Piyozning (aspergillyoz) qora chirishini saprotrof (kuchsiz parazit) Aspergillus niger degan zamburug’i qo’zg’atadi.
Piyoz, sarimsoq, sabzi, lavlagi, pomidor va boshqa ekinlarning mevalari omborxonalarda yuqori harorat va namlik mavjudligida zararlanadi. Piyozbosh yumshaydi, so’ngra po’stlog’i quriydi, ba’zan mumiyolashadi, po’stining ustida zamburug’ miseliysi va sporalaridan iborat bo’lgan qora kukun qatlami rivojlanadi. Sporalar omborxonaga tarqalib ketadi va uzoq vaqtgacha saqlanadi.
Omborxonaga qo’yishdan oldin yaxshilab quritilgan piyozboshlar quruq va past haroratda saqlansa zararlanmaydi yoki kam zarar lanadi va kasallik sekin rivojlanadi. Oq piyoz navlari ko’proq, po’stlog’i rangli navlari kamroq zararlanadi.
Aspergillyoz O’zbekistonda ham keng tarqalgan (Gerasimov, Osniskaya, 1961; Pidoplichko, 19776; Vyangelyauskayte i dr., 1989; Xolmurodov, 2004).
Do'stlaringiz bilan baham: |