Sabzining ho’l bakterioz chirishini Erwinia sp.,. va Erwinia carotovorabakteriyalari qo’zg’atadi. Bakteriyalar sabzidan tashqari piyoz va boshqa o’simliklarni ham zararlaydi. Kasallik dalada o’simliklarning so’lishiga sababchi bo’ladi, ildizmevalarning tepasi yoki pastki
qismi chiriydi, ular yumshoq, ho’l, shilimshiqsimon bo’lib qoladi, ko’lansa hid chiqaradi.
Omborxonalarda fiziologik kuchsiz sabzi kuchliroq zararlanadi, odatda bu bakteriyalar zamburug’lar zararlagan ildizmevalarni ikkilamchi zararlaydi va sabzi chirishini tugallaydi. Bakteriyalar zararlangan o’simlik qoldiqlari, urug’ va ildizmevalarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |