Piyoz barglarining kulrang chirishini Botrytisturkumiga mansub gifomiset zamburug’lar qo’zg’atadi va ular piyoz yetishtiriladigan barcha mintaqalarda tarqalgan.
Zararlangan barglarda birmuncha oq dog’lar paydo bo’ladi, ular o’sib, barg tepasidan boshlab so’lishi, qo’ng’ir tus olishi va ba’zan bukilib, sinishiga sabab bo’ladi. Birinchi dog’lar ko’ringanidan so’ng 1 hafta ichida daladagi barcha o’simliklar zararlanishi va barglarining tepa qismlari so’lishi mumkin.
Zamburug’ sporalari ekin ichida shamol bilan tarqaladi va sog’lom to’qimalarni zararlaydi. Zamburug’ ko’pincha trips, peronosporoz, ozon, qum zarrachalari va boshqa hasharot, kasallik va mexanik jarohat yetkazuvchi omillar bilan zararlangan piyoz barglari to’qimalarida rivojlanadi (MacNab et al., 1983).
Qo’zg’atuvchi barcha mamlakatlarda tarqalganini hisobga olgan holda, piyoz bargining kulrang chirishi O’zbekistonda ham uchrashi ehtimol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |