Kurash choralari. Apmashlab ekish, o’simlik qoldiqlarini shudgorda ko’mib tashlash, ekishdan oldin urug’likka issiq (52-53°S) suv bilan 15 min davomida ishlov berish, quritish va samarali urug’ dorisi bilan dorilash, o’suv davrida bakterisidlik xususiyati bo’lgan fungisid purkash, fomozga qarshi tavsiya qilingan chora-tadbirlarni qo’llash lozim (Maslennikov i dr., 1974; Peresыpkin, 1982; MacNab et al., 1983; Sыchev, Mizunov, 1991; Ganiyev, Nedorezkov, 2005; Popkova i dr., 2005).
Bu bakterioz dunyoning barcha mamlakatlarida tarqalgan, O’zbekistonda omborxonalarda karam, piyoz va sarimsoqda ko’p uchraydi (Maqsudxo’jayeva, Abbosov, 1986; Bo’riyev va b., 2002), ammo sabzida uchrashi xabar qilinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |