Qo’zg’atuvchilarning belgilari. Stemphyliumallii. Konidioforalar rangsiz, oz shoxlangan. Konidiyalar shakli o’zgaruvchan, ko’pincha uzunchoq yoki dumaloq, o’lchami 20-50x15-25 mkm, oldin binafsha, so’ngra och-kulrang-qo’ng’ir tusli, usti juda mayda tikanchalar bilan qoplangan, ko’pchiligining 5 ta eniga va 1 yoki bir nechta bo’yiga joylashgan septalari mavjud; enidagi septalari tortilib, konidiyalarning o’sha joylari xipcharoq bo’lib qoladi.
Stemphylium botryosum.Gifalar ko’p hujayrali, deyarli rangsizdan to’q-sariq-qo’ng’irgacha, eni 2-9 mkm. Konidioforalar rangi to’q-zaytun-sariqdan sariq-qo’ng’irgacha, o’lchami 10-80x3-7 mkm, ustida sarg’ish-qo’ng’ir, to’q-zaytun tusli shishi mavjud. Konidiyalar bittadan hosil bo’luvchi, uzunchoq-dumaloq, o’lchami 13,5-66x7-28,5 mkm, sarg’ish-qo’ng’ir, zaytunrangqo’ng’ir tusli, usti juda mayda tikanchalar yoki so’galchalar bilan qoplangan, ko’pchiligining eni-ga 3-10 va bo’yiga to’g’ri yoki qiyshiq joylashgan 1-10 septalari mavjud; eni o’rtasidan tortilib, konidiyalar xipcharoq bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |