Karamning un-shudring va zangkasalliklarini, tegishli
ravishda, Erysiphe cichorecearum f. brassicae askomiset va Pussinia isiaciae bazidiomiset zamburug’lari qo’zg’atadi. Ular O’zbekistonda ham qayd etilgan (Golovin, 1960; Zaprometov, 1974; Gaponenko i dr.,1983); zang kasalligi shu paytgacha karamda faqat Yevropada qayd etilganini hisobga olgan holda, O’zbekistonda topilgani qaytadan isbotlanishi zarur. Bu kasalliklar bizning mamlakatimiz sharoitida ekinga sezilarli zarar yetkazishi haqida xabarlar mavjud emas.
Pussinia isiaciae. Karamni patogenning esiobosqichi zararlaydi. Spermogoniylar dumaloq shaklli, rangsiz, so’ngra sarg’ayuvchi, diametri 200 mkm. Esiyalarning ko’pchiligi bargning ostki tomonida, hamda barg bandlari, poya va mevalarda, sarg’ish dog’lar ustida joylashgan, guruh-guruh bo’lib, birikib ketgan. Esiosporalar ko’p bo’lganida oq tusli, dumaloq yoki biroz uzunchoq shaklli, usti mayda so’galchalar bilan qoplangan, o’lchami 15-22 x15-20 mkm. Zamburug’ esiobosqichida, karamdan tashqari lavlagi, ismaloq, turp, rediska va bodringni ham zararlaydi, deb hisoblashadi. Uredinio- va teliobosqichlari qamishda (Phragmites communis) rivojlanadi (Pidoplichko, 1977a; Vyangelyauskayte i dr., 1989).
Do'stlaringiz bilan baham: |