Piyoz to’q-qizil (alternarioz) dog’lanishini Alternaria porrizamburug’i qo’zg’atadi. Kasallik dunyoning barcha mintaqalarida tarqalgan, O’zbekistonda uchrashi ham ehtimol qilinadi.
Alternarioz piyoz barglarini ko’pincha kulrang chirish kasalligidan so’ng zararlaydi. Barglarda oldin qaynoq suvga kuyganga o’xshash dog’lar paydo bo’ladi, ular tezda qo’ng’ir tus oladi, so’ngra o’sib, uzunligi 3-5 sm ga yetadigan, sariq hoshiyali, to’q-qizil tusli, konsentrik zonalardan iborat bo’lgan ellips yoki uzunchoq shakl oladi. Namlik mavjudligida dog’lar qo’ng’ir mog’or bilan qoplanadi. Barglar va o’qbarglar kuchli zararlangan joylardan bukiladi va sinadi. Zamburug’ o’simlik qoldiqlarida qishlaydi (Pidoplichko, 19776; MacNab et al., 1983).
Do'stlaringiz bilan baham: |