O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


-laboratoriya mashg‘uloti mavzusi



Download 46,5 Mb.
bet379/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

12-laboratoriya mashg‘uloti mavzusi
PIRETROIDLAR VA YANGI PESTIDSIDLAR BILAN TANISHUV

(2 soat)

Hozirgi kunda pestitsidlarni ichida o‘zining ta’siri, nisbatan issiqqonli organizmlarga kam zaharliligi bilan sintetik piretroidlar alohida o‘rin egallaydi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan piretroidlar quyidagilar:

-Sumi-alfa 5 % li k.e. YAponiyaning «Sumitomo» firmasida ishlab chiqariladi, hamma ekinlardagi kemiruvchi va so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda gektariga 0,5 kg gacha ishlatiladi.

-Trebon 30 % k.e YAponiyaning «Mutsin-Taotsu» firmasida ishlab chiqariladi, g‘o‘za va boshqa ekinlardagi kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda gektariga 0,2-0,6 kn gacha ishlatiladi. Kolorado qo‘ng‘iziga 0,2 kg/ga.

-Fastak 10 % k.e Angliyaning «SHell» firmasi ishlab chiqariladi, hamma ekinlardagi so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda gektariga 0,2-0,3 kg ishlatiladi kolorado qo‘ng‘iziga 0,2 kg/ga.

-Sibalt 10 % k.e AQSHning «Sianamid» firmasi ishlab chiqaradi bu moddani hamma turdagi zararkunandalarga karshshi kurashda gektariga 0,5 kg/ga ishlatiladi.

-Simbush 25 % k.e bo‘lib, Arrivoga o‘xshash ishlatiladi. Sipperkil ham 25 % k.e bo‘lib, arrivoga o‘xshab ishlatiladi.

-Ekalit 50 % k.e SHveysariyaning «Sandoz firmasi ishlab chiqaradi. Barcha ekinlardagi kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda gektariga 2-3 l/ga ishlatiladi. 36% li emulsion konsentrat shaklida AQSHning «Sianamid» firmasining mahsuloti bo‘lgan Grizli preparatidan g‘o‘zadagi o‘rgimchakkana, pomidoridagi zang kana va olmadagi o‘rgimchakkanalarga qarshi gektariga 0,3-0,4 litrdan sarflab o‘simlikning vegetatsiya davrida kurashiladi.

YAponiyaning «Sumitomo kemikal» firmasida ishlab chiqariladigan 10 % li ta’sir etuvchi moddaga ega bo‘lgan Danitol yoki Fenpropatrin preparatidan g‘o‘za va boshqa ekinlardagi o‘rgimchakkana, shira, oqqanot, pashshalar va ko‘sak qurtlariga qarshi gektariga 1,5-2,0 litr sarflab kurashiladi. Bizning sharoitimizda qarshi kurash ishi OVX-28 traktor agregati va boshqa maxsus purkagichlar yordamida gektariga 30 litr ishchi eritma sarflash yo‘li bilan hasharotlarga qarshi olib boriladi.

-Danitolning 30% lisidan esa g‘o‘za va boshqa ekinlardagi so‘ruvchi hamda kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda gektariga 0,6 litr sarflab ishlov beriladi. Germaniyaning «Agrevo» firmasining mahsuloti bo‘lgan 2,5% li emulsion konsentrat shaklida ishlab chiqariladigan Detsis preparati keyingi avlod sintetik pretroidlar bo‘lib, undan g‘o‘za qand lavlagi, pomidor, beda, makkajuxorilardagi o‘rgimchakkanalar, oqqanot pashshalar, fitonomus, g‘o‘za tunlami kabi zararkunandalarga qarshi gektariga 0,4-0,6 litrdan, bug‘doydagi zararli xasva zulukcha, shira va tripslarga qarshi gektariga 0,3-0,4 litrdan, uzumning barg o‘rovchi qurtlariga, karamdagi shiralar, oqqanot pashshalar, kuyalar, burgalar va qandalalarga qarshi gektariga 0,4-0,5 litrdan, kartoshkadagi kolorado qo‘ng‘izi, sabzi pashshasi, tarvuz va qovundagi ildiz qirqar qurtlar,, chigirtkalarga qarshi gektariga 0,2-0,3 litrdan sarflab qarshi kurashiladi.

Ambush 25 %li kansentrat emulsiya. Angliyaning «Ay-SI-VI» firmasida ishlab chiqarilgan. G‘o‘zadagi shira va makkajo‘xoridagi shiraga, ko‘sak qurtiga qarshi kurashda gektariga 0,4-0,8 litrda ishlatiladi.

Anometrin 25 % k.e Ambushga o‘xshagan. Anometrin 50 % k.e Ambushga o‘xshagan ammo ishlatish miqdori ambushga nisbatan 2 barobar kam sarflanadi.Arrivo 25 % k.e AQSH ning Massanto firmasi tomonidan ishlab chiqariladi, g‘o‘zadagi shiralar, oqqanot pashalar, kanadalalar, ko‘sak va ildiz qurtlariga qarshi kurashish uchun gektariga 0,3-0,4 kg. Olmadagi olma qurti, barg o‘rovchisi, shiralariga qarshi kurashda esa 0,2-0,3 kg uzum qurtiga qarshi 1 gektariga 260-300 grammgacha, kolorado qo‘ng‘iziga qarshi 150-200 grammgacha, Makkajo‘xoridagi barcha turdagi kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda 0,3 kg dan va sabzavotdagi oqqanot, ko‘sak ildiz qurtlariga va karam qurtlariga qarshi kurashda ham 0,2-1 kg.gacha purkash yo‘li bilan ishlatiladi.Danitol-10% k.e YAponiyaning Sumitomo firmasida ishlab chiqariladi. g‘o‘zadagi hamma zararkunandalarga qarshi kurashda gektariga 1,52 kg dan ishlatiladi.

Detsis 25% k.e Fransiyaning «Russel Uklaf» firmasi ishlab chiqaradi. G‘o‘za va boshqa ekinlardagi hamma so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda 0,4-0,7 litrgacha purkash usuli bilan ishlatiladi.

Zolon -30% k.p Fransiyaning «Ran Rulank» firmasi ishlab chiqaradi. G‘o‘za va boshqa ekinlardagi hamma turdagi zararkunandalarga qarshi kurashda gektariga 2-3,3 kg gacha purkash yo‘li bilan ishlatiladi.

Karate-5% k.e Angliyaning «Ay-Si-Ay» firmasi ishlab chiqariladi va hamma qishloq xo‘jalik ekinlarida uchraydigan so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda gektariga 0,2-0,5 kg gacha purkash yo‘li bilan ishlatiladi.

Karameton 50 % k.e Olmoniyaning «Bayer» firmasida ishlab chiqariladi va hamma ekinlardagi zararkunandalarga qarshi kurashda 1 gektar erga 0,8-1 litrgacha ishlatiladi.

Mavrin. 25 % k.e SHveysariyaning «Sandoz» firmasida ishlab chiqariladi. g‘o‘za va boshqa ekinlardagi so‘ruvchi hamda kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda gektariga 0,2-0,3 kg dan ishlatiladi.

Nazorat uchun savollar


  1. Piretroid preparatlar xossalarini aytib bering.

  2. Danitol preparatini ta’riflab bering.

  3. Detsis preparatini ta’riflab bering.

  4. Karate preparatini ta’riflab bering.


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish