) qarshi qo‘llanilsa yaxshi natija beradi, kemiruvchi zararkunandalarning (g‘o‘za tunlami, karadrina va h.k.) kichik yoshdagi qurtlarini ham o‘ldiradi. O‘simlik ichiga tez o‘tishi va sirtida parchalanishi tufayli foydali hasharotlarga qiladigan zaharli ta’siri uzoqqa cho‘zilmaydi. SHu jihatdan ishlov berishni entomofaglarning eng ko‘p qismi g‘umbaklaganda va tuxum shaklida bo‘lganda o‘tkazish muhimdir.
Fosfamid 40% li emulsiya konsentrati shaklida chiqariladi va paxtachilikda bir qancha so‘ruvchi zararkunandalarni yo‘qotishda har gektarga 1,5-2 l dan sarflab ishlatiladi. U issiqqonli hayvonlar va odam uchun o‘rtacha zaharlidir (O‘D50 kalamushlar uchun 230 mg/kg ga teng). Teri orqali sezilarli dara-jada ta’sir qiladi. G‘o‘za fosfamid bilan shiddatli ishlanaversa o‘rgimchakkana, o‘simlik shiralari va oqqanotda yakka va guruhli chidamlilik vujudga kelishi mumkin. G‘o‘zaga oxirgi marta fosfamid bilan ishlov berish paxta ochilishidan 15 kun oldin, boshqa ekinlarga ishlov berish esa 30 kun ilgari to‘xtatiladi. BI-58 bilan ishlangan dalaga trixogrammani 15 kun, brakonni — 10 kun, stetorusni 5 kun keyin qo‘yish mumkin.
KARBOFOS, 50% em.k. (fufanon, 57% em.k.). Sof moddasi: 0,0-dimetil-8-(1,2-dikarbetoksietil)-ditiofosfat. YUqori ha-rorat haroitlarida nisbatan tez parchalanib ketadigan preparat. U nordon va ishqoriy muhitda va ayniqsa tunuka idishda tez parchalanadi. SHuning uchun ham karbofos ich tomondan maxsus material bilan qoplangan tunuka idishlarda yoki plastik kanistrlarda tarqatiladi.
Karbofos sirtdan ta’sir qiladigan insektitsid va akaritsid bo‘lib, boshlang‘ich paytda juda zaharlidir, ammo qisqa muddatda samara beradi. Bu preparat fumigant sifatida ham ta’sir qilishi mumkin. Karbofos parchalanishi va bug‘lanishi tufayli o‘simlik sirtidan tez ko‘tarilib ketadi. Odam va hayvonlar uchun karbofos o‘rtacha zaharlidir. O‘D50 kalamush uchun vaznining har kilogrammiga 450-1300 mg gacha o‘zgaradi. Kumulyativ ta’siri deyarli yo‘q, teriga sust ta’sir qiladi.
G‘o‘zaning so‘ruvchi zararkunandalariga (o‘rgimchakkana, o‘simlik shiralari va b.) qarshi kurash olib borilganda gektariga 1,0-2,0 l dan ishlatish tavsiya etilgan. Tez parchalanishi va issiqqonlilarga nisbatan kam zaharliligi uni issiqxonalarda (0,05-0,15%), sabzavotchilikda (0,1-0,2%), bog‘dorchilikda (0,2-0,3%), chorvachilikda sirtqi va teri osti parazitlarga qarshi qo‘llash imkonini beradi. Ishlov berishni paxta etilishidan 20 kun oldin tugallash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |