O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet246/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Lavlagining fomoz kasalligini Phoma betae piknidali zamburug’i qo’zg’atadi. Kasallik dunyoning barcha mintaqalarida, jumladan O’zbekistonda ham qayd etilgan. Patogen lavlagining barcha turlarini va ismaloqni zararlaydi, ekin va hosilga sezilarli talafot yetkazadi.

Zamburug’ urug’barg va nihollar nobud bo’lishi, barg, poya va urug’lar dog’lanishi, ildiz va ildizmevalar chirishini qo’zg’atadi. Barglarda sarg’ish-qo’ng’ir yoki och-qo’ng’ir, diametri 0,2 sm dan 2,5 sm gacha keladigan, konsentrik doiralar shaklidagi nekrotik dog’lar, ularning ustida, dog’larning to’qimasi ichida, oddiy ko’zga ko’rinadigan qora nuqtalar - zamburug’ning piknidalari paydo bo’ladi, barg nobud bo’lishi, ayniqsa issiq ob-havoda, tezlashadi. Piknidalardan konidiyalar yomg’ir paytida oqib chiqadi, shamol va yomg’ir tomchilari yordamida tarqaladi va boshqa o’simlik barglarini zararlaydi.

Zararlangan urug’lik lavlagi barglaridan qo’zg’atuvchi urug’larga va ildizmevalarga o’tib zararlashi mumkin. Zararlangan urug’lardan o’sib chiqqan nihollar ildiz yemirilishi bilan shikastlanadi.

Zararlangan ildizmevalarda vegetasiya davrida (ayniqsa tuproqda mikroelementlar va bor tanqisligida) quruq chirish va omborxonada saqlash paytida kompleks chirish rivojlanadi.

Kasallik omborxonalarda katta xavf tug’diradi; saqlanayotgan ildizmevalarda oldin qo’ng’ir, so’ngra qorayadigan dog’lar paydo bo’ladi; ular chiriydi, chirigan to’qimalar quruq va qattiq bo’lib, so’ngra ikkilamchi mikroorganizmlar (jumladan yumshoq chirish bakteriyalari) bilan zararlanadi va to’qimalar ilvirab ketadi.

Urug’lik uchun ekilgan zararlangan ildizmevalar o’smaydi yoki mayda, ustida zamburug’ piknidalari mavjud bo’lgan urug’lar rivojlanadi.

Qo’zg’atuvchi o’simlik qoldiqlarida, ildizmevalarda va urug’da qishlaydi.

Fomoz bilan kurashda lavlagi ildiz yemirilishi, serkosporoz va chirish kasalliklariga qarshi tavsiya qilingan chora-tadbirlarni qo’llash lozim (Gerasimov, Osniskaya, 1961; Peresыpkin, 1982; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Sыchev, Mizunov, 1991; Rashidov va b., 1998; Ganiyev, Nedorezkov, 2005).




Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish