O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

Yakuniy  qism  –  bu  qism  ham  tanishuv  qismi  kabi  5-7  daqiqali  bo‘lib, 
ekskursiya ob’ektlari bilan bog‘liq emas. Bu yerda ekskursiya xizmatining mavzusi 
bo‘yicha  yakuniy  xulosalar  qilinadi,  bugungi  yoritilgan  mavzuni  kengaytirishi, 
chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa ekskursiya mavzulari haqida ma’lumotlar 
beriladi. Yakuniy qism ham tanishuv va asosiy qism kabi muhimdir. 
Ekskursiya  xizmati  qiziqarli  bo‘lishi  bilan  birga  keraksiz  ma’lumotlar  oqimi 
bilan  yuklanmasligi,  ma’lumotlarni  taqdim  etish  usuli  toliqtiradigan  bo‘lmasligi, 
turli  toifadagi  ekskursantlar  tomonidan  qiziqarli  tarzda  qabul  qilinishi  kerak. 
Shuning  uchun,  ekskursiya  mavzusi  albatta  aniq  bir  toifa  ekskursantlarga 
yo‘naltirilishi  kerak  (kattalar,  bolalar,  yoshlar,  shahar  yoki  qishloq  aholisi,  turli 
kasb  egalari,  chet  ellik  turistlar  va  h.).  Ekskursiya  xizmatida  bunday  yondashuv 
differensial  yondashuv  deyiladi.  U  nafaqat  iste’molchilar  manfaatlarini,  balki 
maqsadlarini  ham  hisobga  oladi.  Agar  ekskursiya  xizmati  folklor  tur  tarkibida 
tashkil  qilinayotgan  bo‘lsa,  asosiy  e’tibor  hududning  milliy  qiyofasi,  obidalari  va 
tarixini ko‘rsatib, hikoya qilishga qaratiladi. Agar ekskursiya xizmati ish yuzasidagi 
turizm  tarkibiga  kirsa,  e’tibor  o‘sha  hududning  umumiy,  ishga  aloqador 
markazlariga  qaratiladi.  Kurort  dam  olishlarda  ekskursiya  xizmati  tashkil  etilsa, 
tabiiy landshaftlar ob’ekt sifatida tanlanadi. 
Yangi  ekskursiya  xizmatini  tayyorlash  jarayonida  bir  nechta  bosqichlarni 
ajratish  mumkin.  Ularni  ekskursiya  muassasalari  amaliy  faoliyatida  yo‘lga 
qo‘yilgan  ketma-ketlikda  ko‘rib  chiqamiz.  «Ekskursiya  xizmatini  tayyorlash 
bosqichi» tushunchasi birinchi marotaba 1976 yilda amaliyotga qo‘llanila boshlandi 
va unda quyidagi 15 ta bosqich ajratildi: 
1. 
Ekskursiya xizmatining maqsad va vazifalarini aniqlash; 
2. 
Ekskursiya xizmati mavzusini tanlash; 
3. 
Zaruriy adabiyotlar ro‘yxatini tuzish; 
4. 
Ekskursiya  ma’lumoti  manbalarini  aniqlash.  Mavzu  bo‘yicha  muzey, 
arxiv fondlari va ekspozitsiyalari  bilan tanishish; 
5. 
Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish; 


75 
 
6. 
Ekskursiya marshrutini tuzish; 
7. 
Marshrutni ko‘zdan kechirish; 
8. 
Ekskursiyaning asosiy matnini tayyorlash; 
9. 
«Gid portfeli» ni tahlash; 
10.  Ekskursiya xizmatini o‘tkazishning usullarini aniqlash; 
11.  Ekskursiya xizmatini olib borish texnikasini aniqlash; 
12.  Uslubiy ishlanmalarni tayyorlash; 
13.  Ekskursiya xizmatining individual matnini tuzish; 
14.  Sinov ekskursiyasini o‘tkazish;  
15.  Ekskursiya xizmatini tasdiqlash. 
Ekskursiya  uslubiyatining  talablaridan  biri  bilim  olish  jarayoni  sifatida 
ekskursiya 
xizmatining 
uzluksizligini 
ta’minlash, 
ya’ni 
ma’lumotlarni 
ekskursantlarga  ta’sirini  butun  bir  ekskursiya  xizmati  davomida  ta’minlay  olish 
hisoblanadi.  Ekskursiya  xizmatini  olib  borish  vaqti  ob’ektlarni  ko‘rsatish,  hikoya 
qilish,  mavzuostilar  oralig‘idagi  tanaffuslar  va  mavzuning  asosiy  savollari 
jamlanmasidan iborat bo‘lishi kerak. 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish